Ушбу ы=ув =ылланма в 5140900 касб таълим (бинолар ва иншоотлар =урилиши) йыналиши быйича билим олаётган талабалар, 3-йиллик ма
Download 3.89 Mb. Pdf ko'rish
|
Qurilish mashinalari.Qurilish jarayonlari texnologiyasi-maruza-1585404135
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5. Ekskavatorlar Tayanch so’z iboralar
- 4. 1. Yer ishlarini bajaruvchi mashinalar xaqida umumiy ma’lumotlar.
YER ISHLARI UCHUN MASHINALAR
Reja: 1. Er ishlarini bajaruvchi mashinalar xaqida umumiy ma’lumotlar 2. Mashinalarning er qazuvchi qismlari va ularning grunt bilan o’zaro ta’siri 3. Gruntlarni zichlovchi mashinalar 4. Quduq qazuvchi mashinalar va jixozlar 5. Ekskavatorlar Tayanch so’z iboralar Qazish, tekislash, cho’michlar,ekskavator, bir cho’michli ekskavatorlar, to’g’ri cho’michli ekskavator, gidromonitorlar, qazuvchi-kran mashinalar, zichlash g’ildiragi, silliq yuzali zichlovchi g’o’lachalar, tirsakli zichlash moslamasi, titratuvchi g’ildirakli zichlash mashinalari 4. 1. Yer ishlarini bajaruvchi mashinalar xaqida umumiy ma’lumotlar. Er ishlari muxandislik inshootlari qurilishining asosiy qismi bo’lib xisoblanadi. qurilishda bajariladigan yer ishlariga: yer va xandaklarni suv inshootlari kanallarini qazish, yerni tekislash va to’siq dambalarni xosil qilishda, turli xildagi yer osti inshootlarida yogox usuldagi o’tish joylari shaxta va tunnel ishlarini bajarishda, temir yo’l va avtomobil yo’llari ostidan o’tuvchi quvurlar uchun zovurlarsiz teshik ostida, gorizontal, tik yo’nalgan va qiya xoldagi quduqlarni xosil qilishda, ustun qoziqlarni zich tuproq qatlamlariga o’rnatishda, portlovchi moddalarni ko’mishda, tuproqlarni yumshatish va zichlashda, muzlagan yerlarni kesish va tashishda mexanizmlar yordamida bajariladigan barcha ishlar kiradi. Yer inshootlarini bajarilish tavsifiga, ketma-ketligiga tarkibiy jarayonlariga qarab: qazish va tekislash ishlariga bo’lish mumkin. Qazish - maqsadga yo’naltirilgan joydagi ortiqcha tuproqni ma’lum bir oraliq masofaga chiqarib tashlash. Tekislash - qazilgan, to’plangan yoki ortiqcha tuproqni ma’lum bir kerakli joylarga to’plash yoki uni yoyish tushuniladi. 103 Tekislash katta xajmdagi massiv gruntlarni yumshatish natijasida amalga oshiriladi. qazishda xosil bo’lgan grunt maydonning bir chetiga to’kilma xolida jamlanadi. Agar yer ishlari qazish va tekislash ishlari bilan birgalikda bajarilsa, u xolda (misol uchun yo’l qurilishida) «to’kilma» tuproq, tekislash ishlari uchun xam ishlatiladi. Yerlarni tekislash ishlari gruntni qavatma-qavat zichlash ishlari bilan birgalikda olib boriladi, umuman xar ikkisi xam maydonlarni qurilish inshootlariga tayyorlash ya’ni tekislash ishlariga kiradi. Maydonlarni tekislash planirovka ishlarida grunt o’nqirlari olinadi, chuqurliklari tekislanadi. Bunday jarayonlar ko’proq karьerlarda (qum, tosh va x.k.) qurilish materiallarini ochiq usulda qazib olishda bajariladi. Qazish ishlaridagi (qazilma) chuqur joy, qazib olingan tuproqni to’plangan joy (to’kilma)lari, muxandislik inshootlari xisoblanmaydi. Balki maydonni planirovkasi (sozlab tekislash), qazilgan joyni tubini tekislash, mashina va mexanizmlarni xarakati uchun qulaylik yaratish madsadida, poydevorlarni erkin xolda o’rnatilishi uchun zamin yaratishdan iboratdir. Katta xajmdagi massiv gruntlarni kesib-qirqib olish asosiy jarayon xisoblanadi. qurilishda bajariladigan yer ishlarining deyarli barchasi (umumiy yer ishlari xajmining 85%) mexanik usulda ta’sir etilib, qirqiladi va yumshatiladi. qattiq tog’ jinsi gruntlari portlatish natijasida bajariladi. Qazish ishlarining 12% yaqini yuqori bosim ostida ta’sir etuvchi suv oqimi bilan mexanik usulda bajariladi. Bunday jarayonlarda asosan katta xajmdan massiv gruntlarga ishlov beriladi. Sarflangan energiya miqdori o’rtacha 0,15…2,0 kVt s m 3 atrofida bo’ladi. SHu usullarda ish bajaruvchi mashinalarning ishchi qismlari asosan qattiq gruntlarni oldindan bo’lakchalarga bo’lib, yumshatish uchun mo’ljallangan bo’ladi. Boshqa xollarda mashinaning ishchi qismlari surish, to’plash, tekislash uchun «to’kilma», «olinma», «qazilma» ishlariga va yuklash-tushirish jarayonlariga moslashtirilgan bo’ladi. Grunt to’plangan joy mashinaning ishchi qismlari yoki mashinaning to’la xarakati bilan amalga oshiriladi. Yer qazuvchi uzluksiz ishlovchi transport tasmalari yordamida bajariladi. Gidromexanik usulda esa xosil bo’lgan grunt (loyqa) ma’lum bir joydan olib tashdanadi. Portlatish usulida, grunt kuchli portlatish gazi yordamida chetki qismlarga uloqtirib tashlanadi. Gruntlarni zichlash, mayda bo’lakchalarni qavatma-qavat zichlash xisobiga amalga oshiriladi. Bunda ularni xajmi sezilarli darajada ozayadi. qurilish ob’ektlarida yer ishlari asosan boshqa jarayonlarga nisbatan oldinroq bajariladi. Ko’p xollarda bu ishlar yer qazib tashish mashinalari yordamida bajariladi. Bunday ishlar tayyorgarlik ishlari deb nomlanadi. Er ishlari uchun mashinalar vazifasi, ish rejimi, xarakat ko’rsatkichlari va boshqa parametrlariga qarab sinflarga ajratiladi. Ba’zi bir yer ishlarini bajaruvchi mashinalarni ishchi qismlari almashtiriladigan tarzda ishlab chiqariladi. Ya’ni tezda boshqa ishlar uchun moslashib bajara oladigan «universal» turlari mavjudki, samarali ish bajaruvchanligini oshiradi. Ular asosan quyidagi: yer qazib va suruvchi (bir va ko’p cho’michli ekskavatorlar), yer qazib-tashuvchi va zichlovchi (bulьdozer, skreper, greyder, greyder-elevator), tayyorgarlik ishlarini bajaruvchi, tuproqni zichlovchi, yer quduqlari qazuvchi, muzlagan yerlarni yumshatuvchi, portlatuvchi, gidromexanik usulda ishlov beruvchi, shuningdek maxsus sharoitlarda ishlovchi turlarga bo’linadi. Ish rejimiga qarab: uzlukli va uzluksiz ishlovchi turlarga bo’linadi. Uzluksiz ish bajaruvchi mashinalarga: ko’p cho’michli ekskavatorlar, ba’zi bir yer qazib- tashuvchi mashinalar, gidromexanik usulda ishlovchi va maxsus sharoitlarda ish bajaruvchi ba’zi bir mashinalarni ko’rsatish mumkin. qolgan mashinalarning deyarli barchasi uzlukli ravishda ish bajaradi. 104 Xarakatlanish ko’rsatkichlariga qarab: o’zi yurar, yoki pritsepli talabda ishlab chiqariladi. Pritsepli (shatakka oluvchi) mashinalar qurilish maydonlarida uzoq muddat bilan ish bajaradi. Bir joydan ikkinchi joyga ko’chirish ortiqcha sarflarga sabab bo’ladi. Download 3.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling