Ушбу ы=ув =ылланма в 5140900 касб таълим (бинолар ва иншоотлар =урилиши) йыналиши быйича билим олаётган талабалар, 3-йиллик ма
Download 3.89 Mb. Pdf ko'rish
|
Qurilish mashinalari.Qurilish jarayonlari texnologiyasi-maruza-1585404135
Minorali kranlarni montaji. Montaj boshlanishiga qadar barcha kompleks ishlar
bajariladi: kran osti izlarini yotqizish, elektr ximoya moslamasini o’rnatish, montaj moslamasini tekshirish, yer osti suvlar yoki sizot suvlaridan ximoya etish, kran osti izlarini qum-shag’al bilan 101 zichlash va xokazo ishlar. Montaj usuli kranning konstruktsiyasiga bog’liq. Montaj maxsus yig’ish uslubiy ko’rsatmasiga asoslanib, montaj va tekshirish xar bir kran uchun yozilgan pasportga qarab bajariladi. Bir xil tipdagi kranlar uchun ish jarayonlari: aylanma platformali kranlar yordamchi strelali kranlar va o’zidagi mexanizm moslamalari yordamida yig’ishtirilgan minora va strelani yuqoriga ko’tarish bilan boshlanadi (3.20-rasm). Bunday kranlar, qurilish maydonchalariga avtomobilь shatakchilar, tortiluvchi aravachalarda, yig’ishtirilgan xolatda, lekin minorani sektsiyalarga ajratib olish bilan, strelani bosh qismi, kabina va muvozanat yuklarini olish bilan tashiladi. SHatakchi uziga yuklangan kran bilan relьs izi bo’ylab yuradi, to’xtaydi. Sung strelali kran yordamida minora eshkaklarga tushiriladi, shunda shatakchi va tortib yuriladigan aravacha olib tashlanadi. Kran ustiga kabina va muvozanat yuki o’rnatiladi. Srelali lebedka yordamida minora ko’tariladi. Yuk lebedkasi yordamida minora tiklanadi. Buning uchun minoraning oraliq sektsiyasi sirg’aluvchi qolip yordamida birlashtiriladi va oraliq sektsiya bilan birga yuqoriga ko’tariladi va minorani flants bilan kiydirib birlashtiriladi. Keyingi bosqich shu kabi bajariladi. 3. 20-rasm. Minorali kranlarning montaj qilish sxemasi. a) montaj boshlanishi; b) minorani strela bilan birga ko’tarish; v) minorani o’stirish. Nazorat uchun savollar 1. Domkratlar, lebedka va tallar, ulardan foydalnish soxasi. Kerakli yukni ko’tarishdagi xisob. 2. Sim arqonlar barabani sim arkonni qabul qilish xajmi, to’xtatish moslamasi, yuk dvigatelь quvvatini bog’lanishini tavsiflang. 3. qurilish ko’targichlari nima, ularni ishlatilish doirasi, sxemasini keltiring. 4. Asosiy turdagi minorali kranlarning konstruktiv sxemasi, ularni parametrlari, ishlatilishi, shuningdek ulardagi mexanizmlar yordamida kran xarakatini izoxlab bering. 5. Strelali o’zi yurar kranlar, ularni o’rnatilish sxemasi, foydalanish chegarasi, ish sharoiti. 102 6. Eshkakli, ko’prikli, kabelli kranlar, ularni o’rnatish sxemasi, foydalanish chegarasini ayting. 7. Yuk ko’taruvchi kranlarning xavfsizlik bilan ishlashida va o’rnatilishida "SHaxartexnazorat" boshqarmasining talablari va yuk ko’taruvchi mashinalarni ishga chiqarish qoidalari. 8. Yuk ko’taruvchi mashinalarning ish unumdorligini xisoblash formulasi va mexnat unumdorligini oshirish usullarini ko’rsatib bering. Download 3.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling