Menejerni o’zini o’zi nazorat qilishi – menejerni o’z faoliyati natijalari ustidan nazorat
qilishi, shu tufayli mehnat jarayoni yaxshilanadi, qo’yilan maqsadga erishildimi yoki yo’qlgii
tekshiriladi, hamda kerakli tuzatishlar kiritiladi.
Menejment – bu ishlab chiqarish
yoki tijoratni boshqarish; ishlab chiqarishning
samaradorligini oshirish va foydani ko’paytirish maqsadida ishlab chiqilgan va qo’llaniladigan
boshqaruv tomoyillari, usullari, vositalari va shakllarining majmuasidir.
Menejmentning samaradorligi – ijtimoiy–iqtisodiy kategoriya, boshqaruv faoliyatining
natijaviyligi, moddiy,
moliyaviy, mehnat va odam resurslaridan foydalanishning muvofiqlik
darajasi. Boshqaruv natijalari va ularga erishishga sarflangan resurslarni
solishtirish vositasida
aniqlanadi. Menejment samaradorligining vazifaviy roli-uning rivojlanishi darajasi va
dinamikasini, ushbu jarayonning sifatiy va miqdoriy tomonlarini aks ettirishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: