Ushbu kitob aqsh xalqaro taraqqiyot agentligi (usaid) orqali Amerika xalqining


  Maqsadli dasturlash Quyidagilarni bilib olasiz: •


Download 7.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/31
Sana30.10.2023
Hajmi7.14 Mb.
#1734351
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Bog'liq
8 SINF INFORMATIKA


Maqsadli dasturlash
Quyidagilarni bilib olasiz:
oʻzgaruvchilardan foydalanish;
translyatsiyani amalga oshirish;
sprayt libosini oʻzgartirish;
oʻyin fonini oʻzgartirish;
toʻqnashuvlarni aniqlash;
taymerdan foydalanish va kutish;
tasodifiy raqamlardan foydalanish.
Bu yangi amaliy koʻnikmalar nima ekani va qanday ishlatilishini bilib olsangiz, oʻyinni loyihalashda 
ular haqida fikrlay olasiz.
Boshlashdan avval
 
Quyidagilarni bilishingiz lozim:
Scratch yordamida oddiy dasturlar, jumladan, ketma-ketliklar, takrorlash va protseduralarni
yaratish;
dasturni ishlashiga amin boʻlish uchun muammolarni hal qilish;
dasturni rejalashtirish uchun blok-sxemalarni ishlatish va yaratishda tajribaga ega boʻlish.
Kirish
 
Kompyuter dasturlari yaratilishidan oldin rejalashtirilishi va loyihalashtirilishi kerak. Bu odatda 
Dasturni ishlab chiqish sikliga rioya qilgan holda amalga oshiriladi. Bu kompyuter dasturini 
rejalashtirish, loyihalash, yaratish, tekshirish va yaxshilashga imkon beruvchi tizimli amallar 
ketma-ketligidir.
Quyidagi sabablarga koʻra dasturlar birinchi navbatda rejalashtirilishi muhim:
dastur nimani bajarishini aniqlab olish;
uning ustida ishlayotgan jamoadagilarning barchasi talablarni toʻliq tushunganiga ishonch 
hosil qilish;
oʻyinni xohlovchilar (insonlar guruhi) uning funksiyalaridan mamnunligiga amin boʻlish.
Bu rejadan foydalanib dastur qanday ishlashini, masalan, blok-sxemalar yordamida loyihalash 
oʻrganiladi. Bu ishni boshlashdan oldin har qanday muammoni aniqlashga imkon beradi va buni 
yoʻl-yoʻlakay oʻylab topmayotganingizni bildiradi!
Dasturni yaratgandan keyin uning toʻliq ishlashi va biror muammosi yoʻqligini tekshirish zarur. 
Agar mijoz maʼlum dasturni ishlab chiqishni soʻragan boʻlsa, u nimani xohlayotgani haqida aniq 
tasavvurga ega bo„lish lozim. Chunki ular xohlagandek dastur yaratilmasa qilingan ishga haq 
toʻlanmasligi mumkin.

Download 7.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling