Bu boshqaruv tizimi elementlarining o’zaro hamkorligi uchun muhim
Download 250.02 Kb. Pdf ko'rish
|
GLOSSARIY
- Bu sahifa navigatsiya:
- Noverbal axborotlar
- Obro’
- Oltin aktsiya
Nomdor aktsiya – egasi faqat fuqaro bo’lgan aktsiya.
Norasmiy jamoa –bu odamlarning sirtqi ta’sir natijasida emas, balki ichki sabab natijasida vujudga kelgan guruhi, u ma’lum maqsadlarga erishish uchun vaqtinchalik o’zaro hamkorlikka kirishadi. Nou-xau – ilmiy, texnik, ishlab chiqarish, ma’muriy, moliyaviy, tijorat va boshqa xalq boyligiga aylanmagan xarakterdagi turli xil bilim va tajribalar yig’indisi (majmui). Bu bilim va mahoratlar texnika sohasida odatda chizmalar, qarorlar, tajriba natijalari, formulalar, hisob- kitoblar, usullar, yo’riqnomalar, texnik xususiyatga ega bo’lgan hujjatlar, kompyuter uchun dasturiy ta’minot va tijorat sohasida mijozlar va yetkazib beruvchilar kartotekasi, sotish va ommalashtirishning usul va shakllarini hujjatlashtirish, moliyalashtirish ma’lumotlari, reklama usullari va xodimlarni o’qitish ko’rinishida namoyon bo’ladi. Noverbal axborotlar – jo’natuvchi tomonidan so’zlardan foydalan- masdan yuborilgan axborotlar. O’zini o’zi boshqarish – bu tashkilotning qo’yilgan maqsadlarga erishish uchun amaldagi qonunchilik doirasida har qanday qarorlarni mustaqil qabul qilish va amalga oshirish imkoniyati. Obro’ – bu xamma tomonidan tan olingan xamda mexnat evaziga ortirilgan, raxbar uchun zarur ishonch va kalkondir. Ochiq turdagi aktsiyador jamiyati – bunday jamiyat aktsiyalari ochiq turda sotiladi. Oddiy aktsiya – AJ daromadlarining o’lchamlariga bog’liq holda tebranib turuvchi asoslangan qimmatbaho qog’oz. Ofis – idora, kantselyariya (yozuv chizuvlar) xizmat binosi. Oltin aktsiya – aktsiyadorga dividend (foyda) olish va ovoz berish huquqini beradi, AJ nizomining o’zgarishi, AJ ni qayta tashkil etish va likvidlashtirish, AJ mulkini sotish va ijaraga berishni o’z ichiga oladigan aktsiyadorlar yig’ilishi qarorida 3 yil muddatli taqiqlash huquqini mulk egasiga beradi. “Oltin” aktsiyalarni chiqarish haqidagi qarorni Davlat qabul qiladi va uning egasi faqat davlat bo’lishi mumkin. Download 250.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling