Ушбу ы=ув =ылланма в 5140900 касб таълим (бинолар ва иншоотлар =урилиши) йыналиши быйича билим олаётган талабалар, 3-йиллик ма


Download 3.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/180
Sana10.11.2023
Hajmi3.89 Mb.
#1764660
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   180
Bog'liq
Qurilish mashinalari.Qurilish jarayonlari texnologiyasi-maruza-1585404135

QO’L MASHINALARI 
Reja: 
1. Qo’l mashinalarining turlari 
2. Qo’l mashinalarga qo’yiladigan asosiy talablar 
3. Konstruksiyalarni yig’uvchi va detallarni qotirish uchun ishlatiladigan qo’l 
mashinalar 
4. Bo’yoq ishlari uchun mashinalar 
Tayanch so’z iboralar 
Impulsli Kuch bilan ishlovchi , bolg’a, perforator, yakor, pichoq, rezba, gayka, reduktor vali 
zarbali qaychi 
 
8.1.qo’l mashinalarining turlari 
Qo’l mashinalari qurilishda va xalq xo’jaligining boshqa soxalarida keng qo’llaniladi. 
Ayniqsa, qurilishdagi montaj va pardozlash ishlarida qo’l mashinalardan keng foydalaniladi. 
qo’l mashinalari deb asosiy xarakat (ishchi qism xarakati) dvigatelь yordamida, yordamchi 
xarakatlar (xarakatni uzatish) va boshqaruv esa bajaruvchining qo’li yordamida 
bajariladigan mashinalarga aytiladi. Odatda, bu mashinalarning korpusiga dvigatelь o’rna-
tilgan bo’ladi va ularning og’irligini qisman yoki butunlay bajaruvchi ko’taradi. qo’l 
mashinalarining xususiyatlaridan asosiysi shuki, bajaruvchining xar bir xarakati mashinani 
boshqarishga va qilinayotgan ishning oqibatiga ta’sir ko’rsatadi. 
qo’l mashinalarining xillari juda ko’p bo’lib, bu esa ularni turlarga bo’lishda qiyinchilik 
tug’diradi. Sinflarga bo’lishning asosiy belgilariga xarakat asosi, ishchi qism xarakatining 
tasnifi va ish tartibi kiradi. qo’shimcha belgilariga esa qo’llaniladigan joylar va ishi, uzatma 
turi va elektr tokidan saqlanishning usullari kiradi.
Xarakatlanish qoidasiga ko’ra qo’l mashinalari uzluksiz va impulьsli kuch bilan 
ishlovchi mashinalarga bo’linadi. Uzluksiz ishlovchi mashinalarga ishchi qismi to’xtovsiz 
aylanuvchi mashinalar kiradi (parmalovchi, silliqlovchi mashinalar, diskli arralar va x.z.). 
Bu mashinalar shu bilan xarakterlanadiki, ularda xosil qilinayotgan moment dvigatelning 
aylantiruvchi momenti bilan reduktor yoki tasmali uzatma uzatishlar sonining 
ko’paytmasiga teng. Ular bilan ishlayotganda bajaruvchi qo’li bilan qabul qilishi kerak 
bo’lgan reaktiv moment xosil bo’ladi, bu ularning asosiy kamchiliklaridan bo’lib, qo’l 
mashinalarning quvvatini oshirishga xalaqit beradi. Impulьsli kuch bilan ishlovchi 
mashinalarga, ishlov beruvchi ob’ektga uzatilgan energiyani uzlukli impulpsli tartibda 
yetqazuvchi–zarbli (bolg’alar, perforatorlar, zarbali qaychilar) va zarbasiz – pichoqli 
qaychilar kiradi. Zarbali xarakatlanuvchi mashinalar faqat zarbali ishlarda (bolg’alash, beton 
parchalash, zichlashtirish), zarbli-buriluvchi (perforatorlar) yoki zarbli-aylanuvchi (gayka 
burovchi) tartibida ishlashi mumkin. 
Ishchi qismining xarakatlanish xarakteriga ko’ra qo’l mashinalari ishchi qismi 
aylanuvchi, qaytuvchi va murakkab xarakat qiluvchi mashinalarga bo’linadi. Ishchi qismi 
aylanuvchi mashinalarga, ishchi qismi aylana bo’ylab xarakatlanuvchi (diskli arralar, 
parmalovchi mashinalar, elektr iskana va x.z.) va ishchi qismi yopiq kontur bo’ylab 
xarakatlanuvchi (zanjirli va tasmali arralar, parchinlovchilar, tasmali silliqlash mashinalari 
va x.z.) mashinalar kiradi. Ishchi qismi qaytuvchi mashinalarga ishchi qismi borib-qaytuvchi 
(qaychilar, egovlar), tebranuvchi (qo’zg’atuvchilar) va zarb bilan ta’sir qiluvchi mashinalar 
(zichlovchi mashinalar, bolg’alar, xavo yordamida teshik ochuvchilar va x.z.) kiradi. Ishchi 
qismi murakkab xarakat qiluvchi qo’l mashinalariga zarbli–buriluvchi va zarbli-aylanuvchi, 


140 
shuningdek, ishchi qismi maxsus xarakatlanuvchi mashinalar, qaysiki yuqorida tasniflangan 
mashinalarga o’xshamaydiganlari (maxsus silliqlovchi va jilov beruvchi mashinalar) kiradi. 
Ish rejimi bo’yicha qo’l mashinalari yengil, o’rta, og’ir va o’ta og’ir rejimda ishlovchi 
mashinalarga bo’linadi.
qo’l mashinalari reversivli va reversivsiz, bir tezlikli yoki ishchi qismi tezligini 
pog’onali o’zgartirish mumkin bo’lgan ko’p tezlikli bo’lishi mumkin. Ko’p rejimli ishlovchi 
mashinalar guruxiga ko’p tezlikli aylanishlar sonini pog’onali va pog’onasiz o’zgartiruvchi, 
zarbli-buriluvchi parmalash mashinalari, bundan tashqari zarbali, zarbli-buriluvchi va 
aylanuvchi tartibda ishlovchi perforatorlar kiradi. 
Vazifasi va qo’llaniladigan joylariga qarab qo’l mashinalari xar xil materiallarga ishlov 
berish uchun umumiy qo’llaniladigan, metallarga, yog’ochlarga, toshga va betonga ishlov 
beruvchi, gruntga ishlov beruvchi va yig’uvchi mashinalarga bo’linadi. 
Uzatma turiga ko’ra qo’l mashinalari elektrik, pnevmatik, gidravlik, xamda ichki yonuv 
dvigatelidan xarakat oluvchi uzatmali mashinalarga bo’linadi. 
Elektr toki urishidan ‘imoyalanishiga ko’ra, qo’lda ishlatiladigan mashinalar I, II, III 
sinflarga bo’linadi. 
I nominal kuchlanishi 42 V dan ortiq bo’lgan mashinalar. Ularda ushlash mumkin 
bo’lgan detallar kuchlanish ostidagi boshqa qismlardan ishchi ximoyasi bilan ajratilgan; II - 
42 V dan yuqori kuchlanishda ishlovchi mashinalar. Ularda ushlash mumkin bo’lgan 
metalldan tayyorlangan kuchlanish ostidagi boshqa qismlardan musta’kam yoki ikki 
qatlamda ‘imoyalangan; III sinf 42 V dan kam kuchlanishda ishlovchi mashinalar aloxida 
avtonom manbaadan, transformator yoki o’zgartiruvchi orqali ta’minlanuvchi mashinalar 
kiradi. Ikki qatlamli ‘imoyalangan mashinalar (II sinf) ning o’ziga xos xususiyatlaridan biri, 
ular konstruktsiyasida bir-biri bilan bog’lanmagan ikki ‘imoya qatlamining mavjudligidir, 
ulardan biri ishchi ‘imoyasi, ikkinchisi o’qshimcha ‘imoyadir. Bu mashinalarning ishchi 
‘imoyasi oddiy polimerlardan foydalanilgan ‘imoyalardan farq qilmaydi, lekin o’qshimcha 
‘imoyada qo’llaniladigan materiallar, albatta, ishchi ‘imoyasi materiallaridan farq qilib, bir 
paytda ikkala ‘imoya qatlamining xar qanday xolatlarda xam buzilishiga olib kelmaydi. Ikki 
qatlamli ‘imoyalangan qo’lda ishlatiladigan elektr parmalash mashinasi (8.1–rasm) quyidagi 
uchta asosiy sxema orqali bajarilishi mumkin.
Uchchala sxemada xam elektrodvigatelь uzgichining shyotkali qismlarining o’qshimcha 
‘imoyasi bo’lib, mashinaning plastmassali ushlagichi 4, elektrodvigatelь korpusi 2 va ishga 
tushiruvchining tepkisi 3 xizmat qiladi. Yakor uchun o’qshimcha ‘imoya bo’lib, yakor vali 
bilan reduktor valigi 1 orasidagi plastmassa (8.1-rasm, a); yakor vali bilan temir qatlam 
orasidagi plastmassali vtulka (8.1-rasm, b); reduktorning yakor shesternyasi bilan tishli 
uzatma orasidagi (8.1-rasm, v) plastmassa tishli g’ildirak xizmat qiladi.
Konstruktiv bajarilishiga ko’ra qo’l mashinalari aylanuvchi ishchi qismiga qarab 
quyidagilarga bo’linadi: to’g’ri, ishchi organi o’qi bilan uzatma o’qi ustma-ust tushsa yoki 
parallel, burchakli, ular burchak ostida joylashsa.
Xar bir qo’l mashinada tayyorlovchi zavod nomi yoki uning ma’sulot belgisi, mashina 
indeksi, asosiy o’lchamlari, ishlab chiqilgan yili va oyi, mashina nomeri bo’ladi. qo’lda 
ishlatiladigan elektr dvigatelli mashinalarning asosiy kattaliklari quyidagilar; kuchlanish–V, 
tok turining shartli belgilanishi, takroriylik, Gts iste’mol quvvati Vt, ish tartibi. Bundan 
tashqari, II sinf mashinalarida ularning ikki qatlamli ximoyasi borligi to’g’risida belgi 
bo’lishi kerak. Pnevmatik dvigatelli mashinalar uchun qisilgan xavoning ishchi bosimi (Pa) 
ko’rsatiladi.
qo’l mashinalarining indeksi sonli va xarfli qismdan iborat. Indeks bo’yicha 
mashinaning uzatma turi, mashina guru’i konstruktiv xususiyatlari aniqlanadi. ‘amma 
mashinalar ishlatilish so’asiga ko’ra o’nta guruxga bo’lingan va xar biri yana 9 ta 
guruxchalarga bo’linadi.


141 
а)
1
2
3
4
б)
5
2
3
4
в)
6
2
3
4
8.1–rasm. Ikki marta ximoyalangan elektrik qo’l mashinasi 
1-reduktor vali, 2-elektrodvigatelь korpusi, 3-ishga tushiruvchi tugma,
4-plastmassa dasta.
Indeksning xarfli qismi uzatma turini ifodalaydi; IE-elektrik, IP-pnevmatik, IG- 
gidravlik, ID- ichki yonuv dvigatelli. 
Uzatma turiga bog’liq bo’lmagan xolda yordamchi qurilmalarni va asboblar kallagini 
o’rnatish uchun IK belgisi qo’llaniladi. Indeksning birinchi soni mashina turini bildiruvchi 
nomerni belgilaydi: 1-parmalash: 2-silliqlash; 3-rezьba ochuvchi; 4-zarbali; 5-frezerlash; 6-
maxsus va universal; 7-ko’p shpindelli; 8-nasadka va asboblarning kallagi; 9-yordamchi 
qurilmalar; 10-rezerv. Indeksning ikkinchi soni mashina ijrosini xarakterlaydigan guru’cha-
larni belgilaydi: 0-to’g’ri; 1-burchakli; 2-ko’p tezlikli; 3-reversivli. Oxirgi ikki son 
modelning ro’yxati nomerini belgilaydi. Xar bir yangi chiqqan modelga yuqori nomer 
beriladi. 

Download 3.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling