Ушбу ы=ув =ылланма в 5140900 касб таълим (бинолар ва иншоотлар =урилиши) йыналиши быйича билим олаётган талабалар, 3-йиллик ма
Download 3.89 Mb. Pdf ko'rish
|
Qurilish mashinalari.Qurilish jarayonlari texnologiyasi-maruza-1585404135
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bir cho’michli ekskavatorlar
4. 3. Ekskavatorlar
Ekskavator - yer qazuvchi mashina bo’lib, o’zining ishchi qismlari yordamida gruntni massivdan kesib olib qulochi yetadigan masofa chegarasidagi "to’kilma" yoki transport vositasiga yetkazib beruvchi mashinaga aytiladi. Ekskavatorlar bir yoki bir necha cho’michli bo’ladi. Bitta cho’mich bilan jixozlansa bir cho’michli va bir necha cho’mich bilan jixozlansa, ko’p cho’michli ekskavatorlar deyiladi. Bir cho’michli ekskavatorlar. Bunday ekskavatorlarni ish bajarish jarayoni birin-ketin amalga oshiriladigan jarayonlardan: katta xajmdagi massivdan gruntni ajratib olish, cho’michlarni to’ldirish, grunt bilan to’lgan cho’michni "to’kilma" joyiga olib borish, gruntni cho’michdan tushirish va ishchi qismning dastlabki xolatiga qaytarish kabilar xisoblanadi. Bu jarayonlarning barchasi ekskavatorning bir ish tsiklini tashkil etadi. SHuning uchun xam bir cho’michli ekskavatorlarni uzlukli (davriy) xarakat qiluvchi mashinalar turiga kiritiladi. Bir cho’michli ekskavatorlar vazifasiga qarab: qurilish ekskavatorlari (er ishlarini xamda sochiluvchi materiallarni yuklash-tushirish ishlarini bajarishda ishlatiladi), qurilish-karьer ekskavatorlari (qurilish ekskavatorlari ishini bajaradi xamda ochiq xolda qurilish materiallari va foydali qazilmalar qazib olishda foydalaniladi), karьer ekskavatorlari (karьerdagi bajariladigan jarayonlarda foydalaniladi), ochuvchi ekskavatorlar (gruntni ustki sirtini oladi va karьerni yuza qismini ochishda ishlatiladi), tunnelь va shaxta ekskavatorlari (er osti inshootlarini qurishda, xamda foydali qazilmalar qazishda ishlatiladi. Bir cho’michli ekskavatorlar to’g’ri va teskari cho’michli ishchi qismlar yordamida o’zidan yuqoridagi (8) va postdagi (9) gruntga ishlov beradi (4.6-rasm). 1-kabina; 2-burilish platformasi; 3-tayanch burilish qurilmasi; 4-yurish qismi; 5- pastki rama; 6-muvozanatlovchi yuk; 7-kuch qurilmasi; 8-ekskavator satxidan balanddagi grunt; 9-ekskavator satxidan pastdagi grunt; 10-greyfer; 11-tekislagich; 12-draglayn. Ekskavatorning ishlash doirasini kengaytirish maqsadida qo’shimcha ishchi qurilmalardan foydalaniladi. Ekskavatorlarga jami 40 turdagi almashinuvchi ishchi qismlar o’rnatish mumkin. Bir cho’michli ekskavatorlar ishchi qismi bajaradigan ishiga ko’ra faqatgina bitta cho’michdan yoki komplekt ishchi qismlardan iborat bo’lishi mumkin. Birinchi xolatdagi ekskavatorlar maxsus, ikkinchi xolatdagi esa universal xisoblanadi. 4.6.-rasm. Bir cho’michli ekskavatorning baza qismi va uning almashinuvchi ishchi qismlari 6 5 108 Bir cho’michli ekskavatorlar ishchi qurilmalari ijrosi bo’yicha xam farqlanadi. Ular mashina bazasi bilan va o’zaro sharnirli yoki faqat arqonlar bilan bikr bog’langan bo’lishi mumkin. Odatda gidravlik ekskavatorlarni ishchi qurilmalari sharnirlar orqali qismlarga bo’lingan bo’ladi. Bir cho’michli ekskavatorlar qurilish maydoni chegarasida xarakatlanuvchi o’ziyurar variantda xam ishlab chiqariladi. Ekskavatorlarni manyovrchanligini oshirish uchun pnevmog’ildirakli va avtomobilь yoki traktor shassisiga o’rnatilgan xolda ishlab chiqariladi. Karьer ekskavatorlarni faqatgina gusenitsali yurish qismi bilan ishlab chiqariladi. Buriluvchi qismga ko’ra ekskavatorlar to’la buriluvchi va qisman buriluvchi turlarga bo’linadi. Faqatgina pnevmog’ildirakli traktorlar bazasidagi ekskavatorlar qisman buriladi, barcha gusenitsali ekskvatorlar esa to’liq buriladi. O’rnatilgan dvigatellar soniga ko’ra ekskavatorlar bir motorli va ko’p motorli bo’lishi mumkin. Ko’p motorli ekskavatorlar asosan karьerlarda ishlatiladi. Bir cho’michli ekskavatorlarning eng asosiy ko’rsatkichi cho’mich sig’imi bo’lib, u mashinani ish unumdorligini belgilaydi. Ekskvatorlar cho’mich xajmi bo’yicha quyidagi guruxlarga bo’lingan. 109 O’lcham guruxi 1 2 3 4 5 6 7 8 CHo’mich xajmi 0,15 0,25 0,4 0,65 1,0 1,6 2,5 4,0 Bir cho’michli ekskavatorlar EO xarfi bilan belgilanadi, ya’ni EO-ekskavator universal, bir cho’michli. So’ngra 4 ta raqam yoziladi va ular ekskavatorning o’lcham guruxini, yurish qurilmasi turini, shu turdagi modelning tartib raqami xamda ijrosini bildiradi. Ekskavatorni yurish qurilmasini belgilash uchun quyidagilar qabul qilingan. 1-gusenitsali; 2-tayanch yuzasi kengaygan gusenitsali; 3- pnevmog’ildirakli; 4-avtomobilь tipidagi maxsus shassi; 5-yuk avtomobili shassisi; 6-traktor bazasida va xokazo. Ishchi qismni konstruktiv ijrosi bo’yicha: 1-po’lat arqonli ishchi qism; 2-po’lat arqonli ishchi qism qattiq maxkamlangan; 3-shuni o’zi teleskopik strela bilan. Misol uchun EO-4123, ekskavator bir cho’michli, universal; 4-cho’mich xajmi, m 3 ; 1-yurish qismi gusenitsali; 2-qattiq gidravlik osqichli; 3- modelь. Raqamlardan keyingi xarflar A, B, V va xokazo mashinaning modernizatsiyasini va maxsus iqlim belgisini bildiradi. (XL-shimoliy, T-tropik, TV-tropik nam). Ishchi qurilma qanday bo’lishidan qat’iy nazar, pnevmog’ildirakli ekska-vatorlardan tashqari barcha bir cho’michli ekskavatorlarning baza qismlarining tuzilishi bir xil. Ular pastki rama 5 (4.6-rasm), yurish qismi 4, burilish platformasi 2, kabina 1, kuch qurilmasi 7 va posangi 6 dan iborat. Burilish platformasi pastki ramaga tayanadi va tayanch burilish qurilmasi 3 orqali 360 o ga burila oladi. Download 3.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling