130
turbulentlilarga bo’linadi. Parrakli aralashtirgichlarning vertikal,
gorizontal, valli turining,
parragi aralashmaning butun xajmini aralashtiradi, ular g’isht terish va suvoq qorishmalarini
tayyorlashda qo’llaniladi. Turbulentli aralashtiruvchilar aralashtirilayotgan massaning oqimi
va
diametri, aralashtiruv sig’imining diametridan 2-2,5 marta kichik bo’lgan, rotor bilan
xosil qilinadi. Rotorning aylanishlar tezligi esa odatdagi parrakli
aralashtirgichlar valining
aylanishidan 10-15 marta yuqoriroq. SHuning natijasida aralashayotgan massada markazdan
qochma kuchlar xosil bo’ladi va aralashayotgan massaning butun xajmini xarakatga
keltiruvchi intensiv oqimlar paydo bo’ladi. Ko’chib yuruvchi qorishma aralashtirgichlar 30,
65, 125 va 250 litr tayyor aralashma xajmiga ega bo’ladilar, stantsionar
ishlovchilari esa
400, 800 va 1200 litr xajmga ega bo’ladi. Tayyor qorishma xajmi 30 va 65 litrli qorishma
aralashtiruvchilar bevosita ishlab chiqarish joylarida o’rnatiladi
va ular yuklash xamda
miqdorlash moslamalariga ega bo’lmaydilar. Ularning ishi ko’proq quruq sharoitda
samaraliroq bo’ladi. Gorizontal valli davriy ishlaydigan qorishma aralashtirgichlar (6.4-
rasm) aravacha 1, baraban 5, reduktor 8 va elektrodvigatelь 9 dan iborat. Baraban (bunker)
ikkita ustun 2 larga tayanadi va dastak 7 yordamida aylantiriladi.
Barabanning yuklash
teshigi, barabanga yuklanayotgan kurak tushib qolishini oldini oluvchi to’siq 6 bilan
ta’minlangan.
6.4-rasm. Davriy ishlovchi gorizontal valli qorishma aralashtirgich
1-aravacha; 2-ustun; 3-podshipnik; 4-parrak vali; 5-baraban; 6-to’siq;
7-dasta; 8-reduktor; 9-elektrodvigatelь.
Do'stlaringiz bilan baham: