Ушбу ы=ув =ылланма в 5140900 касб таълим (бинолар ва иншоотлар =урилиши) йыналиши быйича билим олаётган талабалар, 3-йиллик ма
Download 3.89 Mb. Pdf ko'rish
|
Qurilish mashinalari.Qurilish jarayonlari texnologiyasi-maruza-1585404135
(S
S kr ) o’zgarmas qoladi. Bu kritik kesish chuqurligi deyiladi. Gruntga ishlov berishda kesishning kritik chuqurligini saqlash energiya sarfini kamaytiradi. Bu usa cho’michni boshqarish orqali sozlanadi. SHu sababli gruntga qatlamlar bo’yicha ishlov beriladi. Er qazish davrida kesuvchi ponaning ishchi qismlaridan foydalanish davomida abraziv muxit xosil bo’lishi natijasida ularni o’tkir kesuvchi qirralari yeyiladi va o’tmaslashadi. Natijada ponaning oldi va orqa tomonlari o’rtasida kesuvchi qirra o’rniga tsilindrik sirt xosil bo’ladi. Ana shunday o’tmaslashgan ishchi qism bilan gruntga ishlov berilganda pona uchida yeyilgan qismini to’ldiruvchi yadro 1 deb ataluvchi (4:4-rasm) grunt uyumi xosil bo’ladi. 4. 2. -rasm. Kesuvchi pona parametrlari. 4.3.-rasm. Grunt qirindisi shakllari. a) platik gruntdagi; b) sochiluvchan gruntdagi; v) ilashuvchan gruntdagi; g) kesuvchi pona o’tgandan keyingi gruntning ko’ndalang kesimi. 4. 4-rasm. O’tmaslashgan yer qazuvchi ishchi qismning grunt bilan o’zaro ta’siri 1-yadro; 2-grunt qismlari 106 Massivdan ajralayotgan grunt yadro shaklini egallab, pona bo’ylab yuqoriga xarakat qiladi. qirqilayotgan qatlam ostidagi grunt 2 zichlanadi. O’tkir va o’tmaslashgan yer qazuvchi ishchi qismlar ishini taqqoslab aytish mumkinki, o’tmaslashgan ishchi qismda gruntni zichlagani va grunt bilan zichlangan yadro o’rtasidagi ishqalinishni bartaraf qilish uchun qo’shimcha kuch talab qilinadi. Kesuvchi qirralarning yeyilishining oldini olish maqsadida ular qattiq yeyilishga chidamli qotishmalar bilan qoplanadi. Gruntni massivdan ajratib olish, ya’ni kesishdan keyin grunt siljiydi yoki ishchi qism yuzasi bo’ylab xarakat qiladi. Bu jarayonlarning yig’indisiga qazish deyiladi. qazishda ishchi qism grunt qarshiligi R 0 ni yengib, unga R kuch bilan ta’sir qiladi ( 4. 5-rasm ). Grunt qarshilik kuchi R 0 ning urinma tashkil qiluvchisi R 01 son jixatdan urinma qazish kuchi R 1 ga teng: R 01 k 1 bc, bu yerda: k 1 — proportsionallik koeffitsient bo’lib, gruntning qazishdagi Kesuvchi qism xarakat yo’nalishi solishtirma qarshiligi deyiladi, KPa; b va c - qirindi kengligi va qalinligi, m. k 1 ning qiymati gruntning fizik-mexanik xususiyatlariga ko’ra o’zgaradi. Turli gruntlarni qazishga bo’lgan qarshiliklarini xisobga olib ularni 8 xil kategoriyaga bo’lingan. Gruntni qazishga qarshilik kuchining me’yoriy tashkil etuvchisi: R 02 R 01 , bu yerda: - proportsionallik koeffitsienti. Masalan, bir cho’michli ekskavatorlar proportsionallik koeffitsienti, ya’ni bir jinsli gruntda ishlasa, 0,1...0,55 va bir jinsli bo’lmagan gruntlar uchun 1,5...2,0 bo’ladi. Gruntning qazishga qarshilik kuchini yon tomondan tashkil qiluvchi R 03 son jixatdan qazishning yon tomondagi kuchi R 3 ga teng. Bu kuch kesish kengligi bo’ylab grunt bir jinsli bo’lmaganda yoki qiyshiq kesishda yuzaga keladi. Yuqorida aytib o’tilgandek, yer qazish va transportirovka qilish ishchi qismlari yer qazish jarayoni talablarini qondirish kerak CHo’mich xajmi xisoblanayotganda grunt yumshashi natijasida xajmining ortishi xisobga olinishi kerak. Bu ko’rsatkich yumshatilish koeffitsient orqali xisobga olinadi. Otval ko’rinishdagi ishchi qismlarning yon tomondagi va otval ustidagi yordamchi jixozlari gruntni tabiiy qiyalik burchagini xisobga olgan xolda loyixalanadi. Bu burchak qiymati quruq gruntlar uchun 25...50° gacha. Gruntning namligi ortishi bilan bu ko’rsatgich 14...15° ni tashkil qiladi. Namligi yuqori bo’lgan gruntlarga ishlov berilganda, ular cho’mich yoki otvalga yopishib qolishi mumkin, bu ish unumdorliigini pasaytiradi. 4.5.-rasm. Yer ishchi qismning grunt bilan o’zaro ta’sir kuchlari sxemasi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling