Ушбу ы=ув =ылланма в 5140900 касб таълим (бинолар ва иншоотлар =урилиши) йыналиши быйича билим олаётган талабалар, 3-йиллик ма


 O’zi yurar strelali. Eshkakli, ko’prikli va kabelli


Download 3.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/180
Sana10.11.2023
Hajmi3.89 Mb.
#1764660
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   180
Bog'liq
Qurilish mashinalari.Qurilish jarayonlari texnologiyasi-maruza-1585404135

3. 5. O’zi yurar strelali. Eshkakli, ko’prikli va kabelli 
kranlar. 
O’zi yurar strelali kranlar qurilish montaj, yuklash-
tushirish ishlarida foydalaniladi. Ularni yaxshiligi
uzatmalarni aloxida ekanligi. Bu unga bir joydan ikkinchi joyga ko’chirishda keng imkoniyat 
yaratadi. 
Yuritish moslamalariga qarab: avtomobil kranlari, damlanuvchi g’ildirakli, maxsus 
avtomobillar shassisiga o’rnatilgan, zanjirli, qisqa shassili, traktorlar va pritseplarga 
o’rnatilgan bo’ladi. Uzatmalariga qarab bir yoki ko’p motorli bo’ladi. Ko’p motorli kranlar 
dizelь yoqilg’ili, elektrli, dizelь-elektrli, gidravlik, va umumlashgan bo’ladi. 
Xizmati va strela jixozlariga qarab: strela uzunligi o’zgarmaydigan va o’zgarib 
turuvchi, teleskopli talablarda ishlab chiqariladi. Masalan MKG-25BR-zanjirli montaj krani, 
minoraligacha bo’ladi, strela jixozlari va zanjirli xarakatga ega, yuk ko’tarish chegarasi 25 t. 
Avtomobilь kranlariAvtomobilь kranlarining yuk ko’taruvchanligi 4; 6,3; 10; 16 t 
bo’ladi. Ular ikki yoki uch o’qli avtomobil shassisiga o’rnatiladi. Ularni barcha uzatmalari 
dvigatelь orqali boshqariladi. Uzatish moslamalariga qarab: mexanik, gidravlik, elektrli 
bo’ladi. Yukni ko’tarilish balandligi, og’irligiga qarab yordamchi oyoqchalar va ularsiz ishlay 
oladigan ko’rinishda tayyorlanadi (3.12-rasm). 
Asosiy streladan tashqari kranlarga: yordamchi qo’shiluvchi strelalar, gusьka strela, 
minora strelali, shuningdek suyuqlik bilan ishlovchi kranlar: 
3. 11-rasm. Yuk momenti 10000 
kNm li maxsus montaj krani 
a)kran sxemasi; b) yuk ko’tarish va 
ilmoqni ko’tarilish balandligi grafigi


93 
teleskopli suriluvchi strelali qismlar qo’shimcha 
o’rnatilishi mumkin. 
Mexanik 
uzatmalarda 
xarakat 
oraliq 
uzatmalari sistemasi orqali ishchi mexanizmlarga
uzatiladi. SHu sababli kranning ishchi xarakati 
tezligi 
uzatmalar korobkasi va dvigatelning aylanish 
tezligi 
orqali 
sozlanib 
turiladi. 
Mexanizmlarni 
boshqarish 
(mufta, 
to’xtatish moslamasi) xavo sistemasi orqali 
(dvigateldan xarakat oluvchi xavo kompressori yordamida) tartibga solinadi. Bundan tashqari 
gidravlik tarzda ishlovchi teleskopik strelali kranlar xam ishlatiladi. 
Asosiy ish jixozlaridan biri teleskopik strela ( 1 ) bo’lib, xarakatlanuvchi va 
xarakatlanmaydigan sektsiyalardan iborat bo’ladi. 
Xarakatlanuvchi sektsiya gidrotsilindr (2) yordamida ikki tomonlama ta’sir etish 
bilan amalga oshiriladi. Strelaning qulochini olish masofasini orttirish maqsadida 
qo’shimcha strelacha (gusьka) ulanadi. 
Strelaning qiyaligi burchagi ikkita paralel ta’sir etuvchi gidrotsilindr (3) orqali 
bajariladi. 
Yukni ko’tarish va tushirish yuk lebedkasi bilan bajarilib, u gidromo-tordan (10), 
reduktor (8), baraban (9) va me’yoriy yopiq to’xtatgichdan iboratdir. Aylanish mexanizmi 
( 7 ) , gidromotordan (6) reduktor ( 4 ) , valning chiquv qismiga o’rnatilgan shesternyadan 
iborat. Burilish mexanizmini ushlab turish, to’xtatgich (5) (tormoz) orqali bajariladi. 
Gidravlik xaydagich (11) xarakati avtomobilь dvigatelidan (14 uzatilib, uzatmalar 
korobkasi (13) va quvvatini saralovchi (tanlab-belgilovchi) reduktor orqali (12) amalga 
oshiriladi. Uzatmalar sistemasi va uni boshqarishda qo’shma jarayonlarga ruxsat: yukni 
ko’tarish va tushirish, strelani ko’tarish va tushirish oqali, platformani burilishi bilan, 
teleskopik strelaning sektsiyalarini chiqishi va kirishi; strelani ko’tarish va tushirish; kran 
sektsiyalarini kirishi va chiqishi platformani burilishi bilan; platforma burilishi strelaning 
sektsiyalarini chiqishi va qaytishi bilan ruxsatnomalar asosida boshqariladi. 

Download 3.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling