Qurilish kranlarining texnik qarovini tashkil etish. qurilish kranlarining xavfsiz ishlashi
va uning sifati, tayyorlanishi, turg’unlik xolatini «SHaxartexnazorati» boshqarmasi tomonidan
tekshirib turiladi. Yuk ko’taruvchi mashinalarning karovi, xavfsiz ishlash sharoitini yaratish, yuk
ko’taruvchi moslamalarni ishchi xolatida bo’lishligi, qurilish tashkilotining raxbariga va yuk
ko’taruvchi mashinanig xavfsiz ishlashi karoviga javob beruvchi tashkilot tomonidan buyruq
asosida biriktirilgan muxandis-texnik zimmasiga yuklatiladi. Ularni majbug’iyatlariga: texnik
xolatiga qarov, yuk ko’taruvchi mashinanig xavfsiz ishlashi, yuk ko’taruvchi moslamalarni,
kranning yurish izlari, ulash-ajratishni talab darajasida bo’lishi, kranning texnik ko’rigidan va uni
ishga ruxsatnomasini ko’rib chiqish kerik, texnik qarov, ta’mirlash, yuk ko’tarish moslamalarini
texnik ruxsatnomasi va boshqa ishlar, shuningdek, attestatsiya va ularni bilimini sinash,
ta’mirlovchi mutaxassislarni sinov ishlarida qatnashib borishi, qurilish kranlarini ishga ruxsat
berilishiga qadar, ular «SHaxartexnazorat» boshqarmasidan ruyxatdan o’tgan bo’lishi kerak
Asosan uch yilda bir marta texnik ko’rigidan o’tkazib turiladi. Kranning statik tekshirish asosan
uni yuk ko’tarishi (yuk ko’tarish qobiliyatidan 25% yukni ko’proq) bilan tekshiriladi.
Texnik ko’rikdan o’tgandan so’ng, ishlash uchun ruxsatnoma beriladi.
Qurilish kranlarini ko’chirish. O’z navbatida: demontaj, olib borish belgilangan joyga
montaj (temir izli bo’lsa, kran osti yo’lini o’rnatish, elektr o’tqazuvchanlikni ximoya etuvchi
(zazemleniya) moslama) sinash ishlari, ish sharoitiga topshirish. Kranlarni ko’chirish ularni
turiga, konstruktsiyasiga, transport turiga, yo’l sifatiga bog’liq ravishda vaqt talab etadi.
Ko’chirish: o’zining yuritish moslamasi va o’z xarakati bilan, og’ir yuk tashuvchi
transportlar, tortib borish, shatakka olish, avtotransport, temir-yo’l tranporti bilan amalga
oshiriladi. Avtomobilь kranlari o’z xarakat yo’nalishi (masofasi 150 km gacha) bilan, temir yo’l
vagonlarida qisman qismlarga ajratib yoki ajratmasdan tashiladi. SHatakka olinganda kranni
tashqi xajmiy o’lchamlari eni va balandligi bo’yicha — 4,2 m dan, uzunligi 28 m dan oshmasligi
kerak kranni to’xtatish moslamasi, shatakchining to’xtatish moslamasiga ulangan bo’lishi kerak.
Zanjirli kranlar (masofasi 10 km gacha) uz xarakati yo’nalishi bilan, og’ir yuk
tashuvchi va temir yo’l transportlari orqali bajariladi. Agar yuk ko’tarish qobiliyati 20 t gacha
bo’lsa, temir yo’l vagonlarida tashilganda qismlarga ajratilmaydi. Minorali kranlar ikki usulda:
yengil va o’rta modeldagilar yig’ilgan, taxlangan qurinishda qismlarga ajratilmasdan; og’ir
modelli bo’lganlar yirik elementlarga ajratib tashiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |