Ushbu dastur O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi


Download 263.52 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana23.04.2023
Hajmi263.52 Kb.
#1386655
1   2   3   4   5
Bog'liq
3-курс MALAKAVIY AMALIYOT DASTURI

 
4. Amaliyotni o`tash tartibi 


1. Amaliyot boshlanishidan bir kun oldin kafedra mudiri, amaliyot rahbarlari 
ishtirokida amaliyotga yuboriluvchi talabalar bilan amaliyot oldi konferensiyasi 
o`tkaziladi. Konferensiyada talabalarni amaliyot o`tish bazalariga borishi va 
amaliyotni o`tash tartibi, amaliyot natijasi bo`yicha hisobot tayyorlash va uni 
himoya qilish masalalari ko’rib chiqiladi. 
2. Talabalar amaliyotga biriktirilgan korxonalariga boradi. 
3. Korxonaga kelgan talabalarga universitetdan va korxonadan biriktirilgan 
amaliyot rahbari tomonidan xavfsizlik texnikasi bo`yicha maxsus instruktaj 
olib borilishi zarur. 
4. Amaliyot o`tish davrida talabalar korxona ichki tartib qoidalariga, korxona 
tomonidan biriktirilgan amaliyot rahbari ko`rsatmalari va topshiriqlariga amal 
qilishlari zarur. 
5. Amaliyot davrida talabalar korxonalarda amalga oshirilayotgan ishlar: 
zamonaviy sanoat korxonalarini tuzilishi va ulardagi asosiy ishlab 
chiqarishning texnologik jarayoni bilan tanishib borishi talab etiladi. 
6. Talaba yig`ilgan ma’lumotlar asosida amaliyot hisoboti yozadi.
7. Amaliyot davrida talaba bajarilgan ishlar yuzasidan amaliyot bo`yicha 
hisobotlarini to`ldirib borishi, hisobotni korxona tomonidan biriktirilgan 
amaliyot rahbari va korxona rahbariga ko`rsatib, uni imzo va muhr bilan 
tasdiqlashi hamda amaliyot so`ngida amaliyot komissiyasi oldida himoya 
qiladi. 
5.Universitet tomonidan tayinlangan amaliyot rahbarining vazifalari 
Amaliyot rahbari vazifasiga quyidagilar kiradi: 
- talabalarni amaliyot o`tkazish joylariga biriktirishda qatnashish
- talabalarni amaliyotni boshlash oldidan universitetda va amaliyot bazasida 
amaliyot o`tkazish umumiy qoidalari, xavfsizlik texnikasi qoidalari
yong`inga qarshi xavfsizlik qoidalari bilan tanishtirish va amalda joriy 
etilgan tartibda yo’riqnomadan o`tkazish; 
- amaliyotga yuborilayotgan talabalarni rasmiylashtirilgan amaliyot kundaligi, 
uslubiy ko`rsatmalar bilan ta’minlash; 
- amaliyotni dastur asosida sifatli o`tkazilishiga javob berish; 
- korxona tomonidan tayinlangan amaliyot rahbari bilan talabalarning 
amaliyot o`tkazish joyi va kunlik rejasini kelishish; 
- amaliyot o`tkazish davrida talabalarga maslahat berish; 
- talabalarning amaliyot bo`yicha tuzgan hisobotlarini kuzatib borish; 
- amaliyot bo`yicha talabalardan hisobot qabul qilish; 
- kafedra tomonidan biriktirilgan amaliyot rahbari amaliyotchi- talabalar bilan 
doimiy aloqada bo`lishi, ularning holidan habar olishi, zarur hollarda ularga 
amaliy yordam ko`rsatishi va shu bilan birga, korxona tomonidan 
biriktirilgan amaliyot rahbari bilan muzokaralar olib borish; 
- amaliyotni yanada sifatli o`tkazish bo`yicha takliflar kiritish. 

Download 263.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling