Use of interactive methods in teaching the subject of fast neutron reactors
Download 0.89 Mb.
|
1 2
Bog'liqBatirova R 28.11
- Bu sahifa navigatsiya:
- USE OF INTERACTIVE METHODS IN TEACHING THE SUBJECT OF FAST NEUTRON REACTORS.
- Kalit so’zlar
- Ключевые слова
- Tez neytronli reaktor” mavzusi “Sinkveyn” usulida quyidagicha ifodalanadi
TEZ NEYTRON REAKTORLARI MAVZUSINI O‘QITISHDA INTERFAOL USULLARDAN FOYDALANISH. ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ИНТЕРАКТИВНЫХ МЕТОДОВ В ПРЕПОДАВАНИИ ТЕМАТИКИ РЕАКТОРА НА БЫСТРЫХ НЕЙТРОНАХ. USE OF INTERACTIVE METHODS IN TEACHING THE SUBJECT OF FAST NEUTRON REACTORS. E.X. Bozorov, O‘z RFA Yadro fizikasi instituti professori. R.B.Batirova, FarPI “Intellektual muhandislik tizimlari” kafedrasi muhandisi Annotasiya. Maqolada o’qitishning zamonaviy interfaol texnologiyalarining asosiy masalalari qaralgan. Shu bilan birga zamonaviy interfaol texnologiyalaridan foydalangan holda “Tez neytron reaktorlari” mavzusini o‘qitishning asosiy vazifalari va samaradorligi yoritilgan. Kalit so’zlar: o’qitishning zamonaviy texnologiyalari,interfaol texnologiyalar, vositalari, samaradorligi, tez neytron reaktorlar, uran, sovutish, himoya, klister, swot, venn diogramma, intefaol. Абстрактный. В статье рассматриваются основные вопросы современных интерактивных технологий обучения. При этом выделены основные задачи и эффективность преподавания темы «Реакторы на быстрых нейтронах» с использованием современных интерактивных технологий. Ключевые слова: современные технологии обучения, интерактивные технологии, средства, эффективность, реакторы на быстрых нейтронах, уран, охлаждение, защита, клистер, СВОТ, диаграмма Венна, интерактив. Abstract. The article deals with the main issues of modern interactive learning technologies. At the same time, the main tasks and effectiveness of teaching the topic "Fast neutron reactors" using modern interactive technologies are highlighted. Key words: modern teaching technologies, interactive technologies, tools, efficiency, fast neutron reactors, uranium, cooling, protection, klister, SWOT, Venn diagram, interactive. Bugungi kunda mutaxassisliklari bo’yicha pedagog kadrlar tayyorlashning sifatini ta’minlashda talabalarni ilm-fan taraqqiyotining eng so’nggi yutuqlaridan xabardor qilish,bugungi kunda fan va texnika sohasidagi yangiliklarni o’quv dasturlari mazmuniga kiritish va shular zaminida zamonaviy bilimlarni shakllantirishga zamin yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Binobarin, zamonaviy o’qitish texnologiyalari, ular bilan bog’liq metodik yondashuvlar bo’lajak pedagog kadrlarlarda zaruriy bilimlar, muhim qonuniyatlar, ko’plab fundamental tushunchalarni nisbatan yengil, chuqur va mustahkam shakllantirish uchun qulay sharoit yaratadi. Oliy ta’lim muassasalarida yadro reaktorlari faninin o‘qitish yuzasidan bilim va malakalarni shakllantirish va uni rivojlantirish, mazkur jarayonga nisbatan tizimli, kompleks yondashuvni taqozo etadi. Hozirgi tez suratlarda rivojlanayotgan vaqtda bo’lajak kadrlarning chuqur bilimga, samarali faoliyat yurita olish mahoratiga ega bo’lishi va mutaxassisliklariga tegishli fan asoslari borasida talabalarda yetarli nazariy hamda amaliy bilimlarga ega bo‘lishlari, ta’lim jarayonida yangi innovatsion texnologiyalaridan unumli foydalanish malakasining qanchalik shakllanganligiga bog’liqdir. Shu sababli, ta’lim jarayonini takomillashtirish, zamonaviy ped texnologiyalari imkoniyatlaridan, jumladan innovatsion texnologiyalar tizimlarini yaratish va undan ta’lim jarayonida unumli foydalanishning nazariy hamda amaliy asoslarini yaratish ko’rilayotgan mavzuimizni dolzarbligini belgilaydi. Oliy ta’lim muassasalarida “Tez neytron reaktorlari” mavzusini interfaol usullardan foydalanib o‘qitishni o’rganish bo’yicha mashg’ulotlarni innovasion texnologiyalar yordamida tashkil etishdan asosiy maqsad talabalarni tez neytron reaktorlarini imkoniyatlari, hozirgi kunda aholini zamonaviy yoritish va isitish jixozlaridan keng foydalanish imkoniyatlarini yanada oshirish, yadro texnologiyalari va tizimlari, tez neytron reaktorlari texnologiyalarining jamiyatdagi o’rni va ahamiyati, yadro texnologiyalariga xizmat ko’rsatish, tamoyil va uslublari bilan chuqur hamda har tomonlama amaliy jixatdan tanishtirishdan iboratdir. Interfaol usullar - bu jamoa bo’lib fikrlashdan iborat deb hisoblanadi, ya’ni pedagogik ta’sir etish usullari bo’lib, ta’lim jarayoni mazmunining asosiy tarkib qismi sanaladi. Bu usullarning o’ziga xosligini keltirib o‘tadigan bo‘lsak, ular faqat pedagog va talabalarning birgalikda faoliyat ko’rsatishi evaziga amalga oshiriladi. Hozirgi kundagi ko’pgina uslubiy innovatsiyalar interfaol usullarni qo’llash bilan bog’lik. Biz quyida tez neytron reaktorlari mavzusini o‘qitish jarayonida qo’llash mumkin bo’lgan ba’zi bir texnologiyalarni bayon etishga harakat qilamiz. “Venn diagrammasi” grafik organayzeri talabalarda tez neytron reaktorlari mavzusiga nisbatan tahliliy yondashuv, ayrim qismlar negizida mavzuning umumiy mohiyatini o’zlashtirish ko’nikmalarini, tasavvurlarini hosil qilishga yo’naltiriladi. Bunga asosan kichik guruhlarni shakllantirish asosida aniq sxema bo’yicha amalga oshiriladi. Grafik organayzer talabalar tomonidan “Tez neytron reaktori” mavzusi yuzasidan nazariy bilim, ma’lumot yoki dalillarni qiyosiy tahlil qilishga yordam beradi. Grafik organayzerdan muayyan bo’lim yoki boblar bo’yicha yakuniy darslarni tashkil etishda foydalanish yanada samaralidir. Tez neytron reaktorlari mavzusini interfaol usullardan foydalanib o‘qitishni o’rganishda Tez neytron reaktorlarini “Venn diagrammasi” grafik organayzeri ko’rinishida quyidagicha ifodalanadi:
"SWOT” tahlilini talabalar oson tushunishlari uchun uni 4 katakli jadvalda namoyish etdik. Tepadagi ikki katakda Tez neytronli reaktorlarni kuchli tomonlari va zaif tomonlari ma’lumot sifatida keltirildi va ular ichki omillar deb ataladi. Pastdagi ikki katakka Tez neytronli reaktorlarni imkoniyatlar va xavflari qo‘yilgan va ular tashqi omillar hisoblanadi. “Sinkveyn” strategiyasi J.Still, K.Meredis, Ch.Temil tomonidan ishlab chiqilgan. Sinkveyn usulining mohiyati quyidagicha – mavzuga oid ma’lumotlarni aniq va qisqa qisqa sifatli yoritib berish. Mavzuga oid ya’ni biz “Tez neytron reaktori” mavzusiga qo‘llayotganimiz uchun reaksiya jarayonlarini bir necha so’zlar bilan ifodalaymiz. Sinkveyn atamasi fransuzcha - besh qatordan iborat she’r ma’nosini bildir “Tez neytronli reaktor” mavzusi “Sinkveyn” usulida quyidagicha ifodalanadi: “Klaster” grafik organayzeri. “Klaster” (g’uncha, to’plam, bog’lam yoki boshqacha aytganimizda mavzuga oid tayanch sozlar mantiqiy zanjir) grafik organayzeri mukammal ishlangan strategiya hisoblanadi va bu usulda talabalar bilan yakka tartibda, kichik guruhlar asosida tashkil etiladigan mashg’ulotlarda qo’llash mumkin. Klasterlar ilgari surilgan g’oyalarni umumlashtirish, ular o’rtasidagi aloqalarni topish imkoniyatini yaratadi.Bu usulda asosiy tayanch so’z o’qituvchi yoki talaba tomonidan aytiladi va atrofiga shu so‘zni ifodalaydigan mantiqiy zanjirlar tuziladi.Bu Grafik organayzerda biz tayanch so‘z sifatida “Tez neytron reaktori”ni keltirdik va bu “Klaster” grafik organayzerini quyidagicha ifodalanadi. Mashg’ulot jarayonida pedagok tomonidan ta’lim oluvchilarga strategiyaning mohiyati, afzalliklari haqida yetarlicha ma’lumot berilishi talabalar tomonidan mustaqil ravishda hal etiladigan muammo mohiyatining to’la tushunilishini ta’minlash va kutilgan natijaga erishishga yordam beradi. Mashg’ulotlardagi interfaol usullar pedagok va ta’lim oluvchi(talaba)ni o’zaro tushunishga, hamjihatlikda faoliyat yuritishga, umumiy, lekin har bir ishtirokchi(ta’lim oluvchilar) uchun muhim materiallarni va muammoli holat(mavzuga oid) birbo’lib xal etishga(yechimini topish) olib keladigan muloqotni tashkil etish va rivojlantirishni nazarda tutadi, hamda talabalarda hal etilayotgan muammoli holat hodisa(Tez neytronli reaktordagi reaksiya jarayoni) yuzasidan mantiqiy, izchil fikrlash, ichki mohiyatini tahlil qilish ko’nikmalarini shakllantiradi. Tez neytronli reactor mavzusini o’rganish jarayonida interfaol texnologiyalardan foydalanish dars mashg‘ulotlari jarayonida quyidagi ijobiy quvonarli natijalarga erishiladi: talabalarning Tez neytronli reactor mavzusi bo’yicha bilimlari va tasavvurlarini shakillantirishni ta’minlaydi; talabalarda tez neytronli reaktorni ishlash prinsiplari va tashkil etuvchi elementlari tasavvur qilish hamda ko‘z o’ngida aks ettirish samaradorligi oshadi; tez neytronli reaktorlar mavzusiga oid taxminiy tushunchalar hamda kamchilar va xatolar bartaraf etiladi; talabalarni mavzuga oid tushunchalari va inkor qilinmaydigan fikrlash qobiliyatlari o’sadi. dars mashg’uloti jarayonida talabalar o’z-o’ziga baho berishlari,o’zaro bir birlarini baholashlari hamda tanqidiy qarashlari rivojlanadi; talabalar uchun mashg‘ulot jarayoni muhim va sifatli o’qitilayotgan predmet mazmuniga aylanadi va talabalar tomonidan o’qish jarayoniga yuqori va teran yondashuv, ijobiy fikrlar vujudga keladi; har bir talabani o’zi mustaqil fikr yurita olishga, mavzuga oid mushohada qilishga, mustaqil izlanishlariga undaydi; interfaol usullaridan foydalanib olib borilgan dars jarayonida talabalarning mavzuga oid tushunchalari, tasavvurlari va ularni mustaqil ravishda izlanishlari, tanqidiy va mantiqiy fikrlashilari, qobiliyatlarini rivojlantirishda samaradorligi yuqori bo‘ladi. Xulosa “Tez neytron reaktor” mavzusini interfaol usullari asosida o’rganishda quyidagi asosiy vazifalarni bajarish lozimligini ta’kidlashimiz mumkin: pedagok-o’qituvchi(ta’lim beruvchilar) tomonidan fanning mazmunini yoritib beruvchi sillabus yaratilinishi kerak; olib borilayotgan dars mashg‘ulotlarini bugungi kun ya’ni zamon talablari asosida zamonaviy interfaol texnologiyalardan foydalanib tashkil etish; mashg’ulotlarni interfaol usullardan foydalanib tashkil etishga oid bajarilgan ishlanmalar yuzasidan electron slaydlar ya’ni taqdimotlar yaratish; dars mashg’ulotlarni interfaol texnologiyalar asosida tashkil etish bo’yicha nazorat topshiriqlari va mustaqil ta’lim yuzasidan ko’rsatmalar ishlab chiqish; mashg’ulotlarni interfaol texnologiyalar asosida tashkil etish yuzasidan keyslar to’plami, amaliy topshiriqlar, ishlanmalar yaratish va ularni amaliyotga tadbiq etish. Ushbu maqola № AM-PZ-2019062031 “Yadro energetikasi”, “Yadro tibbiyoti va texnologiyalari”, “Radiatsion tibbiyoti va texnologiyalari” fanlari bo‘yicha bakalavr va magistrlar uchun multimediali darsliklarini yaratish.“nomli innovatsion loyixa doirasida yozib tayyorlangan materiallarning pedogogik taxlili asosida yozilgan bo‘lib, darsliklar mualliflariga minnatdorchilik bildiramiz. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling