Ushbu dastur O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi
Korxona tomonidan tayinlangan amaliyot rahbari vazifalari
Download 263.52 Kb. Pdf ko'rish
|
3-курс MALAKAVIY AMALIYOT DASTURI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8. Amaliyot bo`yicha yozma xisobotni tayyorlash va uni himoya qilish
6. Korxona tomonidan tayinlangan amaliyot rahbari vazifalari
Korxona tomonidan tayinlangan amaliyot rahbari vazifasiga quyidagilar kiradi: • universitet tomonidan tayinlangan amaliyot rahbari bilan talabalar amaliyot o`tkazish kunlik rejasi va ish joyini kelishish; • talabalarni o`z vaqtida mehnatni muhofaza qilish to`g`risidagi nizomlar bilan tanishtirish; • amaliyot o`tkazish davrida me’yoriy ishlab chiqarish sharoitini yaratib berish; • talabalarni har kunlik ishini nazorat qilish; • amaliyot joyi hisoblangan korxonaning faoliyati va uni boshqarish bo`yicha ma’lumotlar berish; • talabalarni jamoat va tarbiyaviy ishlariga qatnashishini tashkil qilish; • talabalarga ilmiy izlanish ishlarida yordam berish; • har bir talaba uchun amaliyot bo`yicha ishlab chiqarish tavsifnomasini yozish; • amaliyotning sifatini yanada yaxshilash bo`yicha takliflar kiritish. 7. Talabalarning amaliyot davridagi vazifalari Talabalar amaliyotdan oldin va uni o`tash davomida quyidagilarni bajarishlari zarur: amaliyot rahbari bilan birgalikda qaysi tashkilotiga borishini bilish; xavfsizlik texnikasi haqida ko`rsatmalar olish; amaliyot dasturi bilan tanishish; amaliyot rejasida ko`rsatilgan topshiriqni to`liq va sifatli bajarish; korxona ichki tartib-qoidalariga to`liq rioya qilish; kafedra va korxona tomonidan tayinlangan rahbarlarning topshiriqlarini to`la bajarishi. Amaliyotga qatnashmagan yoki amaliyot dasturida ko`rsatilgan topshiriqni to`la bajarmagan talabalar talabalar safidan chetlashtiriladi. Mehnat qonuni va ichki tartibini buzgan talabalarga korxona rahbari tomonidan jazo chorasi ko`riladi va bu haqida universitet ma’muriyatga xabar beradi. 8. Amaliyot bo`yicha yozma xisobotni tayyorlash va uni himoya qilish Yozma hisobotni amaliyot rejasi, kundalik daftariga yozib borilgan ma’lumotlar, adabiyotlar hamda korxona xujjatlaridan foydalangan holda yozishi mumkin. Hisobot oddiy formatdagi oq qog`ozining bir tomoniga texnikaviy tilda va stilistik jihatdan to`g`ri va chiroyli qilib yozilishi lozim. Yozma hisobot amaliyot davrida yoziladi, korxona va kafedra tomonidan belgilangan rahbarlar tomonidan imzolanadi va korxona muhri bilan tasdiqlanadi. Hisobot kamida 5-6 bet qo`lyozma hajmida bo`lishi, hisobot yozishda esa quyidagi ketma-ketlikdagi reja asosida amalga oshirish tavsiya etiladi: REJA: Download 263.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling