Ushbu o‘quv qo‘llanma pedagogika oliy o‘quv yurtlarining 514100-«Maktabgacha ta’lim» yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan


Ahloqiy tarbiyaning asosiy prinsiplari (tamoyillari) va metodlari


Download 0.74 Mb.
bet36/47
Sana09.01.2022
Hajmi0.74 Mb.
#265657
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   47
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Ahloqiy tarbiyaning asosiy prinsiplari (tamoyillari) va metodlari.

Ahloqiy tarbiyaning asosiy tamryillari quyidagilarni o‘z ichiga oladi.

- g‘oyaviy va tarbiya ishining ma’lum maqsadga qaratilganligi;

- ta’lim-tarbiya ishiga bola shaxsini xurmat qilgan xolda yondashish;

- ahloqiy tarbiya ishini hayot va zamon bilan birga olib borish;

- bolalarning faolligi;

- oila va MTMlarining tarbiyaviy ta’sirining birligi;

- bola shaxsidagi ijobiy sifatlarga suyanish;

- bola shaxsini har tomonlama rivojlanishini ko‘zda tutish.

Ahloqiy tarbiya prinsiplarini pedagogik shart-sharoit bilan qo‘shib amaga oshirish bolaning ahloqiy rivojlanishiga samarali ta’sir etadi.

Ahloqiy tarbiya metodlari. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga ahloqiy tarbiya berishda har xil metod va usullarni qo‘llash muhim ahamiyatga egadir. Aqiy tarbiya metodlari – bolalarning ahloqiy tasavvur va bilimlarni egallab olishga qaratilgan faoliyat usulidir. Ahloqiy tarbiya metodlari quyidagi guruhlarga bo‘linadi:


  1. guruh. Ahloqiy ongni, ahloqiy tasavvur va bilimlarni, ularni bajarish xoxishini shakllantirishga qaratilgan metodlar.

  2. guruh. Madaniy xulq-atvor, ijobiy munosabatlarni shakllantirishga qaratilgan metodlar.

  3. guruh. Ahloqiy his tuyg‘ular va munosabatlarni rag‘batlantirishga tilgan yordamchi metodlar.

YUqorida keltirilgan hamma metodlar orqali bolalarga ahloqiy norma va qoidalar, ijtimoiy hayot voqealari o‘rgatiladi. Ularda ahloqiy tasavvur va tushunchalar shakllantiriladi.

Bu guruh metodlariga qo‘yiladigan asosiy talablar:

Bolalarning yaxshilik, yomonlik to‘g‘risidagi tasavvurlarini e’tiborga olish; ahloqiy xulq-atvor tormalarini muxokama qilish uchun maxsus yaratilgan vaziyatda bolalarning o‘zlarini faol qatnashtirish; har bir bolaning his-tuyg‘usiga ehtiyotlik bilan munosabatda bo‘lish.

Bolani noo‘rin tadqid qilish, uning ustidan kulish, unga nisbatan e’tiborsizlik qilish qa’tiyan mann qilinadi. Hamma metodlardan izchillik bilan kompleks ravishda foydalaniladi.






    1. Download 0.74 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling