Ushbu ma’ruzada ekzogen jarayonlar, ularning tasnifi, quruqlik va suvlik muhitda ekzogen jarayonlarning borishi, nurash, uning turlari va u bilan bog`liq relyef shakllari bayon etilgan. Ma’ruza №7 ekzogen jarayonlar. Nurash va relyef reja


Download 43.14 Kb.
bet1/6
Sana28.12.2022
Hajmi43.14 Kb.
#1070919
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
7-ma`ruza. Ekzogen jarayonlar. Nurash va relyef


Ushbu ma’ruzada ekzogen jarayonlar, ularning tasnifi, quruqlik va suvlik muhitda ekzogen jarayonlarning borishi, nurash, uning turlari va u bilan bog`liq relyef shakllari bayon etilgan.


MA’RUZA №7 EKZOGEN JARAYONLAR. NURASH VA RELYEF


Reja:
1. Ekzogen jarayonlar turlari va tasnifi.Quruqlik va suvli muhitda ekzogen jarayonlar
2. Nurash, nursh turlari va relyef shakllarining hosil bo‘lishi
3.Nurash mahsulotlari va ular bialn bog‘liq foydali qazilmalar


Tayanch so’z va iboralar: Ekzogen jarayonlar, elyuviy, delyuviy, kollyuviy, denudatsiya, akkumulyatsiya, nurash, fizik nurash, kimyoviy nurash, biologik nurash, mexanik va haroratli nurash, quyoshdan qorayishi, nurash po’stlog’i, Nurash, ximiyaviy nurash, biologik nurash, fizikaviy nurash, nurash po`sti, nurash tezligi, yonbag`ir relyefi.


1-REJA: Ekzogen jarayonlar turlari va tasnifi.Quruqlik va suvli muhitda ekzogen jarayonlar
Ekzogen (“ekzo”-tashqi, “gen”-tug’ilish, paydo bo`lish) jarayonlarning tezligi va yo`nalishini endogen kuchlar belgilab beradi va boshqaradi. Masalan, ko`tarilayotgan maydonlarda daryolar o`zanini chuqurlatadi va to`g`ri yo`nalishga ega bo`lib, tez oqishga majbur bo`ladi. Tekislikda oqayotgan daryo vodiysining ma’lum qismi cho`kayotgan bo`lsa, daryo sekin oqib, o`zanida meandra hosil qilishga majburdir. Ekzogen jarayonlar asosan relyefning mikro va mezo shakllarini, ayrim hollarda makrorelyeflarni hosil qiladi. I.P.Gerasimov va Yu.A.Mesheryakovlarning iborasi bilan aytadigan bo`lsak, ekzogen jarayonlar morfoskulpturalarni bunyod etadi. Morfoskulptura deganda katta kichikligidan qat’iy nazar ekzogen omillar ta’sirida hosil bo`lgan relyef shakllarini tushunish lozim. Ekzogen omillarning xususiyatiga ko`ra denudatsion, eroziyon va akkumulyativ morfoskulpturalarga ajratiladi. Morfoskulpturalar kenglik va balandlik, geografik zonallik qonuniyatlariga bo`ysungan holda tarkib topadi. Har bir iqlim mintaqasining xususiyatiga monand ravishda relyef shakllari tarkib topadi.
Yer yuzasida (dengiz va quruqlikda) bo`ladigan har qanday tabiiy geologik o`zgarishlar ekzodinamik protsesslar ta’sirida yuz beradi.
Yer Quyosh sistemasida o`z o`qi va Quyosh atrofida aylanishi sababli tabiiy geografik sharoitning o`zgarishiga (er yuzasining tuzilishiga) katta ta’sir ko`rsatadi.
Yuqorida biz ekzodinamik protsesslar tufayli turli tog` jinslari yemirilishi, maydalanishi, silliqlanishi, bir joydan ikkinchi joyga surilishi, va nihoyat, yotqiziqlar hosil bo`lishi haqida aytib o`tgan edik.
Ekzodinamik protsesslarning rivojlanish bosqichlarini o`rganish yer qatlamlarining paydo bo`lishi va undagi foydali qazilmalarni aniqlash va topish kabi muhim ishlarni bajarishda katta amaliy ahamiyatga egadir.
Ekzodinamik protsesslarni kuzatish Er tarixida qanday geologik. protsesslar bo`lganligini, o`tmish davr yotqiziqlarini hozirgi zamon yotqiziqlariga taqqoslab ularni aniqlashga yordam beradi.
Er yuzasida bo`ladigan ekzogen protsesslar rivojlanish bosqichiga va tabiatdagi o`rniga ko`ra quyidagilarga bo`linadi:
a) yer po`stining Quyosh nuridan isishi, uning sovishi va ximiyaviy buzilishi, maydalanishi va organizmlar ta’sirida yemirilishi nurash protsessi bo`lib, bunda ellyuviy jinslar hosil bo`ladi;
b) atmosferaning harakatidan shamol paydo bo`ladi. Shamol yerning yuza qismini yemiradi, buzadi va yemirilgan jinslarni bir yerdan ikkinchi yerga olib borib tashlaydi. Uning bunday ishi eol protsessi deb yuritiladi;
v) yog`inlardan hosil bo`lgan suvlarning geologik ishi vaqtincha oqar suvlarning geologik ishi deb ataladi;
g) muzning siljishi va qorning ko`chishi natijasida ham yer yuzasining qiyofasi o`zgaradi, bu protsess ekzaratsiya (haydash) deb ataladi;
d) daryolar yer po`stidagi jinslarni yumalatib, maydalab, o`yib, yemirib cho`kindi mahsulotlarni bir joydan ikkinchi joyga oqizib keltirib, yotqiziqlar hosil qilishi daryoning geologik ishi deyiladi. Bu eroziya protsessidir;
e) yer shari yuzasining 7% ini tashkil etgan dengiz va okeanlarning o`z sohillarni yemirishdagi va quruqlikni bosib ketganda bajargan ishiga dengizning geologik ishi va bu protsesslar yig`indisi abraziya deb ataladi;
z) ko`llarning paydo bo`lishi va ularning geologik ishi;
j) turli yo`l bilan qatlamlar orasiga, ya’ni yer ustidan har xil protsesslar orqali yer ichida sizib o`tib boruvchi suvlarning geologik ishi suffoziya deb ataladi. Bularning barchasi yer yuzasi relefini o`zgartiruvchi geologik omillardir. Er yuzasida sodir bo`ladi gan ekzogen protsesslarning hamma turi alohida-alohida ish bajarmaydi. Ular boshqa tabiat protsesslari singari biri — ikkinchisi bilan uzviy bog`langan va doimo yonma-yon harakat qiladilar.



Download 43.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling