haqida ma’lumotlarni to’plash;
tekshiruvchi sinovlar, test o’tkazish, tibbiy ko’rikdan o’tkazish;
asosiy suhbat; ekspertlar xulosasini tayyorlash.
Xolding kompaniyasi – boshqa firma va kompaniyalarning aktsiya paketiga ular
faoliyatini boshqarish va nazorat qilish maqsadida egalik qiluvchi kompaniya.
Xolding
kompaniyasining ikki turi farqlanadi: belgilangan funktsiyalarni bajarish uchun tashkil etilgan
haqiqiy xolding va aniq tadbirkorlik faoliyati (sanoat, savdo, transport,
moliya-kredit va
boshqalar) bilan ham shug’ullanuvchi aralash xolding.
Xulq – qandaydir maqsadga erishishga qaratilgan faoliyat.
Yakka hukmronlik – boshqaruvni tashkil qilish shakli bo’lib, unda muassasa yoki
tashkilot (uning tarkibiy bo’linmasi) boshqaruv idorasining boshida o’zining
huquqiy doirasida
yuridik majburiy qarorlarni qabul qilish vakolatiga ega bitta shaxs turadi. Yakkahukmronlik
qarorlarni operativ qabul qilish imkoniyatini yaratadi,
ushbu idora, tashkilot, muassasadagi
ishlarning umumiy holatiga shaxsiy javobgarlikni oshiradi.
Ye
takchilik – boshqaruvi o’zaro
hamkorlikning, hukmronlikning har xil manbaalarini
samaraliroq birlashishiga asoslangan va odamlarni umumiy maqsadlarga erishishga undashga
qaratilgan o’ziga xos odob.
Do'stlaringiz bilan baham: