204
3. Qo’llash (amaliy ahamiyat) ga oid savollar:
1)
Ustun qoziqlar qaerda, qanday qo’llaniladi?
2) Arkalar qaerda qo’llaniladi?
3) Gruntdagi devor qachon qo’llaniladi?
4) Armaturali mahsulotlarni qo’llashga doir misollarni keltiring.
4.Tahlil (yaxlitlikni tarkibiy qismlarga ajratish va ular orasidagi bog’lanishlarni o’rnatish)
ga oid savollar:
1) Yog’och va metall qoliplarni xususiyatlari nimada?
2) Beton mustahkamligini eng muhim xususiyatlari nima?
5.Sintez (alohida qismlardan mantiqiy yangi yaxlitlikni vujudga keltirish) ga oid savollar:
1) Bino (inshoot)ning turg’unligi haqida yozing?
2) Transport vositalaridan montaj jarayoni qanday amalga oshiriladi?
6. Baholash (qaror
qabul qilish, xulosa yasashni uddalash) ga oid savollar:
1) Javoblarga munosabat bildiring.
2) Ichki yoki tashqi mezonlarga mos keladimi? Nima uchun shunday yoki unday emas?
3) Namuna talabga javob beradimi? Nima uchun?
4) Qaysi mezonlarga asoslanib baholash mumkin?
5) Mezonlarni qanday qilib shakllantirish mumkin?
6) Siz nima uchun aynan shunday deb o’ylaysiz?
II.8.Klaster tuzish
Klaster - «axborotlarni yoyish». «Klaster» - inglizcha so’z bo’lib, g’uncha, bog’lam
ma’nosini anglatadi. Axborotlarni klasterlarga ajratish interfaol pedagogik strategiya bo’lib, u
ko’p
variantli fikrlashni, o’rganilayotgan tushuncha (hodisa, voqea)lar o’rtasida aloqa o’rnatish
malakalarini rivojlantiradi, biror mavzu bo’yicha talabalarni erkin va ochiqdan-ochiq fikrlashiga
yordam beradi. Klasterlarga ajratishni darsning da’vat, anglash va mulohaza qilish bosqichlaridagi
fikrlashni rag’batlantirish uchun qo’llash mumkin. Asosan, u yangi fikrlarni uyg’otish va
muayyan mavzu bo’yicha yangicha fikr yuritishga chorlaydi. Klaster
tuzish ketma-ketligi
quyidagicha:
Auditoriya yozuv taxtasi o’rtasiga katta qog’oz varag’iga asosiy so’z yoki
gapni yozing;
Sizni fikringizcha bu mavzuga tegishli bo’lgan so’zlar
yoki gaplarni yozing
(«aqliy hujum») o’tkazing;
Tushuncha va g’oyalar to’g’risidagi o’zaro bog’lanishini o’rnating;
Do'stlaringiz bilan baham: