Ushbu kitobcha 6-sinf biologiya fanini mukammal o’rgatish maqsadida tuzib chiqildi


Download 189.23 Kb.
bet5/12
Sana18.11.2023
Hajmi189.23 Kb.
#1784023
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
6-sinf

V BOB. BARG
43. Barg o'simliklar hayotida qanday vazifalarni bajaradi?
1)organik moddalar hosil qiladi 2)suvni bug'latadi 3)nafas olishda ishtirok etadi 4)organik moddalarni parchalaydi
A 1,2,3,4 B 1,2,3 C 1,3 D 1,3
44. Barg nechta va qanday qismlardan tashkil topgan?
A 2; barg yaprog'i, barg bandi
B 3; barg yaprog'i, barg bandi, yon barg
C 3; barg yaprog'i, barg bandi va barg tomirlari
D 2; barg yaprog'i va barg tomirlari
45.Yon bargchalar qayerda joylashgan bo'ladi?
A barg yaprog'ining chetki qismida
B bitta barg bandida barg yaprog'ining bandga birikkan joyida
C barg bandining pastki qismida
D barg yaprog'ining tomirlanishi boshlanuvchi qismida
46. Bandsiz bargda bo'lmaydi -
A barg yaprog'i B barg bandi C tomirlar D yonbarg
47.Barglar poyaga yoki novdaga odatda … bilan birikadi.
A barg yaprog'ining pastki qismi B yonbarg
C barg bandi D C va B
48. Bandsiz barglar poyaga … bilan birikadi
A barg yaprog'ining pastki qismi B yonbarg
C barg qinchasi D tilchasi
49. Qaysi turdagi barglar tabiatda ko'p tarqalgan?
A bandli barglar B bandsiz barglar
C yonbargli barglar D yonbargsiz barglar
50.Olma bargiga xos bo’lmagan xususiyatni belgilang
A yon barglar B to’rsimon tomirlanish
C poyada ketma-ket joylashgan
D keltirilgan barcha xususiyat olma bargiga xos
51.Bandli barglarga ega bo'lgan o'simliklarni belgilang.
1)olma 2)lola 3)o'rik 4)bosh piyoz 5) nok 6)terak 7)shirach 8)yong'oq 9)anjir 10)gulsafsar 11)bug'doy 12)anjir 13)tok 14)makkajo'xori 15)arpa 16)qovun 17)sholi
A 2,4,7,10,11,14,15,17 B 1,3,5,6,8,9,12,13,16
C 1,3,5,6,8,7,9,12,16 D 2,4,7,10,11,14,15,17
52.Bandsiz barglarga ega bo'lgan o'simliklarni belgilang.
1)olma 2)lola 3)o'rik 4)bosh piyoz 5) nok 6)terak 7)shirach 8)yong'oq 9)anjir 10)gulsafsar 11)bug'doy 12) anjir 13)tok 14)makkajo'xori 15)arpa 16)qovun 17)sholi
A 2,4,7,10,11,14,15,17 B 1,3,5,6,8,9,12,13,16
C 1,3,5,6,8,7,9,12,16 D 2,4,7,10,11,14,15,17
53.Barglarning tomirlari odatda bargning qaysi tomonidan yaxshi ko’rinadi.
A orqa B oldingi C yon D orqa va oldingi
54. Tomirlar … dan o’tib … da shoxlanadi. Bargning qismlarini belgilang.
A barg yaprog’idan; barg bandiga
B barg bandidan; barg yaprog’iga
C poyadan; barg yapropog’iga
D bargning pastki qismidan; barg yaprog’iga
55. Bargning qaysi tuzilmasi tufayli barg mustahkam bo’ladi?
A naylar B po’st C barg bandi D tomirlar
56. Nimaga qarab barglar turlicha shoxlanadi?
A o’simlik turiga B o’sish sharoitiga
C bargning turiga D hayotiy shakliga
57. Barglarning qaysi jihati o’simlik turlarini farqlashda muhim rol o’ynaydi?
A bargning keng yoki ingichkaligiga
B bargning turiga C tomirlanish xususiyatiga
D bandli yoki bandsiz ekanligiga
58.Uch bo’lakli qirqilgan va uch bargchali panjasimon murakkab burglar nechta barglardan tashkil topadi.
A)1,3 B)2,3 C)3,1 D)2,4
59. Ikki urug’pallalilar(1) va bir urug’pallali(2) o’simliklarning bargi qanday tomirlanadi?
a)patsimon b)parallel c)yoysimon d)panjasimon (to’rsimon)
A 1-a,b; 2-c,d; B 1-a,d; 2-b,c; C 1-b,c; 2-a,d;
D 1-c,d; 2-a,b;
60.Qaysi o’simliklarning bargi to’rsimon tomirlangan?
1) olg’i 2)xolmon 3)bodiyon 4)kovrak 5)alqor 6)ajriq
A 1,2,3 B 3,4,6 C 4,5 D 3,4,5
61.Tutning bargi qanday turdagi tomirlanishga ega?
A patsimon B parallel C yoysimon D to’rsimon
62. Patsimon yoki panjasimon tomirlanish quyidagi o’simliklardan qaysi birlarida uchraydi?
1)terak 2)bug’doy 3)chinor 4)arpa 5)makkajo’xori 6)olma 7)o’rik 8)nok 9)oqjo’xori 10)tut 11)g’umay 12)g’o’za
A 1,3,6,7,8,10,12 B 2,4,5,9,11 C 1,6,7,8,10,11,12
D 2,3,4,5,9,11
63.Barg yaprog’ining uzunligi 2mmdan oshmaydigan o’simliklarni toping
A)saksovul B)juzg’un C)yulg’un D)turang’il
64.Barg tomirlarining bajaradigan vazifasini belgilang.
1)barg mustahkamligini ta’minlaydi 2)suv va unda erigan oziq moddalar harakatlanadi 3) fotosintez natijasida hosil bo’lgan organik moddalar poyaga o’tadi
A 1,2,3 B 1 C 2,3 D 1,3
65.O’simliklarda barglar tuzilishiga ko’ra qanday guruhlarga bo’linadi?
A 2; oddiy va murakkab
B 2; keng va ingichka bargli
C 2; bandli va o’troq
D 4; bandli, bandsiz, oddiy va murakkab
66.Oddiy barg deb nimaga aytiladi?
A barg bandi rivojlanmagan o’simliklarning bargiga
B barg yaprog’i rivojlanmagan o’simliklarga
C barg bandida bitta barg yaprog’i joylashgan o’simliklarga
D barg bandida bir nechta barg yaprog’i joylashgan o’simliklarga
67.Murakkab barg deb nimaga aytiladi?
A barg bandida bir nechta barg yaprog’i joylashgan o’simliklarga
B barg yaprog’i rivojlanmagan o’simliklarga
C barg bandida bitta barg yaprog’i joylashgan o’simliklarga
D barg bandida bir nechta bargchalar bandchalari orqali joylashgan o’simliklarga
68. Oddiy bargli o’simliklarni belgilang.
1)olma 2)shirinmiya 3)beda 4)nok 5)o’rik 6)soxta kashtan 7)shaftoli 8)yong’oq 9)tut 10)tok 11)na’matak 12)qulupnay 13)loviya 14)no’xat 15)yeryong’oq 16)g’o’za 17)terak 18)rovoch 19)yantoq
A 1,4,5,7,9,12,16,17,18 B 1,4,5,7,9,12,16,17,18,19
C 1,4,5,7,9,10,16,17,18 D 1,4,5,7,9,10,16,17,18,19
69. Quyidagi o’simliklardan murakkab bargga ega bo’lmagan(lar)ini belgilang.
1)gilos 2)qayrag’och 3)majnuntol
A 1 B 1,2,3 C 1,3 D 2,3
70. Murakkab bargli o’simliklarni belgilang.
1)olma 2)shirinmiya 3)beda 4)nok 5)o’rik 6)soxta kashtan 7)shaftoli 8)yong’oq 9)tut 10)tok 11)na’matak 12)qulupnay 13)loviya 14)no’xat 15)yeryong’oq 16)g’o’za 17)terak 18)rovoch 19)yantoq
A 2,3,6,8,10,11,12,13,14,15,18,19
B 2,3,6,8,10,11,12,13,14,15
C 2,3,6,8,11,12,13,14,15,18,19
D 2,3,6,8,11,12,13,14,15
71.Barg yaprog’i shakliga ko’ra qanday guruhlarga bo’linadi?
A panjasimon, uch bargchali, patsimon
B yumaloq, panjasimon, tuxumsimon, ovalsimon, yuraksimon, nashtarsimon, qalami, robmsimon, uchburchaksimon, tuxumsimon, o’q-yoysimon
C panjasimon, uch bo’lakli, patsimon
D o’yilgan, tekis
72. Barglar yapqog’ining qirrasi qanday bo’ladi?
A tekis, tishli, ikki karra tishli, arrasimon, o’yilgan
B yumaloq, panjasimon, tuxumsimon,ovalsimon, yuraksimon,nashtarsimon, qalami, robmsimon, uchburchaksimon
C panjasimon, uch bo’lakli, patsimon
D o’yilgan, tekis
73. Barglarning tukli yoki tuksiz bo’lishi nima(lar)ga bog’liq?
A o’simlik turiga B o’sish sharoitiga
C A va B D sistematik birligiga
74.ko’pchilik o’simliklar bargi uchun xos bo’lgan xususiyatni belgilang.
A ustki tomoni tuki bo’ladi
B barglari tuklar bilan qoplangan bo’ladi
C barglari tuklar bilan qoplanmagan bo’ladi
D bargining orqa tomoni tukli bo’ladi
75.Oddiy barglar yaprog’ining tuzilishiga ko’ra qanday bo’ladi?
A panjasimon, uch bargchali, patsimon
B yumaloq, panjasimon, tuxumsimon,ovalsimon, yuraksimon,nashtarsimon, qalami, robmsimon, uchburchaksimon
C panjasimon, uch bo’lakli, patsimon
D o’yilgan, tekis
76. Murakkab barglar qanday turlarga bo’linadi ?
A 4; panjasimon, uch bargchali, toq va juft patsimon, ikki va uch karra patsimon
B 3; panjasimon, uch bo’lakli, patsimon
C 3; panjasimon, uch bargchali, toq va juft panjasimon
D 3; panjasimon, uch bargchali, toq va juft patsimon
77. Murakkab bargli o’simliklarni bargining xillari bilan juftlab yozing.
a)panjasimon b)toq patsimon c)juft patsimon d)uch bargchali
1)yong’oq 2)qulupnay 3)yeryong’oq 4)shoyi akatsiya 5)zarang 6)sebarga 7)no’xat 8)loviya 9)mosh 10)beda 11)soxta kashtan 12)shirinmiya
A a-5,11; b-1,3; c-12; d-6,7,8,9;
B a-11; b-1,12; c-3; d-6,8,9;
C a-5,11; b-1,12; c-3; d-2,6,8,9;
D a-11; b-1,12; c-3; d-2,6,8,9;
78.Uch bo’lakli oddiy bargga ega bo’lgan o’simlikni belgilang.
A anjir B g’o’za C zarang D yantoq
79.juft patsimon barg tuzilishiga xos bo’lgan xususiyatni belgilang.
A bargchalar umumiy barg bandining oxirigacha qarama-qarshi joylashgan bo’ladi
B bargchalar soni juft bo’ladi
C umumiy barg bandining uchi bitta barg bilan tugaydi
D umumiy barg bandining uchi uchta barg bilan tugaydi
80.Toq patsimon bargning tuzilishiga xos bo’lgan xususiyatni belgilang.
A bargchalar umumiy barg bandining oxirigacha qarama-qarshi joylashgan bo’ladi
B umumiy barg bandining uchi barg bilan tugamaydi
C umumiy barg bandining uchi bitta barg bilan tugaydi
D umumiy barg bandining uchi ikkita barg bilan tugaydi
81.Gajaklarga ega bo’lgan o’simliklarni belgilang.
A no’xat, burchoq B beda, loviya
C loviya, burchoq D qulupnay, no’xat, burchoq
82. Burchoq o’simligidagi gajak qaysi tuzilmaning o’zgarishidan hosil bo’lgan?
A juft patsimon bargdagi oxirgi barg B juft bargchalarning o’rnida C novda D toq bargchalar o’rnida
83.Yong’oqning asosiy barg bandida qarama-qarshi bargchalar 3juft bo’lsa jami burglar sonini belgilang.
A)7 B)6 C)5 D)4
84. Yeryong’oqning asosiy barg bandida qarama-qarshi bargchalar 3juft bo’lsa jami burglar sonini belgilang.
A)7 B)6 C)5 D)4
85.Barg shaklining turli xil bo’lishi nimaga bog’liq?
A o’simlik turiga B o’sish sharoitiga C A va B
D sistematik birligiga
86.Saksovul bargiga xos bo’lgan xususiyatlarni belgilang.
1)bargi juda maydalashib ketgan 2)qipiq shakliga kelib qolgan 3)bargi faqat barg yaprog’idan iborat 4)bargining uzunligi 3-4 mm 5)barg bandi bo’lmaydi
6)bargining uzunligi 2mm
A 1,2,4,5 B 1,2,3,6 C 1,2,3,5,6 D 1,2,5,6
87.Qaysi o’simlik(oila)laring bargining uzunligi 50-70 smdan 1 metrgacha yetadi?
A kavrak, rovoch, ojud
B murakkabguldoshlar, soyabonguldoshlar
C rovoch, ojud, karrak
D ziradoshlar,soyabonguldoshlar
88.Barglar … ga qarab juda xilma-xil bo’ladi.
A turiga B yaprog’ shakliga C o’sish sharoitiga
D hayotiy shakliga
89. Glidechiya ……….. daraxti
A)tikan B)gajak C)loviya D)anjir
90.Yaxlit bargli o’simliklarni belgilang.
A kavrak, rovoch, ojud B gilos, olma, o’rik
C tol, anjir, g’o’za, tut D g’o’za, tok,anjir,tut
91.Barglari novdada navbat bilan joylashgan o’simliklarni belgilang.
1)rayhon 2)g’o’za 3)tok 4)yalpiz 5)qirqbo’g’im 6)pomidor 7)chinnigul 8)olma 9)ligustrum 10)nastarin 11)o’rik 12)dalachoy 13)sambitgul 14)terak 15)kiyiko’t 16)tut 17)mavrak 18)qumrio’t 19)atirgul 20)gazanda 21)oqquray 22)kampirchopon 23)do’lana
A 1,4,7,9,10,12,15,17,20,22 B 5,13,18
C 2,3,6,8,11,14,16,19,21,23 D t.j.y
92.Qaysi tartibdagi joylashish(lar)da bir bo’g’imdan faqat bitta barg chiqadi?
A qarama-qarshi B halqa hosil qilib C navbat bilan D A va C
93.Qaysi tartibdagi joylashish(lar)da bir bo’g’imdan ikkita barg chiqadi?
A qarama-qarshi B halqa hosil qilib C navbat bilan
D A va C
94. Barglari novdada qarama-qarshi joylashgan o’simliklarni belgilang.
1)rayhon 2)g’o’za 3)tok 4)yalpiz 5)qirqbo’g’im 6)pomidor 7)chinnigul 8)olma 9)ligustrum 10)nastarin 11)o’rik 12)dalachoy 13)sambitgul 14)terak 15)kiyiko’t 16)tut 17)marmarak 18)qumrio’t 19)atirgul 20)gazanda 21)oqquray 22)kampirchopon 23)do’lana
A 1,4,7,9,10,12,15,17,20,22 B 5,13,18
C 2,3,6,8,11,14,16,19,21,23 D t.j.y
95. Qaysi tartibdagi joylashish(lar)da har qaysi bo’g’imdan bir nechtadan barg chiqadi?
A qarama-qarshi B halqa hosil qilib C navbat bilan
D A va B
96. Barglari novdada halqa hosil qilib joylashgan o’simliklarni belgilang.
1)rayhon 2)g’o’za 3)tok 4)yalpiz 5)qirqbo’g’im 6)pomidor 7)chinnigul 8)olma 9)ligustrum 10)nastarin 11)o’rik 12)dalachoy 13)sambitgul 14)terak 15)kiyiko’t 16)tut 17)mavrak 18)qumrio’t 19)atirgul 20)gazanda 21)oqquray 22)kampirchopon 23)do’lana
A 1,4,7,9,10,12,15,17,20,22 B 5,13,18
C 2,3,6,8,11,14,16,19,21,23 D t.j.y
97.Novdada barglar qanchalik qalin va ko’p joylashgan bo’lsa ularning quyosh nuriga nisbatan ehtiyoji qanday bo’ladi?
A har qaysi bargi quyosh nuri tushib turadigan holatda, quyoshga qarab o’girilib turadi
B Ustki qismdagi barglari quyosh nuriga to’yinganligi uchun yirik, pastdagilari esa nimjon va nozik bo’ladi
C Pastki qsimdagi barglari yirik, ustki qismdagilari esa mayda bo’ladi
D yorug’lik teng taqsimlanadi natijada yorug’lik tushmaydigan barglar tezda qurib qoladi
98. Barg va kurtaklar uchun umumiy xususiyat.
A vegetativ organi hisoblanadi
B pishiq qobiq bilan qoplangan
C generativ va vegetativ bo’ladi
D qarama-qarshi, navbat bilan, va halqa hosil qilib joylashadi
99. Bargning qanday hujayralar va to’qimalardan tuzilganligini ko’rish uchun qanday usulda preparat tayyorlanadi?
A yangi uzilgan barg ko’ndalangiga yupqa kesiladi va buyum oynasidagi bir tomchi suvga joylanadi
B yangi uzilgan barg uzunasiga yupqa kesiladi va buyum oynasidagi bir tomchi suvga joylanadi
C yangi uzilgan barg ko’ndalangiga yupqa kesiladi va buyum oynasidagi bir tomchi suv yoki glitseringa joylanadi
D yangi uzilgan barg uzunasiga yupqa kesiladi va buyum oynasidagi bir tomchi suv yoki glitseringa joylanadi
100. Barg yaprog’ining … tomon(lar)i po’st bilan qoplangan.
A ustki B ostki C ustki va ostki D barcha
101. Bargning qaysi qismida hujayralar bir-biriga zich yondashgan holatda bo’ladi?
A barg po’sti B barg etida
C barg yaprog’ining barcha qismida
D nay tolali boylamlarda
102. Bargning qaysi qismidagi hujayralarning deyarli hammasi shaffof bo’lib ular orqali yorug’lik o’tadi?
A barg po’sti B barg etida
C barg yaprog’ining barcha qismida
D nay tolali boylamlarda
103.Barg po’stida joylashgan hujayralarning bajaradigan vazifalarini belgilang.
1)ichki qatlamlarni shikastlanishdan saqlaydi 2)ichki qatlamlarni qurib qolishdan saqlaydi 3)yorug’likning o’tishini ta’minlaydi 4)suvni bug’latadi
A 1,2,3,4 B 1,2 C 1,2,3 D 3
104. Barg og’izchalari bargning qaysi qatlamida joylashgan?
A barg po’sti B barg etida
C barg yaprog’ining barcha qismida
D nay tolali boylamlarda
105.Barg og`izcha hujayralari xususiyatlari to’g’ri keltirilgan javobni belgilang
1) loviyasimon shaklda 2) ustunchasimon shaklda
3) ovalsimon shaklda 4)juft hujayralar 5)sitoplazma va mag`izdan tashkil topgan 6) sitoplazma, yashil plastida va mag`izdan tashkil topgan 7) hujayra qobig’i,sitoplazma, yashil plastida va mag`izdan tashkil topgan 8) hujayra qobig’i, vakuol, sitoplazma, yashil plastida va mag`izdan tashkil topgan
A1,4,6 B 2,4,7 C1,4,8 D3,4,6
106. Bargning ustki va orqa tomonidagi po’sti oralig’ida … hujayralari joylashgan.
A barg po’sti B barg eti C loviyasimon D ustunsimon
107. Barg eti hujayralarining hujayraviy tarkibini belgilang.
1) qobiq 2)sitoplazma 3)yadro 4)xlorofill
A 1,2,3 B 1,2,3,4 C 1,3,4 D 2,3,4
76.Barg eti hujayralari necha qavat bo’lib joylashgan?
A 2 B 1 C 5 D bir necha qavat
108. Barg po’stining tagidagi qavatdagi hujayralarning shakli qanday bo’ladi?
A loviyasimon B ovalsimon C ustunsimon D yumaloq
109. Ovalsimon va yumaloq hujayralarning joylashgan o’rnini tog’ri belgilang.
A ustunsimon hujayralarning ustida
B loviyasimon hujayralarning ostida
C ustunsimon hujayralarning ostida
D loviyasimon hujayralarning ustida
110.Loviyasimon(a) va ovalsimon(b) hujayralar bargning qaysi qismlarida bo’ladi?
1)barg po’stida 2)barg tomirlarida 3)barg etida 4)qavat ustunchalar ostida 5)barg tukchasida
A)a-3,b-5 B)a-4,b-1 C)a-2,b-4 D)a-1,b-4
111.Quyidagilardan qaysi bir(lar)ida xlorofill bo’lmaydi?
1) barg og’izcha hujayralarida 2) barg po’st hujayralarida 3) ustunsimon hujayralarda 4) ovalsimon hujayralarda
A 1,4 B 2,4 C 2,3 D 2
112. Barglarning ichki tuzilishiga xos bo’lgan jihatlarni belgilang.
1)ustki va ostki po’st (epiderma) 2)barg eti 3)o’tkazuvchi nay tola 4)og’izcha 5)tukcha
A 1,2,3 B 1,2,3,4,5 C 2,3,4 D 1,2,3,4
113.Barg ichki tuzilishi tarkibiga kiruvchi tarkibiy qism(hujayralar)larining tuzilishini to’g’ri joylashtiring.
1) naychalar 2) elaksimon naylar 3)tolalar
a) qalin devor(po’st)li b) cho’ziq hujayralar
c) o’lik d) bir-biriga zanjir shaklida ulangan e)pishiq tuzilishli f)juda uzun hujayralar
A 1-a,c; 2-b,d; 3-a,e,f; B 1-b,c; 2-a,b,d; 3-a,e,f;
C 1-a,c,e; 2-b,d; 3-a,e; D 1- a,e,f; 2-b,d; 3- a,c;
114. Po’sti qalin, pishiq, juda uzun hujayralarning bargdagi vazifasini belgilang.
A suv va unda erigan mineral moddalarni ildizdan bargga tashiydi
B oziq moddalarni bargdan boshqa organlarga tashiydi
C bargga mustahkamlik beradi D t.j.y
115.Barg tomirining nay tolalali boylamlarini nimalar hosil qiladi?
1)tomir 2)naycha 3)elaksimon naychalar 4)tola 5)yog’ochlik tolalari
A 1,2,3,4,5 B 1,2,3 C 2,3,4 D 2,3,5
116.Tomirlar barg etining qaysi qismlarigacha kirib boradi?
A ustunsimon hujayralar qavatigacha
B ovalsimon hujayralar qavatigacha
C yumaloq hujayralar qavatigacha
D barg etining barcha qismigacha
117. Barglarning ichki qismi qaysi to’qimalardan tashkil topgan?
1)asosiy 2)hosil qiluvchi 3)mexanik 4)o’tkazuvchi
5)qoplovchi
A 1,2,3,4 B 2,3,4,5 C 1,3,4,5 D 1,2,4,5

005
1.O’simlikning qaysi qismlaridan ko’paytirilganda vegetativ ko’payish sodir bo’ladi?


1)ildiz 2)ildizpoya 3)tugunak 4)piyozbosh 5)novda 6)barg 7)urug’ 8)meva
A hammasi B 2,3,4,5 C 1,2,3,4,5,6 D 1,5,6
2. Ildizpoyasidan ko’payuvchi o’simliklari belgilang.
1)lola 2)ajriq 3)boychechak 4)g’umay 5)salomalaykum 6)gladious 7)nargiz 8)bug’doyiq
A 1,3,4,5,8 B 2,4,5,8 C 1,3,6,7 D 2,4,5,6
3. Piyozboshidan ko’payuvchi o’simliklari belgilang.
1)lola 2)ajriq 3)boychechak 4)g’umay 5)salomalaykum 6)gladious 7)nargiz 8)bug’doyiq
A 1,3,4,5,8 B 2,4,5,8 C 1,3,6,7 D 2,4,5,6
4.Qaysi o’simliklarning ildizidagi kurtaklardan yangi novdalar hosil bo’lishi hisobiga vegetativ ko’payadi?
A qoraqat, na’matak, qizilmiya, yantoq, olvoli, terak
B yantoq, tok, qoraqat, na’matak, shirinmiya, terak
C yantoq, olvoli,atirgul, qoraqat, terak, shirinmiya
D shirinmiya, yantoq, olvoli, uchqat, na’matak, terak
5. Ildiz bachkisi nima?
A ildizda hosil bo’lgan kurtaklar
B ildizdan hosil bo’lgan novdalar
C ildizning uchki qismi D ildizpoyadagi kurtaklar
6.Ildiz bachkisidan yangi mustaqil o’simliklarning hosil bo’lishi qaysi hayotiy shakllar o’rtasida uchraydi?
1)daraxt 2)buta 3) ko’p yillik o’t
A 1 B 1,2 C 1,3 D 1,2,3
7.Qalamchasidan ko’paytiriladigan o’simliklarni belgilang.
1)malina 2)jiyda 3)atirgul 4)qoraqat 5)tok 6)anor 7)anjir 8)terak
A 1,2,3,6,7,8 B 2,3,4,5,6,7 C hammasi D 1,4,5,6,7
8. Payvandlash uchun olinadigan payvandustga xos bo’lgan xususiyatlarni belgilang. (iskana payvandda)
1) yillik novdalar hisoblanib shira harakati yurishidan oldin kesib olinadi 2) yillik novdalar hisoblanib shira harakati boshlangandan keyin kesib olinadi 3)maxsus salqin joylarda saqlanadi 4)issiqxonalarda saqlanadi 5)2-3 tadan kurtaklari qoldirib kesiladi 6)pastki qismi ponaga o’xshatib kesiladi
A 1,3,5,6 B 2,3,5,6 C 1,4,5,6 D 2,4,5,6
9.Qalamchasidan ko’paytiriladigan, barglari ancha barvaqt to’kiladigan, yog’ochligi yumshoq, bahor kelishi bilan dastlab barg kurtagidan barg, gul kurtagidan gul chiqadigan; bargli poyaga ega bo’lgan o’simlikni belgilang
A terak B aylant C tol D jiyda
10. Asosiy tupdan o’sib chiqqan sudraluvchi yosh poya nima deb ataladi?
A yillik novda B jingalak C gajak D bachki
11.Gul nima(lar)ning shakl o’zgarishidan hosil bo’lgan?
A barg B novda C gulqo’rg’on D A vaB
12.Gullarning xilma-xilligi …ga bog’liq.
A hayotiy shakl B o’sish sharoiti
C o’simlikning qaysi sistematik birlikka mansubligi
D B va C
13. Gulband, ildizlar, yog’ochlik hujayralari … bilan bir-biridan farq qiladi.
A tuzilishi B shakli C o’lchami D B va C
14.Qanday gullar o’troq gullar deyiladi ?
A changchi va urug’chisi shakllanmagan
B gulqo’rg’oni yo’q yoki tangachaga aylangan
C gulo’rni shakllanmagan D gulbandi shakllanmagan
15.O’simlikda changchilarning bittadan yoki bir nechtadan bo’lishi nimaga bog’liq?
A changlanish xususiyatiga B gul tuzilishiga
C o’simlik turiga D joylashishiga
16.Changchi iplari gulo’ringa qanday shakllarda joylashgan bo’ladi?
A alohida-alohida yoki qo’shilib
B qo’shilib yoki tutam hosil qilib
C alohida-alohida yoki tutam hosil qilib
D alohida-alohida, tutam hosil qilib yoki qo’shilib
17.Yopiq urug’li o’simliklarda urug’kurtak qayerda joylashgan bo’ladi?
A arxegoniy B tuguncha C murtak D ustuncha
18.Meva asosan gulning qaysi qismidan hosil bo’ladi?
A arxegoniy B tuguncha C murtak D ustuncha
19.Tugunchaga xos bo’lmagan belgilar keltirilgan javobni belgilang
A uning ichida urug’kurtak joylashgan
B bir va ko’p uyli bo’ladi C ostki va ustki bo’ladi
D chang donachalarini ushlab qolish vazifasini bajaradi
20.Urug’kurtakdan nima hosil bo’ladi
A)urug’ B)meva C)endosperm D)murtak
21. Oddiy gulqo’rg’onli o’simliklarni belgilang.
1)marmarak 2)o’sma 3)olma 4)nok 5)lola 6)karnaygul 7)boychechak 8)olcha 9)qo’ypechak 10)chuchmoma 11)gulsafsar 12)g’o’za
A 1,6,9 B 5,7,10,11 C 2,3,4,5,7,12 D 3,4,8,12
22. Gulqo’rg’on bo’laklari qo’shilgan o’simliklarni belgilang.
1)marmarak 2)o’sma 3)olma 4)nok 5)lola 6)karnaygul 7)boychechak 8)olcha 9)qo’ypechak 10)chuchmoma 11)gulsafsar 12)g’o’za
A 1,6,9 B 5,7,10,11 C 2,3,4,5,7,12 D 3,4,8,12
23. Gulqo’rg’on bo’laklari qo’shilmagan o’simliklarni belgilang.
1)marmarak 2)o’sma 3)olma 4)nok 5)lola 6)karnaygul 7)boychechak 8)olcha 9)qo’ypechak 10)chuchmoma 11)gulsafsar 12)g’o’za
A 1,6,9 B 5,7,9,10,11 C 2,3,4,5,7,12 D 1,3,4,8,12
24.Yong’oq, terak o’simliklarining gullariga xos belgini aniqlang.
A gulqo’rg’onsiz B oddiy gulqo’rg’onli
C gulqo’rg’on bo’lagi qo’shilmagan
D kuchala to’pgul hosil qiladi
25. Quyidagi gul tuzilishlari va o’simliklarni juftlab yozing.
a)achambiti b)sachratqi c)lola d)olxo’ri
1)gulkosachabarglari rivojlanmagan 2)gultoji 6ta 3)gulkosachabargi 5ta 4) gultoji 5ta 5)gulkosachabargi va gultoji 4tadan 6)gulqo’rg’oni oddiy 7)gultojlari 2 halqada joylashgan 8)changchilari 2 halqada joylashgan 9)changchisi 6ta 10)urug’chisi bitta 11)urug’chisi 2ta urug’chibargning qo’shilishidan hosil bo’lgan 12)urug’chisi 3ta urug’chibargning qo’shilishidan hosil bo’lgan 13)changchilari cheksiz 14)gultojbarglari qo’shilgan 15)gultojbarglari qo’shilmagan 16)changchisi 5ta qo’shilgan
A a-5,8,9,10,11,15; b-1,4,10,11,14,16; c-2,6,7,8,9,10, 12,15; d-3,4,10,13,15;
B a-5,9,10,11,15; b-1,4,11,14,16; c-2,6,7,8,9,10, 12,15; d-3,4,10,13,15;
C a-5,8,9,10,11,15; b-1,4,10,11,14,16; c-2,6,7,8,9,10, 12,15; d-3,4,10,13,14; D t.j.y
26.Quyidagi o’simliklardan ayrim jinsli bo’lmaganlarini belgilang.
1)terak 2)tut 3)gazanda 4)tol 5)qayin 6)yong’oq 7)makkajo’xori 8)shaftoli 9)olma 10)o’rik 11)gilos
A 8,9,10,11 B 1,6,7,8,9,10,11 C 1,3,4 D 2,3,4,5
27. Qaysi o’simlik(lar)ning bitta tupida ham changchili ham urug’chili gul alohida-alohida joylashgan bo’ladi?
A qarag’ay B makkajo’xori C tol D A va B
28. Changchili gullari bir tupda, urug’chili gullari boshqa bir tupda joylashgan o’simliklarni belgilang.
1)terak 2)tut 3)gazanda 4)tol 5)qayin 6)yong’oq 7)makkajo’xori 8)qarag’ay 9)archa
A 7 B 1,3,4,8 C 1,3,4 D 1,3,4,9
29. To’g’ri gulli o’simliklarni belgilang.
1)shaftoli 2)olma 3)na’matak 4)gladiolus 5)nastarin 6)isfarak 7)lola 8)behi 9)rayhon 10)marmarak 11)gunafsha 12)qo’ng’iroqgul 13)parpi 14)kiyiko’t 15)loviya 16)burchoq 17)suvyig’ar 18)angishvonagul 19)beda
A 1,2,5,7,8 B 4,5,6,9,10,14,15,16,19 C 1,2,3,7,8,12,17
D 4,5,6,9,10,11,13,14,15,16,18,19
30. Qiyshiq gulli o’simliklarni belgilang.
1)shaftoli 2)olma 3)na’matak 4)gladiolus 5)nastarin 6)isfarak 7)lola 8)behi 9)rayhon 10)marmarak 11)gunafsha 12)qo’ng’iroqgul 13)parpi 14)kiyiko’t 15)loviya 16)burchoq 17)suvyig’ar 18)angishvonagul 19)beda
A 1,2,5,7,8 B 4,5,6,9,10,14,15,16,19 C 1,2,3,7,8,12,17
D 4,5,6,9,10,11,13,14,15,16,18,19
31.Qaysi to’pgulda turlicha uzunlikdagi gulbandli gullar kalta gulpoyada navbat bilan joylashadi?
A oddiy boshoq B oddiy qalqon C oddiy shingil D kuchala
32.Oddiy qalqonsimon to’pgulli o’simliklarni belgilang.
A shaftoli, nok, olma, olcha B o’rik, nok, olma, olcha
C gilos, nok, olma, olcha D olma, o’rik, gilos, nok
33.Qaysi turdagi to’pgulning yuqori qismining uzunligi bir xilda bo’ladi?
A oddiy boshoq B oddiy qalqonsimon C savatcha
D oddiy shingil
34. Qaysi turdagi to’pgulda mayda gullar uzun gulpoyada bandsiz joylashadi?
A oddiy boshoq B oddiy qalqonsimon C savatcha D oddiy shingil
35.Oddiy shingil to’pgulga ega bo’lgan o’simliklarni belgilang.
1)tok 2)sholi 3)karam 4)yong’oq 5)tol 6)ukrop 7)shashir 8)rediska 9)bodiyon 10)qamish 11)qashqarbeda 12)qurttana 13)achambiti 14)sabzi 15)nastarin 16)kelin supurgi 17)rovoch 18)otquloq 19)oqqayin 20)petrushka
A 3,8,12 B 1,2,10,15,16,17,18 C 3,8,11,12,13 D 6,7,9,14,20
36.Murakkab soyabonga ega bo’lgan o’simliklarni belgilang.
1)tok 2)sholi 3)karam 4)yong’oq 5)tol 6)ukrop 7)shashir 8)rediska 9)bodiyon 10)qamish 11)qashqarbeda 12)qurttana 13)achambiti 14)sabzi 15)nastarin 16)kelin supurgi 17)rovoch 18)otquloq 19)oqqayin 20)petrushka
A 3,8,12 B 1,2,10,15,16,17,18 C 3,8,11,12,13 D 6,7,9,14,20
37.Bodiyon o’simligining gullari qanday to’pgulda yig’ilgan?
A murakkab soyabon B ro’vak Csavatcha D shingil
38.Murakkab boshoqqa xos bo’lgan xususiyatlarni belgilang.
1)asosan boshoqli o’simliklarda uchraydi 2)mayda gullar uzun gulpoyada bandsiz joylashadi 3)2-3ta gul birlashib oddiy boshoqni hosil qiladi 4)2-3ta gul birlashib murakkab boshoqni hosil qiladi 5)asosiy gulpoya shoxlangan bo’ladi 6)bir nechta boshoq birlashib murakkab boshoqni hosil qiladi 7)bug’doy, arpa, javdar va bug’doyiqda uchraydi 8)zubturumda uchraydi 9)asosiy gulpoya shoxlanmagan bo’ladi
A 1,3,5,6,7 B 1,2,4,5,6,7 C 2,3,6,8,9 D 1,4,5,6,7
39.Murakkab shingil to’pguli shingillardan tashkil topgan o’simliklarni belgilang.
1)tok 2)sholi 3)karam 4)yong’oq 5)tol 6)ukrop 7)shashir 8)rediska 9)bodiyon 10)qamish 11)qashqarbeda 12)qurttana 13)achambiti 14)sabzi 15)nastarin 16)kelin supurgi 17)rovoch 18)otquloq 19)oqqayin 20)petrushka
A 3,8,11,12 B 1,2,11,15,16,17,18 C 3,8,11,12,13 D 1,15
40.Gulpoyasi shoxlanmaydigan o’simliklarni toping.
1)olcha 2)zupturum 3)otquloq 4)arpa 5)shashir 6)bodiyon 7)qashqarbeda 8)gilos
A 3,4,5,6 B1,2,5,6 C 1,2,7,8 D 2,4,5,8
41.Yong’oq va tol uchun umumiy bo’lgan xususiyat(lar)ni belgilang.
1)gulqo’rg’o’nsiz 2)ayrim jinsli 3)changchili guli to’pgul hosil qiladi 4)urug’chili guli to’pgul hosil qiladi 5)to’pguli kuchala 6)to’pguli ro’vak 7)to’pgulning asosiy gulpoyasi osilib turadi
A 1,2,3,4,5,7 B 1,2,3,5,7 C 4,6 D 6
A kuchala va ro’vak B oddiy va murakkab soyabon
C shingil va ro’vak D boshoq va kuchala
42.Boshoq qaysi jihati bilan kuchala to’pguldan farq qiladi?
A bitta umumiy gulpoyada bir nechta gul joylashadi
B asosiy gulpoyasi osilib turadi
C asosiy gulpoyasi osilib turmaydi
D asosan changchili gullarda uchraydi
43. Quyida keltirilganlardan 3 bargchali o’simlikni belgilang
A qashqarbeda B yantoq C sachratqi D qayrag’och
44.Qalqonchaning shingilga o’xshash (a) va farqi (b) ni toping
1)gulpoyasi kalta 2)gulpoyasi uzun 3)gulbandi bir xil uzunlikda 4)gulbandi har xil uzunlikda 5)oddiy 6)murakkab
A)a-5 b-1,3 B)a-5 b-1,6 C)a-6 b-1,3 D)a-1,3 b-5
45.O’troq gulli to’pgul hosil qiluvchi o’simliklarni toping.
A)zubturum, sebarga, makkajo’xori so’tasi
B)yong’oq oqqayin, tol, piyoz
C)kungaboqar, qoqio’t,qashqarbeda
D)hammasi
46. Shamol yordamida changlanuvchi o’simliklarning guli uchun xos bo’lgan xususiyat
A chiroyli gulli, ochilgan vaqtda xushbo’y hid taratadi
B changdondagi chang va urug’chilar bir vaqtda yetiladi
C urug’chi changchiga nisbatan qisqaroq bo’ladi
D guli ko’rimsiz, mayda va hidsiz bo’ladi
47. Shamol yordamida changlanuvchi o’simliklarning guli uchun xos bo’lgan xususiyat
A dastlab barg kurtakdan barg, so’ngra gul kurtakdan gul chiqaradi
B changdondagi chang va urug’chilar bir vaqtda yetiladi
C urug’chi changchiga nisbatan qisqaroq bo’ladi
D avval gullab, so’ngra barg chiqaradi
48.Sun’iy chanlantirishdan ko’zlangan maqsad nima?
A hosildorlikni oshirish, yangi turlarni yaratish
B kasalliklar,zararkunandalarga nisbatan chidamlilikni oshirish
C yangi navlarni yaratish, hosildorlikni oshirish
D hammasi
49. Urug’lanish nima?
A urug’chidagi tuxum va markaziy hujayralarning yetilishi
B changchi va urug’chidagi jinsiy hujayralarning qo’shilishi
C urug’chi ustunchasida chang yo’lining hosil bo’lishi
D yetilgan changlarning urug’chi tumshuqchasiga kelib tushishi
50. Gulli o’simliklarning changdonida nechta chang donachalari yetiladi?
A 1 ta B 2 ta C yuz-minglab D yuz minglab
51. Chang donachalarining har xil shaklda yoki kattalikda bo’lishi nimaga bog’liq?
A gulga B o’simlik turiga C o’sish sharoitiga D A va B
52.Har bir chang donasi nechta va qanday hujayra(lar)dan tuzilgan bo’ladi?
A 1ta yirik B 2 ta bir xil kattalikda
C 2 ta; mayda va yirik D 1 ta mayda
53.Chang donasi hujayralari uchun xos bo’lgan xususiyatlarni belgilang.
1)2ta hujayradan tashkil topgan 2)hujayralarining yirigi jinsiy(generativ) hujayra, maydasi vegetativ hujayra deyiladi 3)hujayralarining yirigi vegetativ hujayra, maydasi jinsiy(generativ) hujayra deyiladi 4)vegetativ hujayrasida sitoplazma va mag’iz bo’ladi 5)generativ hujayrasida sitoplazma va mag’iz bo’ladi
A 1,3,4 B 1,3,5 C 1,3,4,5 D 1,2,5
54.Chang donasi turli yo’llar bilan tumshuqchada ushlanib qolingandan keyin ro’y beradigan jarayonlarni belgilang.
1)generativ hujayrasi o’sib ingichka va uzun chang yo’lini hosil qiladi 2)vegetativ hujayrasi o’sib ingichka va uzun chang yo’lini hosil qiladi 3)vegetativ hujayrasi bo’lib 2 ta sperma hosil qiladi 4)generativ hujayrasi bo’lib 2 ta sperma hosil qiladi 5)spermalardan biri tuxum, ikkinchisi markaziy hujayra bilan qo’shiladi-qo’sh urug’lanish jarayoni sodir bo’ladi
A 1,4,5 B 2,4,5 C 1,3,5 D 2,3,5
55.Tuxum hujayradan(1), markaziy hujayradan(2), urug’kurtakchadan(3), urug’kurtak po’stidan(4) nima hosil bo’ladi?
a)urug’ b)endosperma c)urug’ po’sti d)murtak
A 1-d; 2-b; 3-d; 4-c; B 1-c; 2-d; 3-a; 4-c;
C 1-d; 2-b; 3-a; 4-d; D 1-d; 2-b; 3-a; 4-c;
56. Turpning urug’kurtagidan nima rivojlanadi?
A meva B markaziy hujayra C urug’ D murtak
57. Bitta urug’kurtakka ega o’simliklarni ko’rsating.
1)olcha 2)shaftoli 3)boychechak 4)lola 5)gilos 6)g’o’za
A 1,2,3 B 1,2,5 C 1,4,6 D 3,4,6
58. Bir nechta urug’kurtakka ega o’simliklarni ko’rsating.
1)olcha 2)shaftoli 3)boychechak 4)lola 5)gilos 6)g’o’za
A 1,2,3 B 1,2,5 C 1,4,6 D 3,4,6
59.Dunyodagi eng yirik gulga xos bo’lgan xususiyatlarni belgilang.
1)1918-yilda Sumatra orolidan topilgan 2)ilk bor o’simlikni doktor Arnold Tomas va Stafford Raffls uchratishgan 3) 1818-yilda Sumatra orolidan topilgan
4) ilk bor o’simlikni doktor Arnold va Tomas Stafford Raffls uchratishgan 5)diametri 5m keladi 6)gultojbarglarining qalinligi 1 sm keladi 7) diametri 1m keladi 8) gultojbarglarining qalinligi 5 sm keladi 9)rangi, poyasi va bargi yo’q 10) rangi, ildizi va bargi yo’q 11)qo’lansa hidli 12)boshqa o’simlikning uzun po’stlog’i ichiga kirib olib uning shirasi hisobiga yashaydi
A 2,3,5,6,10,11,12 B 3,4,7,8,9,11,12
C 3,4,7,8,10,11,12 D 2,3,7,8,9,11,12
60.Raffleziya Arnoldining qaysi xususiyatlari kuzatuvchilarda katta qiziqish tug’dirdi?
1)diametrining 1m ekanligi 2)gultojbarglarining 5sm ekanligi 3)rangining yo’qligi 4)poyasi va bargining yo’qligi 5) ildizi va bargining yo’qligi 6)qo’lansa hidi
A 1,2 B 1,2,3,6 C 1,2,3,4,6 D 1,2,3,5,6
61. Meva asosan gulning qaysi qism(lar)idan hosil bo’ladi?
A gulqo’rg’on B tuguncha C changchi va urug’chi
62.Meva qayerdan shakllanganliga ko’ra qanday bo’ladi?
A 2; ho’l va quruq B 2; chin va soxta
C 4; ho’l va quruq, chin va soxta
D 2; chatnaydigan va chatnamaydigan
63.Agar meva faqat tugunchaning o’zidan hosil bo’lsa(a), agar uning hosil bo’lishida tugunchadan tashqari gulning boshqa a’zolari ham qatnashsa(b) qanday ataladi?
1)soxta meva 2)ho’l meva 3)chin meva 4)quruq meva
A a-1; b-3; B a-2; b-4; C a-4; b-2; D a-3; b-1;
64. Chin mevali o’simliklarni belgilang.
1)olma 2)o’rik 3)olxo’ri 4)behi 5)shaftoli 6)olcha 7)nok 8)gilos
A 1,3,4,5,7 B 2,5,6,8 C 2,3,5,6,8 D 1,4,7
65.Mevaning o’simliklar hayotidagi ahamiyati nima(lar)dan iborat?
A urug’ pishib yetilguncha uni tashqi ta’sirlardan himoya qiladi
B urug’ning tarqalishiga yordam beradi
C o’simliklarning nasl qoldirishi uchun zarur
66. Ho’l mevaga ega bo’lmagan o’simliklar ketirilgan javobni belgilang.
A olcha, o’rik, shaftoli B no’xat, mosh, loviya
C pista, yong’oq, bodom D B va C
67.Mevasining eti qalin va usti qattiq po’st bilan qoplangan qovoq mevali o’simliklarni belgilang.
1)bodring 2)tarvuz 3)qovun 4)qovoq 5)handalak 6)tomoshaqovoq
A 2,3,4 B 1,2,3,4 C 2,3,4,5,6 D 1,2,3,4,5,6
68. O’rik, olxo’ri, olcha, gilos uchun umumiy bo’lgan xususiyatlarni belgilang.
A chin meva B ho’l meva C danakli meva D hammasi
69.Mevasi faqat tugunchadan hosil bo’ladigan, mevasining oraliq qismi seret va qalin, tarkibida inson salomatligi uchun zarur bo’lgan foydali moddalarga va darmondorilarga boy, ayniqsa shifobaxshlik xususiyati bilan ajralib turadigan o’simlikni belgilang.
A olma B o’rik C olxo’ri D gilos
70. Quruq mevalar qanday guruhlarga bo’linadi?
A ko’sak(cha), qo’zoq(cha), don,dukkak
B chatnaydigan va chatnamaydigan C chin va soxta D yong’oqcha, danakcha,ko’sak(cha),qo’zoq(cha),don, dukkak
71. Chatnamaydigan quruq meva turini belgilang.
A B va D B don C qo’zoq D qovoq meva
72.Bug’doy, arpa, suli va makkajo’xori uchun umumiy bo’lgan xususiyat(lar)ni belgilang.
A to’pguli B hayotiy shakl C mevasi D B va C
73. Chatnaydigan meva turlarini belgilang.
1)yong’oqcha 2)danakcha 3)ko’sak(cha) 4)don 5)dukkak 6)qo’zoq(cha)
A hammasi B 1,2,3,5,6 C 2,3,5,6 D 3,5,6
74.Urug’i pishgach chokidan ochiladigan o’simliklarni belgilang.
1)rediska 2)jag’-jag’ 3)makkajo’xori 4)ituzum 5)mosh 6)turp 7)loviya
A 1,2,4,5,7 B 1,2,3,4,6,7 C 1,2,5,6,7 D 2,4,5,6,7
75.Meva turlari va ularga mos jihatlarni juftlab yozing.
a)ko’sak meva b)qo’zoq meva c)dukkak meva
1)chetlari bir-biriga qo’shilib ketgan meva bargchalardan iborat 2)bir nechta mevabargchalardan tashkil topgan 3)pallalari orasida to’siq bo’ladi 4)pallalari orasida to’siq bo’lmaydi
A a-1; b-2,3; c-2,4; B a-1; b-2,4; c-2,3;
C a-2; b-1,3; c-1,4; D a-2; b-1,4; c-1,3;
76.Mevasi bir nechta mevabargdan tashkil topib urug’i pishgach chokidan ochiladigan o’simliklarni belgilang.
1)g’o’za 2)burchoq 3)lola 4)mosh 5)karam 6)loviya 7)boychechak 8)turp 9)no’xat 10)bangidevona 11)zirako’t 12)chuchmoma 13)beda 14)rediska 15)oq akatsiya 16)qurttana
A 5,8,14,16 B 1,3,7,10,11,12,15 C 1,3,7,10,12
D 2,4,6,9,11,13,15
77.Mevasi bir nechta mevabargdan tashkil topgan o’simliklarni belgilang.
A chuchmoma, xolmon, ituzum, kartoshka
B boychechak, lola, bangidevona, chuchmoma
C zirako’t, boqila, afsonak, yasmiq
D beda, quyonsuyak, yantoq, shirinmiya
78.Mevasi chetlari bir-biriga qo’shilib ketgan meva bargchalardan iborat bo’lgan o’simliklarni belgilang. (pallalar o’rtasida to’siq yo’q)
1)g’o’za 2)burchoq 3)lola 4)mosh 5)karam 6)loviya 7)boychechak 8)turp 9)no’xat 10)bangidevona 11)zirako’t 12)chuchmoma 13)beda 14)rediska 15)oq akatsiya 16)qurttana
A 5,8,14,16 B 1,3,7,10,11,12,15 C 1,3,7,10,12
D 2,4,6,9,11,13,15
79.Mevasi chetlari bir-biriga qo’shilib ketgan mevabargchalardan tuzilgan o’simliklani belgilang.(pallalar o’rtasida to’siq yo’q)
A chuchmoma, xolmon, ituzum, kartoshka
B boychechak, lola, bangidevona, chuchmoma
C zirako’t, boqila, afsonak, ebalak
D gledichiya, quyonsuyak, yantoq, shirinmiya
80. Mevasi 2 ta palladan tashkil topgan bo’lib, shu pallalar o’rtasida to’sig’i bo’ladigan o’simliklarni belgilang.
A quttana, qand lavlagi, o’sma, ismaloq
B turp, rediska, sovoy, o’sma
C zirako’t, boqila, afsonak, ebalak
D gledichiya, quyonsuyak, yantoq, shirinmiya
81.Qanotchali mevaga ega bo’lgan manzarali daraxtlarni belgilang.
1)qayrag’och 2)saksovul 3)boyalish 4)zarang 5)rovoch 6)jud 7)cherkez 8)shumtol 9)terak
A hammasi B 1,2,3,4,5,6,7,8 C 1,2,4,8 D 1,4,8
82.Ikki urug’pallalilarning murtagi nimalardan tashkil topgan?
A boshlang’ich ildizcha, poyacha va kurtakcha
B ildizcha, poyacha,kurtakcha va ikkita bargcha
C 1ta urug’palla va murtak
D 2ta urug’palla va murtak
83. O’zb. Ikki urug’pallali madaniy o’simliklar ichida eng keng tarqalgan o’simlikni belgilang.
A bug’doy B makkajo’xori C g’o’za D kanop
84.G’o’za chigitini tashqi tomondan qoplab turadigan qobig’iga xos bo’lgan xususiyatlarni belgilang.
1)oq va yupqa 2)qalin 3)yog’ochlashgan 4)hujayralarida uzun tuklar-tolalar joylashgan 5)yogo’chlashmagan
A 1,3,4 B 2,3,4 C 1,4,5 D 2,4,5
85.G’o’za urug’ining ichki tuzilishini to’g’ri ketma-ketlikda belgilang.
1)murtak 2)oq va yupqa po’st 3)yog’ochsimon qobiq 4)urug’palla
A 3,4,1 B 3,1,4 C 3,2,1,4 D 3,2,4,1
86.G’o’za urug’pallasiga xos bo’lgan xususiyat(lar)ni belgilang.
1)endosperma va murtakni ajratib turadi 2)murtakdan keyin joylashgan 3)qat-qat bo’lib joylashgan bo’ladi 4)oq yupqa po’st va murtak orasida joylashgan
A 1,3 B 3 C 2,3 D 3,4
87. Yer yuzasiga ikki urug’palla bargi bilan chiqadigan o’simliklarni belgilang.
1)xolmon 2) gledichiya 3)izen 4)xarduma 5)ajriq
6) magnoliya
A 1,4,5 B 1,4,5,6 C 2,3,6 D 2,3,5
88.Bir urug’pallalilar urug’ining tarkibiy qismlarini belgilang.
A boshlang’ich ildizcha, poyacha va kurtakcha
B ildizcha, poyacha va ikkita bargcha
C 1ta urug’palla va murtak
D 2ta urug’palla va murtak
89.Bir urug’pallalilarning murtagi nimalardan tashkil topgan?
A boshlang’ich ildizcha, poyacha va kurtakcha
B ildizcha, poyacha va ikkita bargcha
C 1ta urug’palla va murtak D 2ta urug’palla va murtak
90.Bug’doy va uning urug’iga xos bo’lgan xususiyatlarni belgilang.
1)yer yuzida eng ko’p tarqalgan bir urug’pallali o’simlik 2)sirti yupqa sariq po’st bilan qoplangan 3)sirti qalin sariq po’st bilan qoplangan 4)sirti yupqa oq po’st bilan qoplangan 5)po’sti qo’shilib o’sgan ikkita qobiqdan iborat 6)tashqisi urug’ po’sti ichkisi meva qobig’i 7)tashqisi meva qobig’i ichkisi urug’ po’sti
A 1,2,5,6 B 1,3,5,7 C 1,2,5,7 D 1,4,5,7
91.Bug’doy urug’ining aksariyat qismini nima tashkil qiladi?
A endosperma B urug’palla C murtak D kurtakcha
92.Urug’i tarkibida ko’p miqdorda moy va zaharli moddalar bo’ladigan o’simlikni belgilang.
A maxsar B kampirchopon C shaftoli D pista
93.Urug’i tarkibidagi hujayralarida ko’p miqdorda kraxmal va oqsil bo’ladigan o’simlik(lar)ni belgilang.
A kartoshka B bug’doy C soya va loviya
D kartoshka va bug’doy
94.Urug’ nafas olganda qanday jarayon kuzatiladi?
1)karbonat angidrid ajratadi 2)suv(namlik)ni o’ziga tortadi 3)kislorod ajratadi 4)issiqlik ajratadi 5)suv ajratadi 6)issiqlik yutadi 7)kislorod yutadi 8)karbonat angidrid yutadi
A 7,4 B 7 C 1,2,6 D 4,8
95.Urug’ nafas chiqarganda qanday jarayon kuzatiladi?
1) karbonat angidrid ajratadi 2) suv(namlik)ni o’ziga tortadi 3) kislorod ajratadi 4)issiqlik ajratadi 5)suv ajratadi 6)issiqlik yutadi
A 1,2,4 B 1,4,5 C 1,2,6 D 1,5,6
96.Keltirilgan qatorlarning qaysi birida o’simliklarning unib chiqish harorati oldin kamayib keyin ortgan?
A bug’doy, pomidor, g’o’za, bodring, qovun
B g’o’za, bodring, makkajo’xori, sabzi, bug’doy
C pomidor, makkajo’xori, sabzi, bodring, qovun
D bodring, go’za, qovun, pomidor, sabzi, bug’doy
97.Keltirilgan qatorlarning qaysi birida o’simliklarning unib chiqish harorati oldin ortib keyin kamaygan?
A bug’doy, pomidor, bodring, g’o’za, qovun
B g’o’za, bodring, makkajo’xori, sabzi, bug’doy
C pomidor, makkajo’xori, sabzi, bodring, qovun
D bodring, go’za, qovun, pomidor, sabzi, bug’doy
98. O’simliklar va ularning unib chiqishi uchun zarur bo’lgan haroratni belgilang. (+C0)
a)pomidor b)makkajo’xori c)sabzi d)bodring e)qovun f)g’o’za g)bug’doy
1)3 2)5 3)8 4)10 5)12 6)13 7)15
A 1-c; 2-g; 3-b; 4-d; 5-a; 6-f; 7-e;
B 1-g; 2-c; 3-b; 4-d; 5-a; 6-e; 7-f;
C 1-g; 2-c; 3-b; 4-a; 5-d; 6-f; 7-e;
D 1-g; 2-c; 3-a; 4-a; 5-d; 6-f; 7-e;
99.Ketma-ketlikni belgilang.
1) nish o’sib, asta-sekin maysaga aylanadi 2)nish o’sishi bilan uning ildizchasidan yosh ildizchalar o’sib chiqadi 3)yashil rangga kiradi 4)urug’palla barglari shakllanib, yer yuziga chiqadi 5)urug’palla barglari yupqalashadi, bujmayadi va sarg’ayib to’kilib ketadi 6) kunlar o’tishi bilan undagi oziq moddalar kamayib boradi
A 1,2,4,3,6,5 B 2,1,3,4,5,6
C 2,4,3,6,5,1 D 2,4,3,5,1,6
100.Meva va urug’lar million yillar davomida tarqalishda turli xil moslanishlarga ega bo’lgan quyidagilardan qaysi bir(lar)i o’simliklarning tarqalishida ahamiyatga ega emas?
1)hasharotlar 2)suv 3)shamol 4)hayvonlar 5)qushlar
6)odam
A 1 B 1,2,3,4,5,6 C 1,5 D hammasi ahamiyatga ega
101.Meva va urug’larning tarqalishi ko’p jihatdan nimaga bog’liq?
A o’simlik turiga B o’sish sharotiga C morfologiyasiga
D tashqi muhit omillariga
102.Avtoxor o’simliklar deb nimaga aytiladi?
A meva vaurug’larini o’z kuchi bilan tarqatadigan o’simliklar
B urug’-mevasini ichki bosim yordamida tarqatadigan o’simliklar
C urug’-mevasini pallalarining chatnashi yoki buralishi hisobiga tarqatadigan o’simliklar
D hammasi
103.Qaysi usulda tarqaladigan mevalar nihoyatda yengil bo’ladi?
A o’z kuchi-avtoxor B suv yordamida
C qushlar yordamida D shamol yordamida
104.Quyidagi xususiyatlardan qaysi bir(lar)i shamol orqali tarqaladigan mevalar uchun xos emas?
A 50 undan ham ortiq kilometrgacha uchib boradi
B uchma mevalar deyiladi C nihoyatda yengil bo’ladi
D alohida moslamalari (gajagi, tikani, shirasi, hidi) bo’ladi
105.Qaysi o’simliklaring mevalari uchida joylashgan bir tutam popuklar (tuk)lar hisobiga uchib tarqaladi?
1)xina 2)qayrag’och 3)nilufar 4)qo’g’a 5)saksovul 6)boyalish 7)g’umay 8)machin 9)zarang 10)yorongul 11)rovoch 12)zubturum 13)tol 14)jud 15)qurttana 16)o’qatar bodring 17)qoqio’t 18)cherkez 19)kurmak 20)shumtol 21)dukkakli o’simliklar 22)terak 23)qo’ypechak 24)burchoq 25)zarpechak 26)baliqko’z
A 2,5,6,9,11,14,18,20,26; B 3,7,8,12,15,19,23,25;
C 1,10,16,21,24 D 4,13,17,22
106.Mevasi atrofini o’rab olgan qanotchalari orqali shamolda bir yerdan ikkinchi yerga tarqaladigan o’simliklarni belgilang.
1)xina 2)qayrag’och 3)nilufar 4)qo’g’a 5)saksovul 6)boyalish 7)g’umay 8)machin 9)zarang 10)yorongul 11)rovoch 12)zubturum 13)tol 14)jud 15)qurttana 16)o’qatar bodring 17)qoqio’t 18)cherkez 19)kurmak 20)shumtol 21)dukkakli o’simliklar 22)terak 23)qo’ypechak 24)burchoq 25)zarpechak 26)baliqko’z
A 2,5,6,9,11,14,18,20,26; B 3,7,8,12,15,19,23,25;
C 1,10,16,21,24 D 4,13,17,22
107.Suv orqali tarqaladigan o’simliklarga xos bo’lgan xususiyatlarni belgilang.
A 50undan ham ortiq kilometrgacha tarqalishi mumkin
B qalin qobiqqa ega C nihoyatda yengil bo’ladi
D alohida moslamalari (gajagi, tikani, shirasi, hidi) bo’ladi
108.Yer yuzida yashil o’simliklar qancha ko’p va xilma-xil bo’lmasin umumiylik va o’xshashlik bor bu umumiylik birinchi navbatda, … namoyon bo’ladi.
A fotosintez jarayoni natijasida
B organlarining o’zaro bog’liqligi bilan
C organlar umumiyligida D hujayradan tuzilganligida
109.O’simliklar uchun asosiy bo’lgan organlarni belgilang.
1)spora 2)ildiz 3)gul 4)meva 5)poya 6)qattana 7)barg 8)sporangiy 9)rizoid
A hammasi B 2,3,4,5,6,7,9 C 2,3,4,5,6,7 D 2,3,4,5,7
110.organlar o’rtasidagi bog’liqlik kurtak, g’uncha va mevalar misolida yanada yaqqol ko’zga tashlanadi. Ularning bir holatdan ikkinchisiga o’tishida qaysi organlari o’simlik hayotida muhim rol o’ynaydi?
A ildiz va barg B ildiz va poya C ildiz, poya va barg
D hamma organlari birdek muhim ahamiyatga ega
111.O’simliklar va ularga xos bo’lgan xususiyatlarni juftlab yozing.(eng to’g’ri javobni tanlang.)
1)saksovul 2)yantoq 3)shuvoq 4)boyalish
a)issiq paytlarda bargini to’kib yuboradi b)ildizi yon tarafga 25-30 m gacha yetadi c)ildizi ozuqa qidirib chuqurlikka tushadi d)ildizi namlik(suv) qidirib chuqurlikka tushadi e)ildizi chuqurlikka 25-30 m gacha tushadi f)0,5-1mli gips qatlamlarini teshib o’tadi g)salqin tushishi bilan yana barg chiqaradi h)ildizi juda ham mustahkam
A 1-c,f,h; 2-d,e; 3-a,g; 4-a,g;
B 1-d,f,h; 2-c,e; 3-a,g; 4-a,g;
C 1-c,d,f,h; 2-d,e; 3-a,g; 4-a,g;
006.

Download 189.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling