9.2 Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni axloqiy jihatda tarbiyalash vazifasi va amalga oshirish vositalari.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni ahloqiy jihatdan tarbiyalash vazifasi va mazmuni bolaning ma’naviy dunyosini, uning ongini, ahloqiy hislarini, shaxsiy sifatlarini tarbiyalash va rivojlantirishni taqozo etadi. Ahloqiy tarbiya vazifalari quyidagilar:
Bolalarda ahloqiy his-tuyg‘ular, tasavvurlar va xatti-harakatlarni tarbiyalash.
Xulq madaniyati va ijobiy munosabatlarni tarbiyalash.
Bolalarda ahloqiy his-tuyg‘ularni tarbiyalash.
Xulqdagi salbif sifatlarni barxam toptirish.
Maktabgacha Ta’lim Muassasalarida ahloqiy tarbiya berish har xil vositalar yordamida amalga oshiriladi. Birinchi galda bolalarni har xil faoliyatlar vositasida kattalar mehnati bilan tanishtirish, mashg‘ulotlarda va mashg‘ulotlardan tashqari vaqtlarda, ta’lim berish orqali amalga oshirish.
Har xil bayramlar, ijtimoiy hayot voqealari, bolalar adabiyoti, musiqa, o‘yin materiallari, ommaviy axborot vositalari – oynai jahon, radio va boshqalar bolalarning ahloqiy tarbyasiga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Kichik yoshli bolalar ahloqiy tasavvur va bilimlarni faqat o‘yin mashg‘ulotlarida yaxshi o‘zlashtirib oladilar. Bolalar tomonidan o‘zlashtirib olingan ahloqiy tasavvurlarni ular ongli ravishda tushunib etishlari dastlab mashg‘ulotlarda, keyinchalik o‘yin, mehnat jarayonlarida, sayrda, musatqil faoliyatlar orqali amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |