Ushbu kitobcha 6-sinf biologiya fanini mukammal o’rgatish maqsadida tuzib chiqildi


Download 189.23 Kb.
bet2/12
Sana18.11.2023
Hajmi189.23 Kb.
#1784023
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
6-sinf

II BOB. HUJAYRA
70.Mevasi kesib ko’rilganda uning hujayralarini oddiy ko’z bilan ko’rish mumkin
A)limon, mandarin, pomidor, tarvuz
B)tuxum, pomidor
C)kaltakesak tuxumi, tarvuz
C)tuyaqush tuxumi limon
D)sutemizuvchi tuxumi, mandarin
71. Tabiatdagi tirik mavjudotlarga xos eng muhim umumiy belgini aniqlang.
A hujayradan tuzilganligi
B hujayraning mitotic bo'linib ko'payishi
C tanasining organ, to'qima va hujayradan tuzilganligi
D harakatlanish
72. Tirik organizmlarning eng mayda tarkibiy qismi?
A organ B molekula C hujayra D atom
73. U tiriklikka xos barcha xususiyatlarni o'zida mujassamlashtirgan-
A molekula B oqsil tuzilmasi C hujayra D atom
74. Hujayraga xos bo'lgan xususiyatlarni belgilang.
1)nafas olish 2)oziqlanish 3)ortiqcha narsalarni ajratish 4)tashqi muhitning o'zgarishlarini sezish 5)o'sish 6)bo'linib yangi hujayra hosil qilish
A barchasi B 1,2,5,6 C 2,3,4,5,6 D 1,2,3,5,6
75. Hujayra haqidagi fan -
A sitologiya B gistologiya C biologiya D ornitologiya
76. Hujayralar o'simlikning qaysi organida joylashganligiga qarab qaysi xususiyatlariga ko'ra bir-biridan farq qiladi?
1)shakli 2)ranggi 3)yirik-maydaligi 4)ichki tuzilishi 5)funksiyasi
A hammasi B 1,2,5 C 2,3,4,5 D 1,2,3,5;
77. Hujayra kim tomonidan qachon kashf etilgan?
A ingliz fizigi Robert Guk 1635-yil
B ingliz fizigi Robert Braun 1635-yil
C ingliz fizigi Robert Guk 1665-yil
D ingliz fizigi Robert Braun 1831-yil
78. Hujayra tarkibidagi qaysi organoid tiniq va mustahkam bo'ladi?
A hujayra qobig’i B sitoplazma C mag’iz D plastida
79. Hujayra qobig’iga qaysi modda mustahkamlik berib turadi?
A fosfolipid B kleykobina C suberin D klechatka
80. Hujayra qobig’i qanday vazifa(lar)ni bajaradi?
1)hujayra ichidagi tirik qismni tashqi tomondan o’rab turadi 2)tashqi ta’sirdan himoya qiladi 3)hujayraga mustahkamlik beradi 4)hujayra shaklini saqlab turadi 5)hujayrani tashqi muhit bilan bog’lab turadi
A 1,2,3,4 B 1,2,3,4,5 C 1,2,3 D 1,4,5
81. Hujayraning asosiy tarkibiy qismini belgilang.
A sitoplazma B mag’iz C hujayra qobig’i D plastida
82. Sitoplazmaga xos bo’lgan xususiyatlarni belgilang.
1)rangsiz 2)rangli 3)tiniq 4)suyuq 5)quyuq 6)shilimshiq 7)doim harakatlanib turadi 8)harakatsiz
A 1,3,4,6,7 B 1,3,4,6,8 C 1,3,5,6,7 D 2,3,4,6,8
83. Hujayraning deyarli o’rtasida joylashgan eng muhim tarkibiy qismi nima?
A hujayra qobig’I B sitoplazma C mag’iz D plastida
84. Qaysi organizmlarning yadrosi shakllanmagan irsiy moddalari sitoplazmada tarqoq holda joylashgan bo’ladi?
1)yashil suvo’tlar 2)ko’k-yashil suvo’t 3)achitqi zamburug’I 4)bakteriya 5)ayrim lishayniklar
A 1,3,5 B 2,4 C 2,4,5 D 1,4,5
85. Hujayraning tarkibiga ko’ra sitoplazmaga yaqin turadigan organoidini belgilang.
A hujayra qobig’i B ribosoma C mag’iz D plastida
86. Irsiy belgilarning keyingi avlodga o’tishiga muhim ahamiyatga ega bo’lgan hujayraning bo’linishida muhim ahamiyatli hujayra organoidini belgilang.
A hujayra qobig’I B sitoplazma C mag’iz D plastida
87. Hujayraning asosiy tirik qismlaridan biri, ular faqat o’simliklar uchun xos.
A vakuola B sentriola C ribosoma D plastida
88. Plastidalarning necha xili mavjud va ular qanday bo’ladi?
A 3 xil; xloroplast (yashil), xromoplast (rangsiz), leykoplast (zarg'aldoq, qizg'ish)
B 3 xil; xloroplast (zarg'aldoq, qizg'ish), xromoplast (yashil), leykoplast (rangsiz)
C 3 xil; xloroplast (yashil), xromoplast (zarg'aldoq, qizg'ish), leykoplast (rangsiz)
D 3 xil; xloroplast (yashil), xromoplast (zarg'aldoq, yashil-ko'k), leykoplast (rangsiz)
89. Qaysi plastida(lar) o'simliklarga (barg, poya, gul va mevalarga) rang beradi?
1)Xloroplast 2)xromoplast 3)leykoplast
A 1,2,3 B 1,2 C 1 D 2
90. O'simlik mevasiga rang beruvchi plastida(lar)ni belgilang.
1)Xloroplast 2)xromoplast 3)leykoplast
A 1,2,3 B 1,2 C 2,3 D 2
91. Qaysi plastida(lar) tufayli o'simlik gullari va mevalar har xil rangga kiradi?
1)Xloroplast 2)xromoplast 3)leykoplast
A 1,2,3 B 1,2 C 2,3 D 2
92. Sitoplazma ichidagi hujayra shirasi bilan to'lgan bo'shliqni belgilang.
A granula B lizosoma C vakuola D mag'iz
93. Qaysi organoid turli shaklda bo'ladi?
A plastida B lizosoma C vakuola D mag'iz
94. Hujayra shirasi tarkibida …%suv va unda erigan ko'pgina moddalar hamda oqsil, moy, shakar bo'ladi.
A 70-95 B 75-90 C 80-90 D 85-90
95.Meva ta'mining achchiq, shirin yoki nordon bo'lishi nimaga bog'liq?
A hujayra shirasi B mag'iz C sitoplazma
D hujayra tarkibidagi suvning miqdoriga
96. To'qima deb … ga aytiladi.
A tuzilishi bir-biridan farq qilgan, lekin bir xil vazifani bajaruvchi hujayralar yig'indisi
B tuzilishi bir-biridan farq qilgan, turli xil vazifani bajaruvchi hujayralar yig'indisi
C tuzilishi o'xshash bo'lgan, lekin bir xil vazifani bajaruvchi hujayralar yig'indisi
D tuzilishi o'xshash bo'lgan, lekin har xil vazifani bajaruvchi hujayralar yig'indisi
97. Piyoz hujayralari qaysi jihatlari bilan boshqa o'simliklarning hujayralaridan farq qiladi?
A hujayralari shaklining cho'ziqligi, tarqoqroq joylashganligi, xloroplastlarga boyligi
B hujayralari shaklining cho'ziqligi, zichroq joylash-ganligi, leykoplastlarga boyligi
C hujayralari shaklining cho'ziqligi, tarqoqroq joylashganligi, plastidalarining rangsizligi
D hujayralari shaklining yumaloq ekanligi, zich joylashganligi, plastidalarining rangsizligi
98. Ko'pchilik o'simliklar hujayrasining o'lchami qanday bo'ladi?
A mayda B yirik
C eni bo'yidan bir necha marta katta
D bo'yi enidan bir necha marta katta
99. Chigit yuzasidagi tola-tuk nechta hujayradan iborat va u(lar)ning uzunligi?
A 1ta; 2-3 sm; B 1 ta; 3-4sm;
C 2 ta; 3-4 sm; D bir nechta; 3-4 sm
100. Hujayralar qaysi xususiyatiga qarab xilma-xil tuzilgan bo'ladi?
A ichki tuzilishi B bajaradigan vazifasi C shakli
D B va C
101. Hujayralar qaysi jihatdan bir-biridan farq qilmaydi?
A ichki tuzilishi B bajaradigan vazifasi
C shakli D B va C
102. Tirik hujayra ichidagi harakatni qaysi o’simlikda kuzatish mumkin –
A piyoz B elodeya C pomidor D chigit tolasi
103. Akvariumda o’stiriladigan elodeya suvo’tining barglari necha qavat hujayradan tuzilgan?
A bir necha qavat B 1 C 2 D 4
104. Nima uchun elodeyadan tayyorlangan preparatni butunligicha mikroskop ostida ko’rish mumkin?
A suvda o’sganligi uchun
B barglari bir qavat hujayradan tuzilganligi uchun
C suvo’t juda kichkina bo’lganligi uchun
D suv tomchisida tabiiy sharoitdagidek tirik ko’ringani uchun
105. Nima uchun elodeyadan tayyorlangan preparat mikroskopdagi suv tomchisida tabiiy sharoitda o’sgandek tirik bo’ladi?
A suvda o’sganligi uchun
B barglari bir qavat hujayradan tuzilganligi uchun
C suvo’t juda kichkina bo’lganligi uchun
D hujayrasining ko’p qismini suv tashkil qilganligi uchun
106. Sitoplazma qanday harakatlanadi?
A uzluksiz, bir yo’nalishda-ya’ni hujayraning turli qismidagi oziq modda va kislorod yo’nalishi tomon
B uzlukli, bir yo’nalishda-ya’ni hujayraning turli qismidagi oziq modda va kislorod yo’nalishi tomon
C uzluksiz, turli yo’nalishda-ya’ni hujayraning turli qismidagi organik modda va kislorod yo’nalishi tomon
D uzluksiz, turli yo’nalishda-ya’ni hujayraning turli qismidagi oziq modda va kislorod yo’nalishi tomon
107. Sitoplazmaning harakati davomida bir hujayradagi oziq moddalar va kislorod ikkinchi hujayraga nima orqali o'tadi?
A hujayralararo modda B hujayra qobig'idagi teshik
C sitoplazma D yadro
108. Bir hujayradagi oziq moddaning ikkinchi hujayraga o'tishini qaysi tajriba yordamida kuzatish mumkin?
A elodeyadan preparat tayyorlab mikroskopda kuzatib
B piyozdan preparat tayyorlab mikroskopda kuzatib
C mayda teshikchali sellofan xaltachaga bug'doy unidan tayyorlangan xamir solib yodli suvli tushirish orqali
D ildiz bo'laklaridan ko'ndalangiga yupqa kesma tayyorlab uni suv tomchisi yoki glitseringa qo'yib
109. Bir hujayradagi oziq moddaning ikkinchi hujayraga o'tishini kuzatish tajribasida nima hujayra qobig'I vazifasini o'taydi?
A piyoz qobig'i B elodeya bargi po'sti
C mayda ko'rinmas teshikchali sellofan
D xamirning tashqi yuzasi
110. Mayda teshikchali sellofan xaltachaga bug'doy unidan tayyorlangan ozgina xamir solib yodli suvli tushirganda xamir qanday rangga kiradi?
A sariq B ko'k C oq D qizil
111. O'simlikning har bir tirik hujayrasi yashash uchun nafas oladi va oziqlanadi. Bu jarayon qanday sharoit yoki holatda amalga oshadi?
A har qanday sharoitda
B faqat quyosh nurida
C quyosh nuri ta'sirida, suv va unda erigan turli moddalar hamda kislorod bo'lgan holatda
D namlik va harorat yetarli bo'lgan holatda
112. Hujayralarga xos muhim biologik xususiyatlardan biri …
A o'sish va bo'linish B oziqlanish
C harakatlanish D o'zgaruvchanlik
113. O'sish jarayonida ayrim hujayralarning shakli … holda, ko'pchilik hujayralarning shakli … holatda bo'ladi.
A o'zgartirgan; o'zgartirmagan;
B o'zgartirmagan; o'zgartirgan
C kichraygan; kattargan D t.j.y
114. Hujayra qobig'I hujayraning yoshiga qarab ….
A yupqalashadi B qalinlashadi C o'zgarmaydi
D mo'rtlashadi va ko'p joyni egallaydi
115. Qari hujayralardagi sitoplazmaning vakuolga nisbati to'g'ri keltirilgan javobni belgilang.
A sitoplazma vakuolga qaraganda ko'proq joyni egallaydi
B vakuol sitoplazmaga qaraganda ko'proq joy egallaydi
C vakuol va sitoplazma teng nisbatda butun hujayrani qoplab olgan bo'ladi
D yosh hujayralarnikidek bo'ladi
116. Qanday belgi orqali yosh va qari hujayralarni ajratish mumkin?
A hujara qobig'ining qalin yoki yupqaligiga qarab
B sitoplazma va vakuolning nisbatiga qarab
C sitoplazma va mag'izning nisbatiga qarab
D Ava B
117. Vaqt o'tishi bilan qari hujayralarda qaysi organoidlari yo'qoladi va ularning o'rnini nima egallaydi bu o'z navbatida qari hujayraning nobud bo'lishiga olib keladi?
A mag'iz yo'qolib uning o'rnini sitoplazma egallaydi
B mag'iz va sitoplazma yo'qolib uning o'rnini vakuol egallaydi
C mag'iz yo'qolib uning o'rnini suv yoki havo egallaydi
D mag'iz va sitoplazma yo'qolib uning o'rnini suv yoki havo egallaydi
118.Qanday hujayralarda bo'linib ko'payish kuzatiladi?
A barcha hujayralarda B faqat yosh hujayralarda
C faqat o'sish nuqtasidagi hujayralar
D barcha tirik hujayralar
119. hujayraning bo'linishida qaysi organoid katta rol o'ynaydi?
A yadro B sitoplazma C hujayra qobig'i
D xromosoma
120. Hujayradagi bo'linish jarayoninining ketma-ketligini to'g'ri belgilang.
1)mag'iz yiriklashadi 2)mag'iz ikkiga ajraladi 3)bo'lingan yadro bo'laklari parda bilan qoplanadi 4)sitoplazmada to'siq paydo bo'ladi 5)ona hujayradan 2ta yosh hujayra paydo bo'ladi
A 2,3,4,1,5 B 1,2,3,4,5 C 1,2,4,3,5 D 1,2,4,5,3
002
1. Ona hujayradan 2 ta yangi yosh hujayralarning hosil bo'lishida plastidalarning ikki hujayraga taqsimlanish jarayonini to'g'ri belgilang.
A hosil bo'lgan hujayralarning faqat bittasida plastida bo'ladi ikkinchisida esa keyinchalik paydo bo'ladi
B plastidalar teng ikkiga ajralib yosh hujayralarga o'tadi
C xloro va xromoplastlar noteng taqsimlanib faqat leykoplastlar teng ikkiga bo'linib yosh hujayralarga o'tadi
D plastidalar bo'linish jarayonida parchalanib ketadi, bo'linish tugagach har bir yosh hujayralarda yana paydo bo'ladi
2. Ona hujayraning bo'linishidan hosil bo'lgan yosh hujayralar qaysi oziq moddaning hisobiga o'sishda davom etadi?
A o'zidagi oziq modda
B ona hujayrada zaxiralangan oziq modda
C yondosh hujayralardagi oziq modda
D hujayralararo modda hisobiga
3. O'simliklarning o'sishi hujayralarning qanday faoliyati natijasida boradi?
A oziqlanish B faqat ko'payish
C faqat o'sish D o'sish va ko'payish
4. To'qima tushunchasi kim tomonidan qachon fanga kiritilgan?
A ingliz tabiatshunosi N.Gryu 1831-yil
B ingliz tabiatshunosi N.Gryu 1632-yil
C ingliz tabiatshunosi N.Gryu 1681-yil
D ingliz tabiatshunosi N.Gryu 1682-yil
5. To'qimalar qaysi xususiyatiga ko'ra xilma-xil bo'ladi?
A hujayralar to'plami va joylashgan o'rni
B bajaradigan vazifasi va joylashishi
C hujayralar va hujayralararo moddasi
D faqat bajaradigan vazifasi
6. Hosil qiluvchi to'qima xillarini belgilang.
A uchki va yon B naylar va elaksimon naylar
C assimilyatsion va jamg'aruvchi
D asosiy, uchki va yon
7.Yirik yadroli to’qima va yadrosiz hujayrani belgilang
A)Hosil qiluvchi, elaksimon nay
B)Hosil qiluvchi, ildiz tukchasi
C)qoplovchi, o’sish konusi
D)Qoplovchi, floema
8.Yupqa po’stli to’qima va hujayrani belgilang.
A)hosil qiluvchi, ildiz po’sti
B)hosil qiluvchi yog’ochlik
C)qoplovchi, ildiz tukchasi
D)qoplovchi, po’stloq
9.Bo’linuvchi hujayra va so’ruvchi hujayra qaysi to’qimaga tegishli
A)hosil qiluvchi, o’tkazuvchi
B)o’tkazuvchi, hosil qiluvchi
C)asosiy, o’tkazuvchi
D)qoplovchi asosiy
10.O’tkazuvchi nay va yogochlik tolasi orasida joylashgan hujayra
A)yog’ochlik parenxima
B)yog’ochlik tola
C)yog’ochlik nay
D)floema
11.Elaksimon nay va lup tolasi oralig’ida joylashgan hujayralar
A)lup parenximasi
B)yo’ldosh hujayra
C)floema
D)A/B
12.Lub parenximasi va lub tolasi qaysi to’qimaga tegishli
A)asosiy, mexanik B)mexanik asosiy
C)asosiy, hosil qiluvchi D)qoplovchi, mexanik
13.Avval bo’linadigan va vujudga kelgandan so’ng avval o’sadigan hujayra qaysi to’qimaga tegishli.
A)asosiy, asosiy B.hosil qiluvchi, hosil qiluvchi
C)asosiy, hosil qiluvchi D)hosil qiluvchi asosiy
14.Asosiy to’qimani vujudga keltiruvchi, mexanik va o’tkazuvchi to’qima oralig’idagi to’qimani toping.
A)hosil qiluvchi, asosiy B)asosiy, hosil qiluvchi
C)qoplovchi, asosiy D)asosiy qoplovchi
15. Asosiy to'qimaning bajaradigan funksiyasiga ko’ra xillarini belgilang.
A xlorenxima, jamg’aruvchi
B assimilyatsion qoplovchi
C po’kak va jamg'aruvchi
D epiderma va lub tolalalari
16.Qaysi to’qima fotosintez qilish xususiyatiga ega.
A)xlorenxima B)jamg’aruvchi
C)assimilyatsion D)A/B/C
17.Yashil barglar va yosh novdalarda bo’luvchi tirik va o’lik hujayralarni toping.
A)assimilyatsion, lub B)lub, assimilyatsion
C)lub, yog’ochlik D)jamg’aruvchi, assimilyatsiya
18. O'tkazuvchi to'qima xillarini belgilang.
A naylar va yog'ochlik tolalari
B naylar va elaksimon naylar
C yog'ochlik tolalari va lub tolalari
D lub tolalari va elaksimon naylar
19.Qoplovchi to'qima xillarini belgilang.
A uchki va yon B epiderma va po'kak
C mexanik va po'kak D epiderma va lub tolalalari
20. Mexanik to'qima xillarini belgilang.
A naylar va yog'ochlik tolalari
B naylar va elaksimon naylar
C yog'ochlik tolalari va lub tolalari
D lub tolalari va elaksimon naylar
21. 1-elaksimon naylar va 2-lub tolalari qaysi to’qima(lar)ga mansub?
a) mexanik to’qima b)o’tkazuvchi to’qima c)assimilyatsion to’qima d) ajratuvchi to’qima
A 1-a; 2-b; B 1-b; 2-a; C 1-c; 2-b;d; D b-1,2;
22. Qaysi to'qima faqat o'simliklarda uchraydi?
A asosiy B assimilyatsion C hosil qiluvchi D mexanik
23. Qaysi to'qima o'simlikning deyarli barcha a'zolarida uchrab boshqa to'qimalarni hosil qilishda ishtirok etadi?
A asosiy B assimilyatsion C hosil qiluvchi D jamg'aruvchi
24.Hosil qiluvchi to’qima qanday guruhlarga ajraladi?
A uchki va yon B asosiy va jamg'aruvchi
C assimilyatsion va jamg'aruvchi
D asosiy, uchki va yon
25. Uchki hosil qiluvchi to'qimalar qayer(lar)da joylashgan?
1)kurtak uchlarida 2)novdalarning uchlarida 3)ildizlarning uchlarida
A 1 B 2 C 1,2 D 1,2,3
26. O’simliklarning bo’yiga o’sishini ta’minlaydigan to’qima qayerlarda joylashgan bo’ladi?
1) kurtaklarning uchki qismida 2) novdalarning uchki qismida 3) ildizlarning uchki qismida 4) po’stloqning eng ustki qatlamida 5) epidermis hujayralari bilan asosiy to’qima hujayralari oralig’ida
A 1 B 1,2 C 2,3,4,5 D 1,2,3
27.Yon(kambiy) hosil qiluvchi to'qimasi qayerda joylashgan?
A o'simlik poya(tana)sining yog'ochlik va lub tolalalari orasida
B o'simlik poya(tana)si, ildizining lub tolalalari va po'stloq orasida
C o'simlik poya(tana)sining lub tolalalari va po'stloq orasida
D o'simlik poya(tana)si, ildizining yog'ochlik va lub tolalalari orasida
28. Assimilyatsiya to'qimasining eng muhim vazifasi nima?
A fotosintez B organik moddalarni parchalash
C oziq moddalari jamg'arish
D oziq moddalarni tashish
29.Unda organik moddaning asosiy qismi hosil bo'ladi-
A asosiy B assimilyatsion C hosil qiluvchi
D jamg'aruvchi
30. Asosiy to'qima o'simlikning qaysi qismlarida joylashgan bo'ladi?
1)o'q ildiz 2)yashil barg 3)ildizmeva 4)yosh novda 5)ba'zan gul 6)urug' 7)meva 8)havo ildizlarida epidermaning ostidagi etli qavatda
A hammasi B 2,4,5,6,7,8 C 2,4,5,7,8 D 2,4,5,8
31.O'simliklarda turli jarayonlar natijasida hosil bo'lgan yoki tashqaridan qabul qilingan moddalar (oqsil,kraxmal, yog' va boshqalar) qaysi to'qima hujayralarida to'planadi?
A parenxima B assimilyatsion C jamg'aruvchiD g'ovak
32.Epiderma ba’zan tashqi tomondan mum yoki kutikula bilan qoplanishi bu qanday moslanishga misol.
A)suv bug’lanishini kamaytiruvchi
B)bug’lanishni oshiruvchi
C)qurib qolishdan saqlovchi
D)shira ajratishni ko’paytiruvchi
33.Jamg'aruvchi to'qima hujayralari qayerlarda joylashgan?
1)urug' 2) meva 3)gul 4)ildizmeva 5)tugunak 6)piyoz
A 1,2,4,5,6 B hammasi C 1,5,6 D 2,3,4
34. O`simlik poyasining qaysi qismlarida jamg`aruvchi to`qima uchraydi ?
1.meva 2. urug` 3. ildizmeva 4. tugunak 5.piyozbosh 6.o`zak
A) 1,2,3,4,5 B)barchasi C) 6 D) 4,5,6
35. Qaysi to'qima chiqib kelishiga ko'ra 3 ga bo'linadi?
A asosiy B hosil qiluvchi C qoplovchi D mexanik
36.Qoplovchi to'qima chiqib kelishiga qanday turlarga bo'linadi?
A po'st, po'stloq, po'kak B epiderma, po'st, po'stloq
Cepiderma,po'stloq,po'kak D epiderma, po'st,po'kak
37.Epidermaning hujayralariga xos bo'lgan xususiyatlarni belgilang.
1)bir xildagi yupqa devorli 2)tirik 3)xloroplastlarga boy 4)elastik 5)bir-biri bilan zich joylashgan 6)bir qavat hujayralardan tuzilgan 7)tashqi muhit bilan bog'lab turuvchi og'izchalar bo'ladi 8)asosiy vazifasi himoya vazifasini bajaradi 9)qalin qobiqli 10)cho'ziq 11)o'lik hujayralar
A 2,3,5,7 B 2,5,6,7 C 1,2,5,8 D 1,2,5,6,7,8
38. Epiderma o'simlikning qaysi organlarini qoplab turadi?
A gul va barg B yosh novda va barg
C barg, yosh ildiz va novda D poya va tana
39.Unda o'simliklarni tashqi ,muhit bilan bog'lab turuvchi og'izchalar bo'ladi -
A epiderma B po'st C po'stloq D po'kak
40. … to'qimaning tashqi qavati o'lik hujayralardan iborat bo'ladi.
A epiderma B po'st C po'stloq D po'kak
41.Nima uchun po'kak o'zidan gaz va suvlarni o'tkazmaydi?
A qobig'iga suberin moddasi shimilganligi uchun
B qobig'ida klechatka moddasi mavjudligi uchun
C o'lik hujayralardan tashkil topganligi uchun
D qalin (bir necha sm gacha) bo'lganligi uchun
42.Po'kak to'qimaning asosiy vazifasini belgilang.
A tashqi muhit bilan bog'lab turadi
B moddalar almashinuvida ishtirok etadi
C tashqaridan moddalarning kirishini tartibga solib turadi
D yozda yuqori haroratdan, qishda sovuqdan va kasallik tug'diruvchi turli mikroorganizmlardan saqlaydi
43. Po'stloq o'simlik(daraxtlar)ning qaysi qismlarini qoplab turadi?
1)barg 2)tana 3)eski shox 4)ildiz 5)novda
A 1,2,3,4,5 B 2,3 C 2,3,4 D 1,2,3,4
44. U po'kakdan tashqari boshqa to'qimalarning ham o'lik hujayralarini o'z ichiga oladi -
A epiderma B po'st C po'stloq D mexanik to'qima
45.Po'stloqning qalinligi o'simlikning qanday xususiyat(lar)iga bog'liq bo'ladi?
A po'kakning qalinligiga
B faqat o'simlikning yoshiga
C o'simlikning yashash sharoitiga
D o'simlik yoshi va turiga
46. Po'stloqning asosiy vazifasini belgilang.
A tashqi muhit bilan bog'lab turadi
B moddalar almashinuvida ishtirok etadi
C tashqaridan moddalarning kirishini tartibga solib turadi
D tashqi ta'sirlardan himoya qiladi
47. O`simlikni qishda sovuqdan, yozda issiqdan , kasalliklar va ularni keltirib chiqaruvchi mikroblardan saqlovchi qoplovchi to`qima tur(lar)ini belgilang.
A) epiderma,po`kak, po`stloq B) po`kak
C)po`stloq D) po`kak, po`stloq
48. O'simlikka tayanch va uning organlariga mustahkamlik beruvchi to'qimani belgilang.
A asosiy B mexanik C qoplovchi D o'tkazuvchi
49. Mexanik to'qima qanday hujayralardan iborat?
A 2 xil: kollenxima(tirik) va sklerenxima(o'lik)
B 2 xil: parenxima(tirik) va prozenxima(o'lik)
C 2 xil: parenxima(o'lik) va prozenxima(tirik)
D 2 xil: kollenxima(o'lik) va sklerenxima(tirik)
50. Mexanik to'qima hujayralariga xos bo'lgan xususiyatlarni belgilang.
1)bir xildagi yupqa devorli 2)tirik 3)xloroplastlarga boy 4)elastik 5)bir-biri bilan zich joylashgan 6)bir qavat hujayralardan tuzilgan 7)tashqi muhit bilan bog'lab turuvchi og'izchalar bo'ladi 8)asosiy vazifasi himoya vazifasini bajaradi 9)qalin qobiqli 10)cho'ziq 11)o'lik hujayralar
A 2,9,10,11 B 1,2,5,9,10,11 C t.j.y D 2,9,10
51. Qalin qobiqli cho'ziq tirik hujayralar qanday ataladi?
A nay B kollenxima C sklerenxima D parenxima
52.Qaysi to'qima tufayli o'simliklarning shox-shabbalari qattiq shamol tebranishlariga ham dosh bera oladi?
A o'tkazuvchi B mexanik C asosiy D qoplovchi
53. Quyidagilardan mexanik to'qimaga mansublarini belgilang.
1)elaksimon naylar 2)poyaning po'stloq tolalari 3)ildizning yog'ochlik tolalari 4) poyaning yog'ochlik tolalari 5)ildizning po'slog'idagi tolalar 6)lub tolalari 7)naylar
A 2,3,4,5,6 B 2,3,4,5 C 1,6,7 D 2,3,4,5,6,7
54. Bu to'qima orqali moddalar ikki tomonlama harakat qiladi - …
A o'tkazuvchi B mexanik C asosiy D assimilyatsion
55. O'simliklarda moddalar qanday yo'nalish(lar)da harakatlanadi?
A 2 tomonlama; ildizdan bargga va bargdan ildizga
B ko'p tomonlama; ildizdan bargga va bargdan hamma organlarga
C ko'p tomonlama; ildizdan hamma organlarga va bargdan ildizga
D ko'p tomonlama; butun organlari o'zaro bog'lanib ketgan
56.O'tkazuvchi to'qima qanday hujayralardan tashkil topgan?
1)bir xildagi yupqa devorli 2)tirik 3)xloroplastlarga boy 4)elastik 5)bir-biri bilan zich joylashgan 6)bir qavat hujayralardan tuzilgan 7)tashqi muhit bilan bog'lab turuvchi og'izchalar bo'ladi 8)asosiy vazifasi himoya vazifasini bajaradi 9)qalin qobiqli 10)cho'ziq 11)o'lik hujayralar 12)tik joylashgan
A 9,10,11,12 B 1,2,5,9,10,11 C t.j.y D 2,9,10,12
57.Tuproqdan shimilgan suv va unda erigan mineral moddalarni barg, gul va mevalarga tashuvchi naydagi hujaralarga xos bo'lgan xususiyatni belgilang.
A qalin qobiqli tirik cho'ziq B tirik, cho'ziq
C qalin qobiqli cho'ziq o'lik D yupqa qobiqli cho'ziq o'lik
58. Fotosintez jarayonida hosil bo'lgan organik moddalarni o'simlikning turli organlariga tashuvchi naydagi hujayralarga xos bo'lgan xususiyatni belgilang.
A qalin qobiqli tirik cho'ziq B tirik, cho'ziq
C qalin qobiqli cho'ziq o'lik
D yupqa qobiqli cho'ziq o'lik
59. Organ deb nimaga aytiladi?
A tuzilishi o'xshash bo'lgan lekin bir xil vazifani bajaradigan hujayralar to'plami
B bir yoki bir nechta vazifani bajaruvchi o'simlikning bir qismi
C dastlabki moddalar almashinuvi, energiya almashinuvi va organik moddalarning dastlabki funksiyalari kuzatiladigan tuzilma
D t.j.y
60. gulli o'simliklarning organlari qanday guruhlarga bo'linadi?
A 2; somatik va vegetativ B 2; generativ va somatik
C 2; vegetativ va generativ D 2; yer usti va yer osti
61. O'simliklarning vegetativ organlariga qaysi organlar misol bo'ladi?
1) ildiz 2)meva 3)poya 4)urug' 5)barg 6)gul
A 1,2,6 B 2,4,6 C 1,3,5 D 3,4,5
62. O'simliklarning generativ organlariga qaysi organlar misol bo'ladi?
1) ildiz 2)meva 3)poya 4)urug' 5)barg 6)gul
A 1,2,6 B 2,4,6 C 1,3,5 D 3,4,5

Download 189.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling