Bu boshqaruv tizimi elementlarining o’zaro hamkorligi uchun muhim
Download 250.02 Kb. Pdf ko'rish
|
GLOSSARIY
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat paketi
- Nizo (janjal)
- Nizom (ustav)
Muvofiqlashtirish – boshqaruv vazifalardan biri bo’lib, uni amalga oshirish firmaning
ichki holatini tashqi muhit sharoitlari bilan muvofiqlashtirish, tizimning barcha bo’g’inlari ishdagi muvofiqlikni ular o’rtasida ratsional aloqalar (kommunikatsiyalar), tizimchalar o’rtasidagi o’zaro hamkorliklarni o’rnatish yo’li bilan ta’minlash, boshqaruvning barcha vazifalarining yagonaligi va muvofiqligini ta’minlashdan iborat bo’ladi. Nazorat – menejmentning dasturlar, rejalar, vazifalar, boshqaruv qarorlarini bajarilishini ta’minlash bo’yicha vazifasi. U o’z ichiga boshqaruv ob’ektidagi jarayonlarni borishi orqasidan kuzatish, nazorat qilinayotgan parametrni berilgan dastur bilan solishtirish, dasturdan chetga chiqishlar, ularning sabablari va xarakterini aniqlashni oladi. Boshqarilayotgan ob’ektda sodir bo’layotgan jarayonlar nazoratning ob’ekti bo’ladilar. Nazoratni ikkita asosiy shakllari mavjud- faol va passiv. Passivi qandaydir jarayonni yanunlanishi bo’yicha diskretli amalga oshiriladi, faolda butun jarayon davomida boshqarilayotgan ob’ektga ta’sir ko’rsatiladi, bu chetga chiqishlarni bartaraf etish va jahl bilan ta’sir ko’rsatishni o’rnini qoplashga imkon beradi. Nazorat paketi – egasini (aktsiyadorni) aktsiyadorlik jamiyatida amaldagi hokimiyat (ovozlarning ko’pligi) bilan ta’minlovchi aktsiya ulushi. Nizo – bu raxbar, ishchi va boshka xodimlar orasida muayyan masalalarni xal qilishda tomonlarning bir-biri bilan bir yechimga kela olmaganligi tufayli vujudga keladigan vaziyatdir. Nizo (janjal) – bu ikkita yoki ko’proq tomonlar, ya’ni aniq shaxslar yoki guruhlar o’rtasidagi ziddiyat bo’lib, bundan har bir tomon o’zining nuqtai nazari yoki maqsadi qabul qilinishiga harakat qiladi va boshqa tomonni shunday qilishiga halaqit qiladi. Nizom (ustav) – tashkilotlar korxona (AJ) ning yuridik maqomini belgilovchi ta’sis hujjatlaridan biri. Nizom mazkur tashkilotning ta’sischilari tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Download 250.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling