Ushbu ma’ruzada ekzogen jarayonlar, ularning tasnifi, quruqlik va suvlik muhitda ekzogen jarayonlarning borishi, nurash, uning turlari va u bilan bog`liq relyef shakllari bayon etilgan. Ma’ruza №7 ekzogen jarayonlar. Nurash va relyef reja


Download 43.14 Kb.
bet3/6
Sana28.12.2022
Hajmi43.14 Kb.
#1070919
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
7-ma`ruza. Ekzogen jarayonlar. Nurash va relyef

3. Ximiyaviy nurash
Tog’ jinsiga erkin kislorodning ta`sir etishi natijasida, ayniqsa, jins orasiga suvning o’tib borishidan u yerda kimyoviy reaksiya bo’lib, kimyoviy nurash yuz beradi. Kimyoviy nurash qattiq jinslarning yana ham ko’proq maydalanishiga yordam beradi.
Kimyoviy jarayonlar asosan oksidlanish, gidrotatsiya (metallarning suvlanish), erish va gidroliz xillariga bo’linadi.
Oksidlanish. Yer po’stini tashkil qiluvchi tog’ jinslari atmosferadagi erkin kislorod ta`siridan oksidlanadi. Atmosferada erkin kislorod 21% ni, suvda 30% ni tashkil etadi. Nurash bo’ladigan zonada erkin kislorod bo’lganda qaytarilish reaksiyasi ketadi va sulfidlar hosil bo’ladi. Erkin kislorod havoda va suvda bo’lgan ligidan sulfidlarga, karbonatlarga va oksidlarga aylanadi. Bu reaksiyani Pirit minerali misolida ko’rib o’tamiz.
2FeS2+7O2+2H2O=2FeSO4+2H2O
Hosil bo’lgan temir sulfat oksidi (FeSO4) yana oksidlanishni davom ettiradi.


6FeSO4+3H2O+1½ O2+2Fe2(SO4)3+2Fe(OH)3
Hosil bo’lgan Fe ning sulfat oksidi beqaror bo’lgani uchun Fe ning suvli oksidi va oltingugurt kislotasi hosil bo’ladi, chunonchi:
2Fe2(SO4)3+9H2O+2Fe2O3+3H2O+6H2O4
FeS2 Temirning suvli oksidi yer yuzasidagi pirit yoki boshqa Fe sulfidlari bo’lgan jinslarning oksidlanishi natijasida hosil bo’lib, u yer yuzasida Fe qalpoq deb ataluvchi shaklda uchraydi, ular (“jeleznye shlyap”), asosan gidrogematit (Fe2O3), gidrogetitdan iborat bo’lib, qizil-qo’ng’ir, qo’ng’ir–zang rangida bo’ladi. Bu holat kon qidiruv ishlarida qo’l keladi.
Kimyoviy nurash jarayonida oksidlanish jarayoni ko’proq uchrab turadi (atmosfera, suv va issiqlik ta`sirida) Fe li, Mg li, Al li jinslar oksidlanib turadi. Bu jarayon to’g’risida tog’ jinslari ochilib qolgan joylardagi qizil, pushti ranglar guvohdir.
Kimyoviy nurash yer po’stining erkin O ko’p tarqalagan joylarida ro’y byeradi. Bu xil kislorod yer po’stining 1000 m gacha bo’lgan chuqurlikka o’tib boradi, bo’shliq va darzliklarda kimyoviy nurash yuz berishiga olib keladi. Torf va doimiy muz bilan qoplangan yerlarda erkin O yer yuzasiga uchraydi.
Tog’ jinslarining kimyoviy nurashi haroratga ham bog’liqdir. Yer po’stida harorat 100ga oshganda kimyoviy reaksiya tezligi 2 – 2,5 marotaba ortadi (nam tropik va subtropik zonalarda kimyoviy nurash faol bo’ladi).
Oksidlanish – jarayoni tarkibida Fe bo’lgan minerallarda faol kechadi. Magnetit oksidlanib ancha barqaror gematitga aylanadi.

Download 43.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling