Ушбу ы=ув =ылланма в 5140900 касб таълим (бинолар ва иншоотлар =урилиши) йыналиши быйича билим олаётган талабалар, 3-йиллик ма
Download 3.89 Mb. Pdf ko'rish
|
Qurilish mashinalari.Qurilish jarayonlari texnologiyasi-maruza-1585404135
Rezьba burovchi qo’l mashinalar – gayka, shurup va shpilpka burovchilar. Ular rezьba li
birikmalarni yig’ishda qo’llanilib, uzluksiz – kuchli va impulps – kuchli, ishchi qismi aylanuvchi va uzatmasi elektrlik, pnevmatik va gidravlik dvigatelli bo’lishi mumkin. Uzluksiz – kuchli rezьba burovchi mashinalarda aylanish dvigatelidan uzluksiz ravishda ishchi qismi bo’lgan otvyortka yoki kalitga kulachokli mufta va reduktor orqali beriladi. Ish xarakati bo’lmayotganda yo’naltiruvchi va yo’naluvchi yarim muftalar kulachoklari bir-biri bilan bog’lanmaydi. Mashinaga o’qi bo’ylab kuch berilganda yarim mufta kulachoklari birikadi va ishchi qismi (otvertka yoki kalit) shpindelp bilan birgalikda aylana boshlaydi. SHpindeldagi burovchi moment belgilangan zo’riqishga yetganda, yarim muftalar orasida o’q kuchlanishi xosil bo’lib, prujina qarshilik kuchini yengadi va yetaklanuvchi yarim mufta avtomatik ravishda chio’adi. Bunda mashina korpusida xosil bo’lgan reaktiv moment boshqaruvchi qo’liga ta’sir qiladi. CHunki yetaklovchi yarim mufta aylanishda davom etadi, yetaklanuvchi yarim mufta kulachoklaridagi zarbalar shpindelda qo’shimcha moment xosil qilib, dvigatelni ortiqcha zo’riqishdan saqlaydi. Bu qo’l mashinalar elektrik va pnevmatik dvigatelli bo’lib, diametri 12 mm gacha bo’lgan rezьba lar uchundir, ular reversivli, yig’ish va bo’shatish ishlarini bajarishi mumkin. Impulьs-kuchli qo’l mashinalarda dvigateldan aylanish ishchi qismiga (kalit) reduktor va zarbali – impulьsli mexanizm orqali o’tib, uni to’xtovsiz zarbali impulьsga aylantiradi. Amalda shunday ‘ollar xam uchraydiki, rezbali birikmalar qo’lda yig’ilayotganda yuqori moment xosil qilish uchun kalit oxiriga zarba beriladi. SHunday qilib, zarbali impulpsli gayka burovchining ko’p qismi unumli ishlatiladi. Bunda mashina korpusiga ta’sir qiluvchi reaktiv moment xosil bo’lmaydi, demak boshqaruvchi qo’liga xam xech qanday ta’sir qilmaydi. 144 Elektrodvigatelь aylanishni planetar reduktor orqali kulachokli, tsilindr va prujinadan iborat bo’lgan mexanizmga beradi. Gayka burovchi ish boshlashida shpindelp kulachoklari prujina ta’siri ostida tsilindr kulachoklaridan uzilgan bo’ladi va elektrodvigatelь salt aylanadi. Buraladigan gaykaga gayka burovchi bosilganda, shpindelp prujina qarshiligini yengib, zarbali ipulps mexanizmi tsilindri bilan birikadi va gayka oxirigacha buraladi. Gayka yoki boltni qotirishda burovchi momentning oshishi bilan tsilindr shariklar tapsiri ostida to’xtay boshlaydi va shu bilan birgalikda o’q bo’ylab siljiydi xamda shpindelp kulachoklari bilan birikishdan chiqib, prujina qisadi. SHu paytda ozod bo’lgan tsilindr yo’naltiruvchi bilan biroz burchakka buraladi, tsilindr kulachogi chekkalari, shpindelp kulachoklari bo’ylab sirpanadi. Ular chekkalari bir–biriga tegmay qolganda, qisilgan prujina tsilindrni oldinga intiltiradi. TSilindr aylanishda davom etib, o’zining kulachoklari bilan shpindelp kulachoklariga zarba beradi va uni buraydi va shu bilan birga bolt yoki gaykani buraydi. Keyin yana orqaga qaytadi shpindelp kulachoklaridan birikishidan chiqib, qaytishda yana shpindelp kulachoklariga zarba beradi. Jarayon gayka yoki bolt qotmaguncha davom etadi. Bolt gaykani bo’shatish uchun shtepselli birikma yordamida faza almashtiriladi. Nazorat uchun savollar 1.qo’l mashinalari qaysi turlarga bo’linadi? 2.qo’l mashinalari vazifasi nimadan iborat?3.qo’l mashinalariga qanday talablar o’qyiladi?4.Xarakatlanishga ko’ra qo’l mashinalarining necha turlari bor?5.Ishchi qismining xarakatlanishiga ko’ra qo’l mashinalarining qanday turlari bor?6.qo’l mashinalrining sinflarini taoriflang?7.qo’l mashinalarining shartli belgilarini yoriting?8.Rezba ochuvchi mashinalarning ishlashini ayting?9.Reza burovchi mashinalari qanday ishlaydi?10.Rezba ochuvchi mashinalarning qo’lda rezba ochuvchi asbobdan qanday farqi bor? Download 3.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling