Ушбу ы=ув =ылланма в 5140900 касб таълим (бинолар ва иншоотлар =урилиши) йыналиши быйича билим олаётган талабалар, 3-йиллик ма


Gorizontal skvajinalarni qazish uchun jixozlar


Download 3.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/180
Sana10.11.2023
Hajmi3.89 Mb.
#1764660
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   180
Bog'liq
Qurilish mashinalari.Qurilish jarayonlari texnologiyasi-maruza-1585404135

Gorizontal skvajinalarni qazish uchun jixozlar. Markaziy avtomobil yo’llari va 
temir yo’llarni ostki qismlarida turli xildagi muxandislik ishlarini bajarish va yer osti aloqa 
liniyalarini, elektr ta’minoti liniyalari, quvurlarni ikkinchi bir tomonga olib o’tishda 
gorizontal xolda teshikchalar ochish (qazish) talab etiladi. Boshlanish joylarida chuqurcha 
transheya qazib olinadi va ish bajarila boshlanadi. 
Bu teshikcha — transheyaning o’lchamlari asosan qazish jixozlarini bemalol 
o’rnatishiga imkon yaratishi kerak (4.34-rasm). 
Qazish ishlarini to’g’ri bajarilishini tekshirish maqsadida qarama-qarshi tomondan xam 
xuddi shunday chuqurlik tarnsheya qazib olinadi. Bu esa o’z navbatida quvurlarni, 
kabellarni tortib olish uchun xam qulaylik yaratadi. qazish davomida qazilgan joyga qadar 
quvur-koplama qoldirilib boriladi.
Barcha ishlar bajarilgandan so’ng bu quvur-koplama turli xildagi muxandislik 
kommunikatsiya ishlarini o’tkazish uchun xizmat qiladi. quvur-qoplama chuqurlik-
transheyada aylanuvchi (xarakatlanuvchi) tayanchlarga o’rnatiladi 11 va quvurni ichki 
qismiga vintli konveyer (10) joylatiriladi. Ular bir necha ayrim sektsiyalarni yig’indisidan:
kesuvchi bosimga (1) va quvur-koplamani tugashi oldidan chiqib turadigan zaburnikdan iborat. 
4. 34-rasm. Gruntga gidromonitorda ishlov berishning umumiy sxemasi 
1-suv manbai; 2-suv olish qurilmasi; 3-xaydagich stantsiyasi; 4-suv yo’li; 5-gidromonitor; 6-zaboy; 7-
pulьpa; 8-pulьpa yig’uvchi quduq; 9-pulьpa suruvchi qurilma; 10-grunt xaydagich; 11-pulьpaga oid 
quvur(yoki kanal); 12-pulьpani joylash uchastkasi(karta); 13-cho’kkan tuproq; 14-tingan suv; 15-
tingan suv uchun kuduq; 16-tingan suv oqimi. 


115 
Vintli konveyer valining oxirgi qismi kuch qurilmasi orqali aylanishni ( 6 ) uzatadi. 
Aylanish ichki yonish dvigatelь va mexanik uzatma va quvur qoplamani oxirgi qismiga 
maxkamlangan xomut (8) dan iborat. Bosim kuchi quvur qoplamaga dvigateldan o’tuvchi 
lebedka (5) orqali uzatiladi. U birgalikda o’rnatilgan rama (4) va moslama (3) shuningdek 
yakorga (2) maxkamlangan qo’zgalmas bloklardan iborat bo’lib, kovlab qo’yilgan qazilma-
transheyada qoladi. Teshikcha ochish mexanizmning qirquvchi boshqasini aylanma xarakati 
bilan bir vaqtda uzatiluvchi quvur-qoplamani xarakati orqali bajariladi. Kesuvchi pichoq boshchasi 
bilan qirqilgan tuproq vintli konveyerga tushib turadi, bu o’z navbatida quvur-qoplama orqali 
ochiq tomonga xarakatlanib, chuqurgacha gruntni to’kadi. U yerdan eksqavator yordamida 
yon atrofga yoki transportga yuklash uchun ortiladi. Kesim yuzasi diametri (1720 mm) katta 
bo’lgan teshikchalarni ochishda bosim kuchi gidravlik tsilindrlar yordamida bajarilib, ular 
chuqurchani devor qismiga o’rnatilgan ipga tayanadi. Sanoat asosan gorizontal qazish ishlarini 
bajaruvchi (teshikcha diametri quvur-qoplama bilan birgalikdagi) kesim yuzasi bo’yicha 
diametri 325...1720 mm va uzunligi 60 m gacha bo’lgan qurilmalarni ishlab chiqarmoqda. 
Texnik ochish tezligining eng yuqorisi 1,5...1,37 m

s bo’lib, o’z navbatida (diametrlari 630mm 
va 1720mm) kuchni uzatish quvvati o’zaro nisbatda 480...7200kN tashkil etadi. Bunday 
qurilmani ishlatilishi, qazib teshikchalar ochishda yer usti inshootlariga xech qanday zararsiz tarzda 
bo’lishligini ta’minlaydi. 

Download 3.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling