Ушбу ы=ув =ылланма в 5140900 касб таълим (бинолар ва иншоотлар =урилиши) йыналиши быйича билим олаётган талабалар, 3-йиллик ма
Pol, tom va gidroizolyatsiya ishlarini bajarish uchun mashinalar
Download 3.89 Mb. Pdf ko'rish
|
Qurilish mashinalari.Qurilish jarayonlari texnologiyasi-maruza-1585404135
9.3. Pol, tom va gidroizolyatsiya ishlarini bajarish uchun mashinalar Pol qilish uchun mashina. Beton va tsementli polarni, styajkalarni, mozaikali va polimertsementli pollarni tekislash, zichlash va silliqlashda ma’lum profilli po’lat balkadan iborat titrovchi reykalar qo’llaniladi. Ishlov beriladigan maydonning katta–kichikligi va qorishmaning quyuqigiga qarab bir va ikki blokli titrovchi reykalar yoki maxsus profildagi titrovchi reykalar ishlatiladi. Yuzani titrovchi reykada ishlash quyidagicha amalga oshiriladi: pol sat’ini anio’lovchi mayaklarga mashina reykasi o’rnatiladi va uni boshqaruvchi yo’lka bo’ylab surganda yotqizilgan aralashma tekislanadi va zichlanadi. Titrashni qo’zg’atuvchini reykaga o’rnatilishi, odatda, yo’naltirilgan tebranishni ta’minlaydi, shu bilan birga natijaviy markazdan qochma kuch yo’nalishi reykaning yo’na- lishi bilan bir xil bo’lib, bu boshqaruvchiga mashinani ko’chirishida yengillik tug’diradi. Bu ayniqsa, keng qamrovli va og’ir titrovchi reykalarda muxim axamiyatga ega. Tebranma reykalarni ko’chirish uchun bikr dastaklar va egiluvchan tortqilardan foydalaniladi. Elektr uzatmalilardan tashqari pnevmodvigatelli va ichki yonuv dvigatelli titrovchi reykalar xam ishlatiladi. Beton pollarni silliqlovchi mashinalar, ishchi qismiga qarab parrakli va diskli bo’ladi. Parrakli mashinalar uch va to’rt parrakli qilib chiqariladi. Uch parrakli mashinada aralashma qisman tekislanadi, to’rt parraklida esa so’nggi toza silliqlash ishi bajariladi. Pollarni silliqlash betonning avvalgi qotishidan keyin bajariladi. Parrakli mashinalarning mexnat unumdorligi uning qamrov kengligiga, dvigatelь quvvatiga, ishchi qismning burchak tezligiga, ishlov beriladigan yuzaning xolatiga va boshqaruvchining bilimiga bog’liq. To’rt parrakli mashinalar chidamli, kam titraydi va yaxshi silliqlaydi. Mashina ishchi qismi aylanishlar takroriyliging soni 200 min –1 gacha. Tekislash va birlamchi ishlov berish past, silliqlash esa yuqori tezliklarda olib boriladi. Bundan tashqari burchak tezlikni tanlash ishlov beruvchi yuzaning xolatiga bog’liq (qattiqlik o’ancha yuqori bo’lsa, tezlik shuncha katta bo’lishi kerak). Almashinuvchi po’lat parraklar ishlov beruvchi yuzaning xolatiga qarab, xar xil o’amrov kenglikda bo’ladi. Keng parraklar shilish uchun ishlatiladi, ingichkasi esa beton yuzasini "temirlash"da ishlatiladi. Diskli silliqlovchi mashina ishqalovchi disk, elektrodvigatelь, chervyakli reduktor, boshqarish va yurish qismlaridan iborat. Bolt ponasimon tasmali uzatmani tortish uchun mo’ljallangan. Yuruvchi qismi faqatgina mashinaning qurilish maydoni doirasida siljitishga mo’ljallangan va u ish vaqtida ajratib o’qyiladi. Ishqalovchi diskka elektrodvigateldan ponasimon tasmali uzatma va friktsion muftali chervyakli reduktor orqali xarakat uzatiladi va xisoblangan momentdan oshib ketsa, operatorni ximoya qiladi. Diskli silliqlash mashinalarining parrakli mashinalarga qaraganda ish unumdorligi kam, lekin ish sifati ancha yuqori. Mashinaning ish jarayonida xosil bo’lgan titrashi parrakli mashinalarning titrashidan kam. Pollarning yaxlit qoplamalariga mozaik silliqlash mashinalarida ishlov beriladi. Ular korpus, elektrodvigatelь, boshqarish va yurish qismlari dan iborat. Ishlov beriladigan yuza ushlagichdagi planshayba o’rnatilgan 6 dona uch qirrali obraziv orqali silliqlanadi. Planshaybalar yupo’a rezinali amortizatorlar orqali traversaga maxkamlangan. 147 Amortizatorlar obrazivlarning bir xilda yemirilishiga va mashinaning tekis ishlashiga imkon beradi. Traversa tishli g’ildirakdan aylanma xarakat olib aylanadi. Tishli g’ildirak shesternya va elektrodvigatelь valiga o’rnatilgan shesternya bilan ilashadi. Bunday konstruktsiya traversaning turli tomonga aylanishiga va mashinaning to’g’ri chiziqli ilgarilanma xarakatiga imkon beradi. Katta maydonlarga ishlov berilayotganda traktorga yoki elektrokaraga bir nechta mashina o’rnatiladi va bularni boshqaruvchi ish joyidan boshqaradi. Silliqlashda yuza suv bilan sovutilib turiladi va bu suv silliqlanayotgan yuzaga shlang orqali keltiriladi. Katta maydonli uylarda turli o’ziyurar silliqlash agregatlari ishlatiladi. Mozaik silliqlash mashinalari ishchi qismlarining aylanish takroriyligi minutiga 250...750 min –1 martagacha, abraziv qismlarning chizio’li tezligi esa sekundiga 5...20 m s. U ishlanayotgan yuza turiga, abraziv toshlarning sifatiga va berilayotgan ishlovning xarakteriga bog’liq. Dag’al qilinadigan yuzada mashina past tezliklarda, silliqlash va jilolashda esa yuqori tezliklarda ishlatiladi. Pollarning notekis joylarini yo’nish uchun randalash mashinalari ishlatiladi. Uning korpusi oldingi rolik bilan ikkita orqa roliklarga sharnirli maxkamlangan traversa orqali tayanadi. Traversani tortgichi bilan dastak bog’langan bo’lib, dastakni burish bilan randalash chuqurligi o’zgartiriladi. Prujina pichoqli barabanni pichog’i bilan traversani bo’shatib bo’lganda ko’taradi. Korpusga dasta maxkamlangan, unda yurgizgich shnuri bo’lib, shnur oxirida shtepselli razoyom bor. Elektrodvigatelning aylanuvchi rotori yuzasiga maxkamlangan pichoqli baraban mashinaning ishchi qismi xisoblanadi. Elektrodvigatelь statorining vali korpusning ikki tayanchiga qo’zg’almas qilib maxkamlangan. Pichoqli barabanning uch dona pichog’i bo’lib, ular baraban pazlariga suxariklar yordamida maxkam qotirilgan. Pichoqlarning o’rnatilishi polzunlarning tayanch vintlari orqali sozlanadi (bitta pichoqqa ikki donadan polzun). Pichoq toblangan yupo’a po’latdan tayyorlanib qirrasi o’tkirlanadi. O’tkirlangan qirraning kesish burchagi 36...40 0 . Pichoqning qirqish burchagi barabandan 3 mm dan ko’p chiqmasligi kerak. Pichoqlarning to’g’ri o’rnatilishi uchun, mashinada mavjud bo’lgan maxsus chizg’ichdan foydalaniladi. Pichoqlarni maxkam qotirish zarur, chunki pichoqli baraban aylanishidagi markazdan qochma kuch 2000...3000 N ga yetadi va u pichoq joyidan chiqib ketishiga sabab bo’lishi mumkin. Mashina bilan randalash ikki o’tishda bajariladi. Birinchi o’tishda 1,5...2,5 mm qalinlikdagi notekisliklar tekislanadi, ikkinchi (ko’ndalang) o’tishda esa 0,5...1,0 mm. Mashinaning me’nat unumdorligi 40 m 2 s gacha Parket va taxtadan qilingan pollarni silliqlash uchun barabanli va diskli mashinalar ishlatiladi. Barabanli mashinalar ikki dona oldingi va bir dona royal tipidagi orqa g’ildirak tayanuvchi korpus iborat. Yurish g’ildiragi silliqlanayotgan yuzaga barabanning sio’ish darajasini sozlash mexanizmi bilan jixozlangan bo’lib, bu mexanizm tortgich orqali boshqarish dastasi bilan bog’langan. Mashina korpusiga maxkamlangan sterjenp yurgizuvchi va poldan chiqqan qirindilarni yig’ish uchun qop bor. Baraban va ventilyatorning aylanishi elektrodvigateldan ponasimon tasma orqali uzatiladigan xarakat xisobiga amalga oshiriladi. Ajraluvchi qopqoqqa maxkamlangan siljuvchi rolik mashinaning ish vaqtida devorga yaqinlashishini chegaralaydi. Barabanning tashqi yuzasiga rezina qoplangan bo’lib, u abraziv tasma bilan ishlashini yaxshilaydi, ishchi organga bir tekisda yuk tushishini ta’minlaydi, shuningdek, zarbani yumshatadi va ish davomida mashinaning titrashini kamaytiradi. Silliqlovchi barabanning aylanma tezligi sekundiga 10...22 metr bo’ladi. Barabanning aylanma tezligini tanlash unga qoplangan jilvir turi sifatiga bog’liq. Abraziv jilvirning oxiri barabandagi qiyshiq pazga kiritiladi va ikkita ekstsentrik vallar bilan tortiladi. Mashinaning ishi davomida xosil bo’lgan qirindi ventilyatorga suriladi va olib ketuvchi truba orqali qopga yig’iladi. Tekis va silliq yuza olish uchun polni ikki marta silliqlash yetarli bo’ladi: birinchi marta to’g’ri va ikkinchi 148 marta ko’ndalang yo’nalishda. Mashinaning ish unumdorligi soatiga 40–60 m 2 . Tor uylardagi polni, isitish jixozlarini silliqlash uchun diskli mashinalardan foydalaniladi. Bunday mashinalarning ishchi qismi disk bo’lib, unda abraziv jilvir yopishtirilgan. Bu mashinalarning ish unumdorligi uncha katta emas (5 m 2 soatgacha) va turli xil konstruktsiyalari mavjud. Zich o’ramli material (linoleum)larni payvandlash ishlari zavod va qurilish sharoitlarida uskunalar va infraqizil nurlatgichi bo’lgan qizuvchi dazmol bilan bajariladi. Dazmol ikki dona infraqizil lampa shakllantiruvchi plastinka, ximoya g’ilofi, dastasi va o’rta plita tashkil topgan ikki parabolik qaytaruvchining fokusiga joylashtirilgan. qaytaruvchilar orqali kvarts lampalardan qizish zonasiga yo’naltirilgan nur energiyasi issiqlik energiyasiga aylanadi va linoliumning qirg’oqlari 140–150 S gacha (toki linoleum qovushqoq oquvchi xolatga o’tgunga qadar) qiziydi va plastinka yordamida bir–biriga qisiladi. Payvand tezligi shakllantiruvchi va o’rta plastinkalar orasidagi masofani o’zgartirish bilan sozlanadi. Payvandlashdan oldin payvandlanadigan linoleum qirg’oqlariga tsellofan yoki ftoroplast tasma qo’yiladi. Payvandlashning borishini nazorat qilish uchun plastinkalarning markazida ximoya yorug’lik filьtri 3 joylashgan. Ish xajmi oz bo’lganda apparat birlashtiriladigan qirra bo’ylab qo’lda suriladi. Ish xajmi katta bo’lgan joylarda apparat elektrodvigateli bo’lgan karetaga o’rnatilib ishlatiladi. Infraqizil nurlar yordamida soatiga 30...70 metr linoleumni payvandlash mumkin. Yangi to’shalgan linoleumni pol bilan ilashishi yaxshi bo’lishi uchun tekislanadi, buning uchun tebranishi vertikal yo’nalishda bo’lgan mayatnikli elektrik titrash qo’zg’atuvchisi bor ikki barabanli katokdan foydalaniladi. Tebranma katok linoleum yuzasida qo’l bilan siljitiladi va soatiga 100...200m 2 linoleumni tekislaydi. Nazorat uchun savollar 1.Suvoq agregatlari o’aerlarda ishlatiladi?2.Suvoq agregatlari qaysi detal yoki uzellardan tashkil topgan?3.Suvoq agregatlari qanday boshqariladi?4.Pol mashinalari o’aerlarda ishlatiladi?5.Yuzani titrovchi reykada ishlish qanday bajariladi?6.Beton pollrani silliqlovchi mashinalar ishchi qismiga ko’ra qanday turlaribor?7.Tekislash va birlamchi ishlov berish qanday bajariladi?8.Pollaroning notekis joylarini yo’nish uchun qaysi turdagi mashinalardan foydalaniladi?9.Parket va taxtadan qilingan pollarni silliqlashda qaysi mashinalar ishlatiladi?10.Ko’chma shpaklyovka qiliuvchi agregatlar nima ish bajaradi? Foydalanilgan adabiyotlar ruyxati. 1. Asosiy adabiyotlar 1. R. J. Tojiev qurilish mashinalari, T.: «O’zbekiston», 2001 y. 2. Akbarov. A. A. qurilish mashinalari -T.: «O’qituvchi», 1992 y. 3. Stroitelьno’e mashino’ pod red. prof. Volkova D. P. dlya promishlennogo i grajdanskogo stroitelьstvo, M.: Vo’s. shkola, 1988 g. 4. Sulaymanov I. Mashina detallari -T.: «O’qituvchi», 1985 y. 5. Neelov V. A. qurilish montaj ishlari -T.: «O’qituvchi», 1989 y. 6. Dovidboev B. Ko’tarish - tashish mashinalari -T.: «O’qituvchi», 1989 y. 1. qo’shimcha adabiyotlar. 1. Kagramanov R.A. Montaj sborno’x mnogoetajno’x grajdanskix i promo’shlenno’x zdaniy -M.: «Stroyizdat», 1987 g. 2. Ataev S.S., Danilov N.N. Texnologiya stroitelьnogo proizvodstva - M.: Stroyizdat, 1985 g. 3. Zablonskiy I. CH. Detali mashin - Kiev, Vo’s. shkola, 1985 g. 149 4. Afonin I. A., Yefstratov G. I. Texnologiya i organizatsiya montajno’x rabot - M.: Vo’s. shkola, 1986 g. 5. SHreyber A. K Organizatsiya i planirovanie stroitelьnogo proizvodstva -M.: Vo’s. shkola, 1987 g. 6. qurilish mashinalari fanidan tajriba ishlarini bajarish uchun uslubiy ko’rsatma,T.: O’qituvchi, 1993 y. 7. R.J. Tojiev. qurilish mashinalari Toshkent «O’zbekiston» - 2000 y. 8. A. O. Fidelev, Yu. F. CHubuk Stroitelьno’e mashino’, izdanie chetvertoe. Kiev, Vo’sxaya shkola - 1979 g. 9. Bauman V.A. Stroitelьno’e mashino’ spravochnik v 2-x tomax 4 - izdanie. Moskva «Mashinostroenie» - 1976 g. 10. Tojiev R.J., Tursunmurodov K.T., Metodicheskie ukazaniya po kursu Stroitelьno’e mashino’, Fergana – 1989 g. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling