Bu boshqaruv tizimi elementlarining o’zaro hamkorligi uchun muhim


Download 250.02 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/15
Sana13.04.2023
Hajmi250.02 Kb.
#1351351
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
GLOSSARIY

Mexanik tashkilot – quyidagilar bilan ta’riflanadi: egiluvchan bo’lmagan tuzilma, 
standartlashtirilgan barqaror vazifalar, o’zgarishlarga qarshilik, nazoratning ierarxik tizimi, 
kommunikatsiyalarning buyruqli turi bilan. 
Mezon –bu taqqoslash yoki baholash uchun o’lchov, andoza. Masalan, mehnat – kishi 
qadr-qimmatining mezonidir. 
Monitoring – tizim yoki ob’ekt holatini kuzatish, baholash, bashorat qilish, uning 
faoliyatini nazorat qilish. Monitoring korxonaga mol holda korxona faoliyatining turli sohalarga 
oqib keluvchi jarayonlar haqidagi ishonchli va vaqtidagi axborotlar boshqaruv apparatini to’liq 
ta’minlash uchun chiqarilgan.
Motivatsiya – insonni aniq maqsadlarga erishish va o’z ehtiyojlarini qondirish uchun 
harakatga undovchi amaldagi ichki va tashqi kuchlar majmui. 
Motivatsiya- menejmentning, inson xulqining motivatsiyasidan uni faoliyatini 
boshqarish amaliyotida foydalanishni ko’zda tutuvchi vazifasi. Har bir kishining hulqi 
motivatsiya, ya’ni odamning ma’lum harakatlarni amalga oshirishga undovchi ichki kuchlar 
bilan belgilanadi. Motivatsiya uning ichki holatining omillari yoki atrof muhit, tashqi holat, 
vaziyat, sharoitlar ta’siriga javobi ko’rinishida namoyon bo’ladilar. Har bir odam 
motivatsiyaning shaxsiy tuzilishiga ega, bu uning rivojlanishi, o’z qobiliyatlari, qandaydir 
natijalarga erishishini namoyon qilish va o’zicha baholashi jarayonida shakllanadi. Motivatsiya 
odamning ehtiyojlari, ularni qanoatlantirilishi darajasi va imkoniyatlarini his qilish bilan 
belgilanadi. 
Motivlashtirish – bu ruxiy omil bo’lib, shaxs faoliyatining manbai, sababi, dalili va xar 
xil extimollaridir.U xodimlarni jonli mehnat faoliyatiga rag’batlantiruvchi kuchli vositadir. 
Muhandislik (injiniring) – oldindan olib boriladigan tadqiqotni amalga oshirish 
bo’yicha majmuiy ish, texnik-iqtisodiy asoslarni tayyorlash, loyiha hujjatlarini yig’ish, ishlab 
chiqarish va boshqarishni tashkil etish, texnologiyani ishga solish hamda tayyor mahsulotlarni 
sotish bo’yicha tavsiyalar tayyorlash. 

Download 250.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling