Guliston davlat universiteti Axborot texnologiyalari fakulteti
4-bosqich talabasi Bulatov Mirjalol Normurod o`gli tomondan
5140200- fizika ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavr darajasini olish
Uchun “Laboratoriya sharoitida to`plangan yorug`lik oqimida quyosh elementlarini parametrlarini o`rganish” mavzusidagi bitiruv
malakaviy ishiga
TAQRIZ
Bulatov Mirjalol Normurod o`g`lining bakalavrlik darajasini olish uchun yozgan bitiruv malakaviy ishini mavzusi: “Laboratoriya sharoitida to`langan yorug`lik oqimida quyosh elementlarini parametrlarini o`rganish”ga bag’ishlangan bo’lib, ushbu tanlangan mavzusi hozirgi kunda eng dolzarb mavzulardan biri hisoblanadi.
Ushbu ishda birichi bobida quyosh elementlarning tuzilish va turlari ko`rsatib o`tilgan bo`lib, unning ishlash jarayonlari foydali ish koeffisenti haqida ma`lumotlar keltirb o`tilgan.
Ishda laboratoriya sharoitida maxsus tayyorlangan qurilma yordamida quyosh elementning o`lchov tahlillari kelterilgan. Buning uchun maxsus ikki turdagi yorug`lik manbalari tanlab olingan. Tajraiba qurilmasi konsentrator, oq yorug`lik va infarqizil yorug`lik manbalar tanlab olingan. Yorug`lik manbalari yordamida 1000 w/m2 yorug`lik intensivlikka erishguncha quyosh panellar foydali ish koeffistentlar,VAX, FF lar kabi kattaliklarini ko`rib o`tilgan.
Bitiruv malakaviy ishining uchinchi bobida quyosh panellarning laboratoriya sharoitida oq va infraqizil nurlarga yordamida olinga xarakteristikalari, temperaturelari keltirilganligi ishning mazmumini boyitgan
Olingan tajriba sinovlaridan ko`rish mumkinki, oq yorug`likka qaraganda infraqizil yorug`likda quyosh panellarning sirtidagi harorat bir muncha yuqori bo`lishligini ko`rishimiz mumkin.
Bulatov Mirjalol Normurod o`g`lining “Quyosh panellarning chiqish xarakteristikalarini yorug`lik oqimiga bo`gliqligini o`rganish” mavzusidagi Bitiruv malakaviy ishini davlat attestattsiyasi komissiyasida himoya qilishga tavsiya etaman va DAK da a`lo darajada baholash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |