Ushbu gapda ergash gap bosh gap tarkibidagi olmosh bilan ifodalangan qaysi gap bo‘lagini izohlab kelgan?
Download 18.19 Kb.
|
Bog\'langan qo\'shma gap
Biz mana shu shijoat va shiddatni to‘g‘ri yo‘lga yo‘naltira olishimiz kerak. Shundagina o‘z maqsadimizga erishamiz va farovon hayot bizga muyassar bo‘ladi.
Ushbu matnda gapning qanday turlari bor? 1) sodda gap; 2) bog‘langan qo‘shma gap; 3) ergashgan qo‘shma gap; 4) bog‘lovchisiz qo‘shma gap; 5) murakkab qo‘shma gap A) 1, 2, 3, 4 B) 1, 2, 3, 5 C) 1, 2, 3 D) 2, 3, 4 24. Bo‘yim barobar oltin-kumush menga ortiqchadir, ammo agar bir xazinangizdan to‘la foydalanishga ruxsat bo‘lsa, bu men uchun katta mukofot bo‘ladi. Ushbu gap – … A) zidlov bog‘lovchisi yordamida bog‘langan qo‘shma gap. B) shart mayli vositasida ergashgan qo‘shma gap. C) bir necha bosh gapli murakkab qo‘shma gap. D) aralash murakkab qo‘shma gap. 25. Bu ayyomda gina-kuduratlar va araz unutiladi, xalqlar, insonlar murosaga keladi, ahillik, birdamlik, mehribonlik qaror topadi. (I.Karimov) Ushbu gap … A) uyushiq bo‘lakli sodda gap B) qismlari uyushgan murakkab qo‘shma gap C) uyushiq kesimli sodda gap D) yoyiq sodda gap 26. Bilingki, jim turib salomat bo‘lish gapirib malomatga qolishdan afzal. Ushbu gapning turini aniqlang. A) kirish so‘zli sodda gap B) ega ergash gapli qo‘shma gap C) kesim ergash gapli qo‘shma gap D) to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gap 27. Bog‘langan qo‘shma gap berilgan qatorni toping. A) Yaxshilik qilmoqlik ulug‘ fazilatdir, uning qadriga yetmaslik esa illatdir. B) Shamol qay tarafga essa, maysa ham o‘sha tomonga egiladi. C) Daryo shovullab oqar, uning muzdek shamoli menga zavq bag‘ishlardi. D) Kim birovlarga yaxshilik qilsa, uning obro‘yi baland bo‘ladi. 28. Dutor chalib o‘tirsam, tori uzilib ketdi. Ushbu gap hol ergash gapning qaysi turiga mansub? A) payt ergash gap B) o‘rin ergash gap C) sabab ergash gap D) maqsad ergash gap 29. Rejadagi zarur ishlarni amalga oshirishga vaqt yetkaza olmayapman, sen bo‘lsa faqat dam olaylik deysan. Ushbu gap qo‘shma gaplarning qaysi turiga mansub? A) bog‘langan qo‘shma gap B) ergashgan qo‘shma gap C) bog‘lovchisiz qo‘shma gap D) murakkab qo‘shma gap 30. Qaysi qatorda bog‘langan qo‘shma gap berilgan? A) Dono aybni o‘zidan axtaradi, ahmoq bo‘lsa do‘stini ayblaydi. B) G‘ayratlining yuragi qaynar, G‘ayratsizning yuragi o‘ynar. C) So‘zning yumshog‘i g‘azabni so‘ndiradi, So‘zning qattig‘i odamni o‘ldiradi. D) Berilgan barcha gaplar bog‘lovchisiz qo‘shma gap hisoblanadi. Download 18.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling