Ushbu kitobcha 6-sinf biologiya fanini mukammal o’rgatish maqsadida tuzib chiqildi


Download 189.23 Kb.
bet3/12
Sana18.11.2023
Hajmi189.23 Kb.
#1784023
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
6-sinf

III BOB. ILDIZ
63. Ildizga xos muhim xususiyatni belgilang.
A kurtak hosil qilmaydi B barg hosil qilmaydi
C gul hosil qilmaydi
D tuproq ostida joylashgan bo'ladi
64.O'simliklarda ildiz qanday vazifa(lar)ni bajaradi?
1)vegetativ ko'payishda ishtirok etadi 2)suv va unda erigan oziq moddalarni yer usti qismiga yetkazadi
3)oziq moddalar to'playdi
A 2 B 1,2 C 1,2,3 D 2,3
65. Ildizlar qaysi xususiyatiga ko'ra bir-biridan farq qiladi?
A shakli B o'lchami C tuzilishi D shakli va o'lchami
66.Ildizning kalta, uzun, ingichka yoki yo'g'on, yassi yoki yumaloq va boshqa shakllarda bo'lishi nimaga bg'liq?
A o'simlik yoshiga B shakli va o'lchamiga
C o'simlik turi va tuproq iqlim sharoitiga
D tashqi muhit sharoitiga
67.Yong'oq ildizlariga xos bo'lgan xususiyatni belgilang.
A asosiy ildizi 20-30m chuqurlikkacha yetadi
B yon ildizi yon atrofga 20-30 m gacha tarqaladi
C yon ildizi atrofga 25-30m gacha tarqaladi
D asosiy ildizi 25-30m chuqurlikkacha yetadi
68. Juzg'unga xos bo'lgan xususiyatlarni belgilang.
1)qumda o'sadi 2)sho'rlangan tuproqda o'sadi 3)ildizi juda uzun va ingichka 4)ildizi keng, uzun va baquvvat 5)ildizi asosan yon tomonga qarab o'sadi
6)ildizi asosan pastga qarab o'sadi
A 1,3,5 B 2,4,6 C 1,3,6 D 1,4,5
69. Juzg'unga xos bo'lmagan xususiyatlarni belgilang.
1)qumda o'sadi 2)sho'rlangan tuproqda o'sadi 3)ildizi juda uzun va ingichka 4)ildizi keng, uzun va baquvvat 5)ildizi asosan yon tomonga qarab o'sadi
6)ildizi asosan pastga qarab o'sadi
A 1,3,5 B 2,4,6 C 2,3,6 D 2,4,5
70.Yantoqning ildiziga xos bo'lgan xususiyatni belgilang.
A asosiy ildizi 20-30m chuqurlikkacha yetadi
B yon ildizi yon atrofga 20-30 m gacha tarqaladi
C yon ildizi atrofga 30m gacha tarqaladi
D asosiy ildizi 30m chuqurlikkacha yetadi
71. Ildizlar, odatda, … ildizlarga bo'linadi.
A popuk va o'q ildiz B asosiy va qo'shimcha
C asosin va yon D asosiy, qo'shimcha va yon
72. Murtakdagi boshlang'ich ildizning bevosita o'sishidan qaysi ildiz hosil bo'ladi?
A asosiy B o'q C yon D qo'shimcha
73. Asosiy ildizning shoxlanishi natijasida qaysi ildiz hosil bo'ladi?
A popuk B yon C qo'shimcha D o'q
74.Bir tup o'simlikning asosiy yon va qo'shimcha ildizlari yig'indisi nima deb ataladi?
A ildiz tizimi B ildiz sistemasi C o’qildiz D A va B
75. Ildiz tizimining o’lchami va tuzilishi nimalarga bog’liq?
1)o’simlik turiga 2)tuproq unumdorligiga 3)ildizning shoxlanishiga 4)qo’shimcha ildizlarga
A 1,2,3,4 B 1,3 C 1,3,4 D 1,2
76.Ildiz tizimining o`lchami va tuzilishi nima(lar)ga bog’liq?
1) suv va oziq bilan ta’minlanganligiga
2)ildizining shoxlanishiga 3)tashqi muhit omillariga 4)tuproq unumdorligiga 5) qo`shimcha ildizlarga 6) o`simliklar turiga
A1,3,4,6 B 2,3,4,5,6 C 2,3,4,6 D 2,4,5,6
77.Ildiz tizimi tuzilishiga ko’ra qanday guruhlarga bo’linadi?
A 2; o’q ildiz va popuk ildiz
B 3; asosiy, yon, qo’shimcha
C 5; asosiy, yon, qo’shimcha o’q ildiz va popuk ildiz
D ko’p; yo’g’on, ingichka, yassi yoki yumaloq, kalta uzun
78.Murtakdagi boshlang’ich ildiz rivojlanishi jarayonida o’sishda davom etsa,undan … ildiz hosil bo’ladi.
A asosiy B o'q C yon D qo'shimcha
79.O’q ildiz tizimi qaysi o’simliklar guruhiga xos?
A ikki pallali B bir pallali C ochiq urug’li
D qirqquloqlar
80. … ildiz tizimi uzun va yo’g’onroq bo’lib, undan yon ildizlar o’sib chiqadi.
A asosiy B o'q C yon D qo'shimcha
81. O’q ildiz tizimi xos bo’lgan ikki pallalilar sinfi vakillaridan madaniy bo’lmaganlarini belgilang.
1)terak 2)mosh 3)do’lana 4)olma 5)loviya 6)no’xat 7)g’o’za 8)saksovul 9)o’rik 10)nok 11)qovun 12)tarvuz 13)na’matak
A 8 B 1,8,13 C 3,8,13 D2,3,8
82. O’q ildiz tizimi xos bo’lgan ikki pallalilar sinfi vakillaridan madaniylarini belgilang.
1)terak 2)mosh 3)do’lana 4)olma 5)loviya 6)no’xat 7)g’o’za 8)saksovul 9)o’rik 10)nok 11)qovun 12)tarvuz 13)na’matak
A1,2,3,4,5,6,7,9,10,11,12,13 B 1,2,4,5,6,7,9,10,11,12
C 1,2,4,5,6,7,9,10,11,12,13 D 2,4,5,6,7,9,10,11,12
83.Oziq moddalarni to’plovchi ildizlar-ildizmevalarni hosil qiluvchilarni belgilang.
1)asosiy 2)o'q 3)yon 4)qo'shimcha
A faqat 1 B faqat 2 C 1,2 D 1,3
84. Ovqatga ishlatiladigan, ildizida oziq moddalar to'planadigan o'simliklarni belgilang.
1)qizil lavlagi 2)sabzi 3)rediska 4)turp 5)sholg'om
6)karam 7)piyoz 8)kartoshka
A 1,2,3,4,5 B 1,2,3,4,5,8 C 1,2,3,4,5,6 D 1,2,3,4,5,7
85.Agar murtakdagi boshlang'ich ildiz o'sishda davom etmasa qanday jarayon sodir bo'ladi?
1) murtakdagi boshlang'ich poyadan bir-biriga o'xshash bir to'p mayda yon ildizlar o'sib chiqadi 2)boshlang'ich poyada, poyaning yerga yaqin yoki yerga tegib turgan qismidan qo'shimcha ildizlar o'sib chiqadi 3)popuk ildiz tizimi hosil bo'ladi
A 1,2,3 B 1,3 C 2,3 D faqat 3
86.Popuk ildiz tizimi o'simliklarning qaysi guruhiga xos?
A ikki pallali B bir pallali C ochiq urug’li
D qirqquloqlar
87. … tizimi bir-biriga o'xshash bo'lgan bir to'da mayda ildizlardan tashkil topadi. Asosiy ildizi rivojlanmaydi.
A o'q ildiz B popuk ildiz C yon D B va C
88. Bug'doydoshlarning rivojlanish jarayonida qaysi ildiz(tizim)i ko'p yashamaydi ko'p o'tmay nobud bo'ladi?
A yon B o'q ildiz C asosiy D qo'shimcha
89. Bug'doyning murtakdagi ildizchasidan dastlab qaysi ildiz rivojlanadi?
A yon B o'q ildiz C asosiy D qo'shimcha
90. Bug'doyning murtagidan o'sib chiqqan asosiy ildiz nobud bo'lgach bir to'da mayda, bir-biriga o'xshash ildizlar rivojlanadi. Shu ildizlarning nomini belgilang.
A yon B o'q ildiz C asosiy D qo'shimcha
91. Qo'shimcha ildiz tizimi deb nimaga aytiladi?
A boshlang'ich poyadan o'sib chiqqan ildizlar
B boshlang'ich ildizdan o'sib chiqqan ildizlar
C poyaning yerga tegib turgan yoki yerga yaqin qismidan rivojlangan ildizlar
D A va C
92.Qo'shimcha ildiz tizimi xos bo'lgan bir urug'pallali o'simliklarni belgilang.
1)makkajo'xori 2)qulupnay 3)kartoshka 4)ajriq 5)bug'doy
A 1,2,3,4 B 1,4 C 2,3 D 1,4,5
93. Ildizlar tuzilishiga ko'ra qanday bo'ladi?
A 2; o’q ildiz va popuk ildiz
B 3; asosiy, yon, qo’shimcha
C 5; asosiy, yon, qo’shimcha o’q ildiz va popuk ildiz
D ko’p; yo’g’on, ingichka, yassi yoki yumaloq, kalta uzun
94.Poyadan va bargdan hosil bo’luvchi ildiz
A)asosiy B)yon C)qo’shimcha D)popuk
95. Ildiz po'stlog'ining usti so’ruvchi qismi nima bilan qoplangan bo'ladi?
A g'adir-budir yoriqchalar B ildiz tukchalari
C po'st yoki po'kak D yana bir qavat po'stloq
96.Agar bir tup makkajo’xorining ildiz tukchalari soni 2100 ta bo’lsa uning yuzasi nechaga teng bo’ladi
A 0.002 km B 0.02 m C 3mm2 D 3sm2
97.Ildizdan preparat tayyorlab mikroskop ustida ko'rish uchun nima qilinadi?
A ko'ndalangiga yupqa parrak kesib olinadi va buyum oynasidagi spirtga qo'yiladi
B uzunasiga yupqa parrak kesib olinadi va buyum oynasidagi spirtga qo'yiladi
C ko'ndalangiga yupqa parrak kesib olinadi va buyum oynasidagi suv tomchisi yoki glitseringa qo'yiladi
D uzunasiga yupqa parrak kesib olinadi va buyum oynasidagi suv tomchisi yoki glitseringa qo'yiladi
98. Ildizdan kesib olingan yupqa parrak buyum oynasiga qaysi modda(lar) ustiga qo'yiladi?
A spirt B gliserin C suv tomchisi D A
99. Ildiz tukchasiga xos bo'lgan xususiyatlarni belgilang.
1) bitta uzun hujayradan tuzilgan 2)yupqa qobiq, sitoplazma va mayda yadrodan tashkil topgan
3) yupqa qobiq, sitoplazma va yirik yadrodan tashkil topgan 4) qalin qobiq, sitoplazma va mayda yadrodan tashkil topgan 5) qalin qobiq, sitoplazma va yirik yadrodan tashkil topgan 6)tukchalar orqali tuproqdan suv va unda erigan oziq moddalari shimib olinadi
A 1,2,6 B 1,3,6 C 1,4,6 D 1,5,6
100. Ildiz tukchasiga xos xususiyatlar keltirilgan javobni belgilang.
1)1 ta uzun hujayradan tashkil topgan
2) 1 ta hujayradan tashkil topgan
3) yupqa qobiq,sitoplazma va yirik mag’izdan tashkil topgan 4)qalin qobiq, sitoplazma va mag’izdan tashkil topgan 5) qalin
qobiq, sitoplazma va yirik mag’izdan tashkil topgan 6)hayoti 10-20 kun davom etadi 7) ildizning bo’linuvchi qismidan yangi ildiz tukchalari o’sib chiqadi 8) ildizning o’suvchi qismidan yangi ildiz tukchalari o’sib chiqadi
A 1,3,6,7 B1,5,6,8 C 2,3,6,7 D1,4,6,7
101. Chigit yuzasidagi tuklar va ildiz tukchalari uchun umumiy bo’lgan xususiyat(lar)ni belgilang.
A bir yadroli bo’ladi
B tirik, yumaloq va yupqa qobiqli bo’ladi
C bitta uzun hujayradan tuzilgan bo’ladi
D A va C
102.Ildiz tukchalarining faoliyati necha kun davom etadi?
A 10-12 kun B 10-20 kun C 20-25kun D 10-15kun
103.Yangi ildiz tukchasi ildizning qaysi qismidan hosil bo'ladi?
A ildiz po'sti B bo'linuvchi qism C o'suvchi qism
D so'ruvchi qism
104.Faoliyati tugagan ildiz tukchalari o'rniga yangi ildiz tukchalarining hosil bo'lishi qachongacha davom etadi?
A kuzgacha B qishgacha C uzluksiz D bahorgacha
105.Nima sababli ildiz tukchalari tuproqning ichkari qatlamlarigacha kirib borib o'simlikni kerakli oziq bilan ta'minlab turadi?
A uzun hujayradan tuzilganligi uchun
B uzluksiz yangi ildiz tukchalari hosil bo'lganligi uchun
C yon ildizlarda ham mavjud bo'lganligi uchun
D juda ham ingichka mayda yoriqlarga kira olganligi uchun
106.Ildiz po'sti hujayralariga xos bo'lgan xususiyatni belgilang.
A tirik yumaloq va yupqa qobiqli
B tirik yumaloq va qalin qobiqli
C tirik cho'zinchoq va yupqa qobiqli
D tirik cho'zinchoq va qalin qobiqli
107. Ildizning qaysi qismida-hujayralari orasida ildizdagi hujayralar uchun nafas olishda muhim hisoblangan havo bilan to'lgan oraliq bo'shliqlar bo'ladi?
A o'tkazuvchi qism B naylar C po'st Dso'ruvchi qism
108. Ko'ndalangiga kesilgan ildizning mikroskopda ko'rinishini to'g'ri ketma-ketlikda belgilang.
A po'sti, tukchalari; naylari
B bo'linuvchi, o'suvchi; o'tkazuvchi; so'ruvchi
C tukchalari, po'sti; naylar
D bo'linuvchi, o'suvchi; so'ruvchi; o'tkazuvchi
109. Ko'ndalang kesilgan ildizning o'rta qismida qalin devorli yirik teshikchalar ko'rinadi bu teshikchalarning ildizdagi vazifasi nimadan iborat va ular qanday ataladi?
A moddalarni o'tkazish; elaksimon naylar
B moddalarni o'tkazish; naylar
C so'rish;ildiz tukchasi D moddalarni jamg'arish; o'zak
110. Ildizdagi naychalarga xos bo'lgan xususiyatlarni belgilang.
1)qalin devorli 2)juda uzun hujayralardan tuzilgan
3)hujayralarida sitoplazma va mag'iz yo'q ular nobud bo'lgan 4)hujayralari o'rtasida to'siq mavjud emas 5)hujayralari o'rtasida teshikli to'siq mavjud 6)suv va unda erigan mineral moddalar harakatlanadi 7)organik moddalar harakatlanadi
A 1,2,3,5,6 B 1,2,3,4,6 C 1,2,3,5,7 D 1,2,3,4,7
111. Yosh ildiz uzunasiga kesib qaralsa bir-biridan farq qiluvchi nechta qism farqlanadi?
A 5 B 4 C 3 D 2
112. Ildizning uchini … o'rab turadi.
A ildiz qinchasi B o'suvchi qism C so'ruvchi qism
D po'kak
113. Ildiz qismlari(zonalari) nechta va ular qanday ataladi (to'g'ri ketma-ketlikda joylashtiring)?
A 5; ildiz qinchasi; bo'linuvchi, o'suvchi; so'ruvchi; o'tkazuvchi
B 4; bo'linuvchi, o'suvchi; o'tkazuvchi; so'ruvchi
C 4; bo'linuvchi, o'suvchi; so'ruvchi; o'tkazuvchi
D 4; o'suvchi; bo'linuvchi; so'ruvchi; o'tkazuvchi
114.O'simliklarning ildizi poyadan atrofga-yon tomonga qancha masofagacha yoyilishi to'g'ri belgilang.
1)Yong’oq 2)makkajo’xori 3)juzg’un 4)yantoq 5)piyoz
a)30 m b)20-30 m c)2 m d)60-70sm e)50-60sm
A 1-a; 2-c; 3-e; 4-b; 5-d; B 1-b; 2-c; 3-a; 4-a; 5-d;
C 1-b; 2-c; 3-a; 5-d; D t.j.y
115. Makkajo’xorining 1mm2 so’rish qismida nechta ildiz tukchalari bo’ladi?
A 70 B 200 C 700 D 100
116. Makkajo’xorining 5mm2 so’rish qismida nechta ildiz tukchalari bo’ladi?
A 7000 B 200 C 700 D 3500
117.To’g’ri javobni belgilang.
A o’simlikning yer osti qismiga qaraganda yer usti qismi tez o’smaydi
B o’simlikning yer osti qismiga qaraganda yer usti qismi tez o’sadi
C o’simlikning yer usti qismiga qaraganda yer osti qismi tez o’smaydi
D o’simlikning yer osi va yer usti qismi bir xil tezlikda o’sadi
118. ... ga qarab, ildizlar turlicha tezlikda o`sadi
1) suv va oziq bilan ta’minlanganligiga
2)ildizining shoxlanishiga 3)o’sish sharoitiga 4)tuproq unumdorligiga 5) qo`shimcha ildizlarga
6) o`simliklar turiga
A 1,2,3,4,5,6 B1,3,4,6 C 3,4,6 D 3,6
119. g’o’za nihollarining ildizi bir kecha kunduzda qancha o’sadi?
A 3-4sm B 3-4 mm C 2-3 sm D 2-3 mm
120..Ildizning o’sishi qaysi qism(lar)dagi hujayralarning bo’linishi hisobiga sodir bo’ladi?
A uchidagi B o’rta qismidagi C asosidagi
D ildizning butun hamma qismlaridagi
121.Agar ildizning uchi chilpib tashlansa, …
A o’simlik qurib qoladi
B ildiz bo’yiga o’sishdan to’xtab eniga o’sadi –asosiy kuch yon ildizlarga beriladi
C ildiz eniga o’sishdan to’xtab bo’yiga o’sadi–kuch asosiy ildizga beriladi
D o’simlik bo’yiga o’sishdan to’xtab eniga o’sadi

003
1.Dehqonlar qaysi o’simliklardan mo’l hosil olish uchun ildizining uchini chilpishadi?


1)g’o’za 2)bulg’or qalampiri 3)karam 4)pomidor
A 1,2,3,4 B 2,3,4 C 1,3,4 D 2,4
2. Ildizning uchki qismi chilpilib tuproq tortilgandan so’ng poyadan qanday ildiz o’sib chiqadi.
A)asosiy B)yon C)qo’shimcha D)popuk
3.Ildiz qinchasi qaysi qismdagi yosh, nozik hujayralarnio tashqi ta’sirlardan himoya qiladi?
A bo'linuvchi B o'suvchi C so'ruvchi D o'tkazuvchi
4.Ildiz qinchasi necha qavat hujayradan tashkil topgan?
A bir B bir necha C 2 D 4
5. Ildizning qaysi qismi hujayralarining ustki qatlami doimiy nobud bo’lib, yana yangidan hujayralar bo’linib hosil bo’lib turadi?
A bo'linuvchi B so'ruvchi C o'tkazuvchi D ildiz qinchasi
6. U bor joyda suv bor. Ushbu ta’rif tegishli bo’lgan o’simlikni belgilang.
A saksovul B archa C yantoq D qandim
7. Ildizning bo’yiga o’sishini qaysi qismidagi hujayralar ta’minlaydi?
A bo'linuvchi B o'suvchi C so'ruvchi D o'tkazuvchi
8.quyidagilardan qaysi bir(lar)ida havo kam bo’ladi?
1)qum 2)tuproq 3)toshloq 4)qatqaloq
A 1,3 B 1,2 C 4 D 2,4
9.Tuproqda havo yetishmasligi nimaning natijasida kelib chiqadi(1) va qanday natijalarga olib keladi(2)?
A 1-yomg’irning yog’ishi va yerning sug’orilishi; 2-ildizning uchki qismi chirib ketadi, o’simlik kasallanadi, hosili kamayib ketadi
B 1-yomg’irning yog’ishi, yerning sug’orilishi va yumshatilishi; 2-ildizning uchki qismi chirib ketadi, o’simlik kasallanadi, hosili kamayib ketadi
C 1-yomg’irning yog’ishi, yerning sug’orilishi va yumshatilishi; 2-ildizning uchki qismi chirib ketadi, o’simlik kasallanadi
D 1-yomg’irning yog’ishi va yerning sug’orilishi; 2-ildizning uchki qismi chirib ketadi, o’simlik kasallanadi
10.Nima sababdan tuproq unumdorligini oshirishda sug’orish qoidalariga amal qilish lozim?
A o’simliklarning yetarli namlik bilan ta’minlanishi uchun
B mo’l hosil olish uchun C hammasi
D havo yetishmasligining oldini olish uchun
11.O’simlik ildizining eng muhim vazifasi nima?
1)vegetativ ko'payishda ishtirok etish 2)suv va unda erigan oziq moddalarni yer usti qismiga yetkazib berish 3)oziq moddalar to'plash
A 1,2,3 B 1 C 2 D 3
12. Suv va unda erigan mineral moddalarning tuproqdan ildizga-poyagacha ko’tarilish jarayonining ketma-ketligini belgilang.
A tuproqdagi suv va unda erigan mineral moddalar, ildiz tukchalari, o’tkazuvchi qism, po’stloq, yer ustki qism
B tuproqdagi suv va unda erigan mineral moddalar, ildiz tukchalari, po’stloq, o’tkazuvchi qism, yer ustki qism
C tuproqdagi suv va unda erigan mineral moddalar, ildiz tukchalari, o’tkazuvchi qism, po’stloq, elaksimon naychalar, yer ustki qism
D tuproqdagi suv va unda erigan mineral moddalar, ildiz tukchalari, po’stloq, o’tkazuvchi qism, lub tolalari, yer ustki qism
13. O’simlik hujayrasining tarangligi qaysi moddaga bog’liq?
A suvga B oziq moddalarga C kraxmal-glukozaga D klechatkaga
14. Nima suv va unda erigan oziq moddalarni bir hujayradan ikkinchisiga, pastdan yuqoriga ko’tarilishiga majbur etadi?
A ildiz bosimi B shira harakati
C hujayra ichidagi bosim D hujayralararo bosim
15.Ko’p yillik o’simliklarning ildiz tukchalari qaysi faslda o’z faoliyatini boshlaydi(faollashadi)(a) va qaysi faslda tugatadi(b)?
A a-bahor; b-kuz B a-bahor; b-qish; C a-yoz; b-qish
D a-yoz; b-kuz;
16. Ildiz tukchalari nimaning ta’sirida tuproqdan suv va unda erigan mineral moddalarni shimib oladi?
A ildiz bosimi B shira harakati
C hujayra ichidagi bosim D hujayralararo bosim
17.Ildizlarning vazifasiga ko’ra shaklini o’zgartirishi…..deyiladi.
A)metamorfoz B)ildizmeva C)tugunak D)piyozbosh
18.Ildizmeva nimaning shaklini o’zgarishidan hosil bo’ladi.
A)ildiz B)poya C)tugunak D)barg
19Tayanch ildiz poyadan chiqqan qanday ildiz hisoblanadi.
A)asosiy B)yon C)qo’shimcha D)o’q
20.Tayanch ildizda qo’shimcha ildizning vazifasi
A)tik tutib turadi B)yonga qarab o’sishiga C)tuproqqa chuqur kirishiga D)tuproqning yuzasida o’sishiga
21.Tayanch ildizga ega o’q ildizli o’simliklarni toping.
A)makkajo’xori B)oqjo’xori C)A B D)tjy
22.Qayerda o’sadigan o’simliklarda havo ildizlari bo’ladi.
A)tropikda B)subtropikda C)issiqda D)sovuqda

Download 189.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling