Ushbu metodik qo‘llanmadan matematika darslarini qiziqarli va o‘ziga xos


ta 5 orasiga amallar belgisi va qavslarni shunday qo‘yingki, natija 0 ga teng  bo‘lsin.  Javob: (5 - 5) : 5 = 0.  136


Download 1.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/17
Sana30.04.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1411926
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
mantiqiy masalalar(2)

135. 3 ta 5 orasiga amallar belgisi va qavslarni shunday qo‘yingki, natija 0 ga teng 
bo‘lsin. 
Javob: (5 - 5) : 5 = 0. 
136. Ota 45 yoshda. O‘g‘illari 7, 11 va 15 yoshda. Necha yildan keyin o‘g‘illari 
yoshining yig‘indisi otaning yoshiga teng bo‘ladi? 
Javob: 6 yil. 
137. Rustam Alisherga: “Menga yong‘oqlaringdan ikkitasini bersang, mendagi 
yong‘oqlar senikidan ikki marta ortiq bo‘ladi’, - dedi. Alisher Rustamga: “Yo‘q, sen 
menga ikkita yong‘og‘ingni bersang, ikkalamizdagi yong‘oqlar soni teng bo‘ladi”, - 
dedi. Bolalarning har birida nechtadan yong‘oq bor edi?
Javob: Rustamda 14 ta, Alisherda 10 ta yong‘oq bor. 
138. Soat millari 8 dan 35 minut o‘tganini ko‘rsatmoqda. Soat mili bilan minut milining 
o‘rinlari almashtirib qo‘yilsa, soat nechani ko‘rsatadi? 
Javob: Soat 7 dan 40 minut o‘tganini ko‘rsatadi. 
139. Stol ustida 3 ta cho‘p bor. O‘rtadagi cho‘pga tegmasdan uni chetga oling. 
Javob: O‘ng chetdagi cho‘pni chap chetga yoki chap chetdagi cho‘pni o‘ng chetga olib 
qo‘yish kerak. 
140. 4 ta bir xil raqamdan foydalanib 100 sonini hosil qiling. 
Javob: (5 + 5) • (5 + 5) = 100. 
141. Akasidagi yong‘oqlar soni ukasinikidan ikki marta ko‘p. Agar hamma yong‘oqlar 
9 dona bo‘lsa, aka va ukaning har birida necha donadan yong‘oq bor?
Javob: 6 ta va 3 ta. 
142. 1, 2, 3 va 4 raqamlarini boshqa kataklarga ham shunday joylashtiringki, har bir qtor 
va ustunda shu raqamlar faqat bir martadan ishtirok etsin. 
Javob: 
 
143. Bilimlar sinovida qatnashgan Anvar, Bahodir va Dilshodning olgan ballari 
yig‘indisi 100 ga teng chiqdi. Anvar va Bahodirning olgan ballari yig‘indisi 64 ga, 
Bahodir va Dilshodning olgan ballari yig‘indisi esa 70 ga teng bo‘ldi. Ularning har biri 
bilimlar sinovida necha ball olgan? 


24 
Javob: 100-64=36 – Dilshod, 100-70=30 – Anvar,
100-66= 34 – Bahodir. 

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling