O’quv fanining maqsadi:
O’quv fanining vazifalari:
Fanning vazifasi-talabalarga 4-semestrda Qurilish mashinalarini ishlash nazariyasi,
turlari va tuzilishini hamda malum Qurilish sharoitlari uchun ulardan munosiblarini tanlab
hisoblashga o’rgatishdan iborat.
Olingan bilimlarga asosan keyingi semestrda Qurilish jarayonlarini tashkil qilish uchun
mashina va mexanizmlarni tanlash va ish unumdorligini aniqlay olish vazifalari hal etiladi.
Fanning ilmiy, nazariy, hisoblash va amaliy qonunlari maruza, hisoblash-amaliy ishlar,
o’quv va texnikaviy adabiyotlar yordamida hamda mustaqil talim va mustaqil ish
jarayonlarida o’rganiladi.
«QURILISH MASHINALARI. QURILISH JARAYONLARI TEXNOLOGIYASI» o’quv
fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr
«QURILISH MASHINALARI» bolimidan:
- mashina detallarini, asosiy umumqurilish ishlarida qo’llaniladigan Qurilish mashinalarini
umumiy tuzilishi, mexanizm va moslamalarni ishlash printsiplari, qo’llanish sohalarini
bilishi kerak;
Fan bo’yicha talabaning malakasiga qo’yiladigan talablar
- talaba Qurilish mashinalarini asosiy ko’rsatkichlarini hisobi; ish unumdorligini
hisoblash; texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarni taqqoslash; Qurilish montaj ishlarini bajarish
uchun eng kam sarf mashina va mexanizmlarni tanlash; Qurilish mashinalarini bajarish
loyihalarini bajarishda Qurilish mashinalarini joylashtirish ko’nikmalariga ega bo’lishi
kerak;
- talaba ishlab chiqarilayotgan va ishlatilayotgan Qurilish mashinalarini texnik-iqtisodiy va
konstruktiv tahlil qilish; ularni aniq Qurilish-montaj ishlari sharoitlarida samarali ishlatish;
Qurilish mashinalarining oqilona ko’rsatkichlari va ish rejimlarini belgilash; Qurilish
mashinalarini turli yuklash mashinalari bilan birgalikda ishlatish; Qurilish-montaj ishlari
mashinalari tizimini loyihalash malakalariga ega bo’lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |