Yetakchining kasbga egaligi – menejer
tomonidan ishlab chiqarish (ti- jorat)ni
tashkil
qilish va boshqaruv sohasidagi maxsus bilimlar va ko’nikmalarni
egallashi,
har xil sohalardagi
odamlar bilan ishlash mahorati.
Yumshoq tizimlar – bu tizimlarda insoniy omil gorizontal tuzilmalarning o’zining juftli
deb ataluvchi resurslarni olib yuruvchi munosabatlari uzliksiz o’zgarib turuvchi kompozitsiyalari
asosida vaqtincha o’zini o’zi tashkil qiluvchi orqali namoyon bo’ladi.
Yuridik shaxs – xo’jalik qaramog’idagi alohida mulkka ega bo’lgan
va uni boshqarish
huquqiga ega bo’lgan tashkilot, u bu mulkka javob beradi, mulkiy va xususiy nomulkiy huquqga
ega bo’lishi, majburiyat olishi, sudda davogar javobgar bo’lishi mumkin. Yuridik shaxs mustaqil
balansi va smetasiga ega bo’lishi shart.