Ushbu ma’ruzada ekzogen jarayonlar, ularning tasnifi, quruqlik va suvlik muhitda ekzogen jarayonlarning borishi, nurash, uning turlari va u bilan bog`liq relyef shakllari bayon etilgan. Ma’ruza №7 ekzogen jarayonlar. Nurash va relyef reja


Download 43.14 Kb.
bet2/6
Sana28.12.2022
Hajmi43.14 Kb.
#1070919
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
7-ma`ruza. Ekzogen jarayonlar. Nurash va relyef

1-REJAGA OID TEST
Morfoskulptura nima?
ekzogen omillar ta’sirida hosil bo`lgan relyef shakllari
Shamolning yer yuza qismini yemirishi, va yemirilgan jinslarni bir yerdan ikkinchi yerga olib borib tashlashi
muzning siljishi va qorning ko`chishi natijasida yer yuzasining qiyofasining o`zgarishi
dengiz va okeanlarning o`z sohillarni yemirishi


2-REJA: Nurash, nursh turlari va relyef shakllarining hosil bo‘lishi
Nurash jarayonlari haqida yetuk olimlarning fikrlarini ko’rib chiqsak quyidagilarni anglab olamiz.
Akademik Fersman A.E. gipergenez deganda - “Yerning qattiq qobig’i va atmosfera chegarasida o’tadigan barcha fizik – kimyoviy jarayonlar kompleksini” aytadi.
V.V.Dobrovolskiy - nurash (gipergenez) landshaft - geokimyoviy sharoitlarda kimyoviy elementlarning yaxlit taqsimlanishi deb ko’rsatadi. Uning fikricha, fizik, kimyoviy va biologik nurash deb ajratish noto’g’ri bo’lib, fizik, ximik va biologik nurash jarayonining ayrim boshqa turlari deb aytishni taklif etadi.
Shunday qilib “gipergenez” atamasi va “Nurash”, umuman olganda bir xil tushunchalardir.
D .Rays fikriga ko’ra gipergenez – yerning litosfera qatlamidagi tog’ jinslarini yer yuzasidagi tabiiy jarayonlarini o’zgarishiga ko’rsatgan javob reaksiyasidir. (quyidagi omillar ta`sirida – atmosfera bosimi, haroratni davriy (fasllar, kecha, kunduz) tebranishi, aylanma harakatga ta`sir etuvchi eritmalar va gazlar, tirik organizmlar).
Gipergenez ikkita asosiy jarayonga ajratiladi:
Fizikaviy (mexanik ) nurashi bo’lib, unda qattiq yaxlit jinslarning katta kichik parchalarga bo’linib sinishidir. Bunday jinslarda tashkil etuvchi minerallarning kimyoviy tarkibi o’zgarmaydi.
Dilatatsiya (lot dilatatio – kengayish va cho’zilishi) harorat natijasida kengayishi, kristallarning o’sishi, tirik organizm ta`siri tushuniladi.
Haroratning o’zgarib turishi fizik nurashning asosiy omilidir. Ayniqsa kontinental, arktik, tropik, subtropik iqlimli mintaqalarda bu hodisa o’z ifodasini topgandir. Agar jins yoriqlariga suv kirib muzlasa, unda fizik nurash yanada tezlashadi. Suv muzlaganda hajmi kengayadi.
Suvning yer yoriqlarida muzlashidan uning 1 sm2 yuzada (yer yorig’ida) itarish kuchi 870 kg ga etadi. g’oyat katta bunday kuch qattiq jinsni ham maydalab tashlaydi. Suvning takror muzlab erib turishi bilan bog’liq bo’lgan fizik nurash sovuqdan nurash deb ataladi. Fizik nurash natijasida qattiq jinslar mayda–mayda qirrali bo’lib ketadi, hatto zarrachalari 0,01 mm ga etadi. qattiq jins zarrachalarning issiqdan kengayib ketishi va tuzlarning jins orasida to’planishi ham fizik nurashga kiradi. Tog’ jinslari har xil minerallardan tashkil topganligi uchun issiqlikni bir xil o’tkazmaydi. Bundan tashqari, bir xil kengaymaydi, chunki turli mineral kristallari har tomonga har xil kengayadi.
Shunga ko’ra granit jinsi ham maydalanadi.
Ba`zi bir minerallarning issiqdan kengayish koeffitsiyenti:

Mineral nomi

Kengayish koeffitsiyenti
(% hisobida)

Kvars
Ortaklaz
Shoxaldoqchisi
Kalsit

0,000310
0,000170
0,000284
0,000200

Nurash yer yuzasining o’simlik bilan qalin yoki siyrak qoplanganligiga ham bog’liq. Suv va o’simlik kam yoki butunlay yo’q bo’lgan joylarda fizik nurash kuchli bo’ladi. O’rta Osiyoda yoz faslida (Qoraqum cho’lida) qum va yalang toshlar harorati 70–800S ga yetadi. Kechalari 5–100s gacha pasayadi, natijada ularning hajmi birdan kamayib, jinslar yorilib ketadi.


Nurash jarayonida o’simliklarning ham ta`siri katta. Uning ildizi jinslar orasiga yorib kirib, uni bo’laklarga ajratadi, darzlarni kengaytiradi. Chirigan ildizlardan o’tgan suv yer ichkarisida muzlab, darzlarni kengaytiradi. qoyalardan ajralib singan yirik jins parchalari qiyalikning quyi qismida, maydalari esa yuqorisida to’planadi.
Fizik nurash jarayonida qazuvchi organizmlarning ham ta`siri bor.

Download 43.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling