Qurilish ko’targichlari. Bunday mashinalar bilan yuklar tik xolda yoki kishilar,
kishilarni tashuvchi liftlar orqali bikr maxkamlangan yo’nalish bo’yicha xarakatlanadi.
Qurilish kranlari. Murakkabroq va universal yuk ko’taruvchi mashinalar bo’lib,
donador
materiallar,
qurilish
konstruktsiyalari,
texnologik
jixozlar
va boshqa
konstruktsiyalarni, konfiguratsiyalarni siljitish uchun ishlatiladi.
Ular o’z navbatida konsolli (strelali) yoki proletli, bir joyda turuvchi (statsionar) yoki
xarakatdagi (o’z navbatida ishlab-chiqarish ko’rsatgichiga ega bo’lgan) bo’ladi.
Konsolli kranlar: ko’prikli, eshkakli, kabelli kranlar bo’lishi mumkin. Bir joyda turib
ishlovchi (statsionar) kranlar yuklarni o’z o’qi atrofida aylanib qulochi kengligi bilan uzatib
beradi. Davtexnazorat qoidalariga asosan kranlarni ishlab-chiqarish tartibi yengil, o’rta va
og’ir bo’ladi.
O’z o’qi atrofida aylanuvchi minorali strelali kranlar temir izli yo’llar bo’yicha
xarakatlanadi va yukni uchburchak shakli bo’yicha o’z zonasiga uzatib beradi. Minorani
borligi yirik xajmli konstruktsiyalarni yuqoriga ko’tarish va montaj etish imkonini beradi.
O’zi yurar strelali kranlar (avtomobilь, damlanma g’ildirakli, zanjirli, maxsus shassili
avtomobilь kranlari, traktorli kranlar va x.k.) yer ustida xaraktlanib, ular xar qanday shaklga
ega bo’lgan maydonlarda xam ishlay oladi. Prolyotli (eshkakli va ko’prikli) kranlar maxsus
kran osti temir izlari ustida xarakatlanib, ular to’g’ri turtburchak shakliga ega bo’lgan
zonalarda xizmat qila oladi. Kabelli kranlar yuklarni sim arqonlarni yo’nalishi bo’ylab (sim
arqonlar ikkita tayanch oralig’iga tortilgan bo’ladi) xarakatlanib yuklarni uzatib beradi. Ularni
xizmat doirasi sektor yoki to’g’ri burchak qo’rinishida bo’ladi. Bir xil tipdagi kranlarni
mexanizmlari asosan: yukni ko’taruvchi mexanizm, yuk lebedkasini o’z qismiga kirituvchi
mexanizm, moslamalar, yuk ushlaguvchi qism; kran xarakati mexanizmi yoki uni biror bir
qismi;
burilishni
ta’minlovchi
mexanizm;
qulochini
o’zgarishini
ta’minlovchi
mexanizmlardan iborat bo’ladi. Kran mexanizmlari uzatmalari uchun ichki yonuv dvigateli,
gidravlikli, elektr dvigatelli (domiy va o’zgaruvchan kuchlanishli elektr manbai asosida
ishlovchi) bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |