Bu boshqaruv tizimi elementlarining o’zaro hamkorligi uchun muhim
Download 250.02 Kb. Pdf ko'rish
|
GLOSSARIY
- Bu sahifa navigatsiya:
- Boshqaruv (umumiy ko’rinishda)
Adolat – bu barcha fazilatlar ichidagi eng oliy fazilatdir. Adolatparvar rahbarning axloqiy xislatlari bemalol qonun o’rnini bosa oladi. Aloqa – bu boshqaruv tizimi elementlarining o’zaro hamkorligi uchun muhim elementlardan biri bo’lib, uning vositasida ushbu tuzilma uchun ma’lum munosabatlar shakllanadilar. Boshqaruv tizimlaridagi aloqani loyihalashtirish axborot nazariyasi usullari, hamda axborotlarning texnik manbalarini tanlash va aloqa kanallarini loyihalashtirish usullariga asoslanadi. Boshqaruv shakllariga ega boshqaruv tizimlarining tarkibiy tizimlaridan to’g’ridan to’g’ri va teskari aloqalar zanjirlari ajrati-ladilar. Ular axborotlarni harakatlanish yo’nalishlari bo’yicha farqla- nadilar. Assotsiatsiya – bu korxonalarning paychilik asosida kungilli birlashmasidir. Attestatsiya –bu mutaxassislarning lavozimiga layoqatini, malakasini, bilim darajasi va xulk-atvorini aniklashga va shu asosda ishga tayinlash yoki unvon berishga, shuningdek ishdan chetlatishga xizmat kiladi. Axborot – bu ma’lumot va xabarlar to’plami bo’lib, mazmunan, yangilik unsurlariga ega bo’ladi va boshqaruv vazifalarini xal etish uchun o’ta zarurdir. Baho – bu tovar va xizmatlarning pulda ifodalangan kiymatidir. Biznes–reja – korxonaning ish jarayonini tasvirlab, korxona raxbarlarining o’z maksadlariga kanday erishishlarini, birinchi navbatda ishning daromad keltirishni qay tariqa oshirish mumkinligini ko’rsatib beradi. Boshqaruv (umumiy ko’rinishda)– bu ikkita ob’ektlar o’zaro hamkorligining ma’lum turi- bunda ulardan biri boshqaruv sub’ekti holatida, boshqasi esa– boshqaruv ob’ekti holatida bo’ladi. Boshqaruv ierarxiyasi – murakkab turli-tuman va o’zaro bog’langan jarayonlarni boshqarishning asosiy tamoyillaridan biri. U boshqaruvning darajalari bilan ta’riflanadi, ularning soni qanchalik ko’p bo’lsa, tizim shunchalik yirikdir. Ierarxiya bo’yicha, masalan, korxona, tsex, uchastka va h k. boshqaruvi ajratiladi. Har bir darajaning boshqaruv tizimi yuqoriroq daraja uchun boshqaruv ob’ekti bo’ladilar. Umumiy holda boshqaruv ierarxiyasi har bir darajadagi boshqaruvni avtonom holda belgilanishini ko’zda tutadi. Ko’pincha bu boshqaruv maqsadlarini amalga oshirishning vositalari va usullarini tanlashga tegishli bo’ladi. Ierarxiya boshqaruvning murakkab tizimidagi boshqaruv tizimchalarining birgalikda bo’ysunishidan iborat bo’ladi. Download 250.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling