Ushbu qo`llanmani sotib olgan bo`lsangiz sizga bu omonat tariqasida berildi. Ushbu qo`llanmani hech kimga hatto yaqin hamkasblaringizga ham bermang faqat o`zingiz foydalaning sizdan buni muallif sifatida iltimos qilamiz


Download 87.01 Kb.
bet10/13
Sana18.06.2023
Hajmi87.01 Kb.
#1589274
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
yosh duradgorlar rek

Dars metodi: guruhlarda ishlash, “Aqliy hujum”, “Kim epchil-u, kim chaqqon”, “Klaster”, “B/B/B” metodlaridan foydalaniladi.
Darsda jihozi: metallga ishlov berish ustaxonasi, metal namunalari, rasm va tarqatma materiallar, o‘quv qurollari, elekron materiallar, test materiallari.
Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism:

  1. Salomlashish

  2. Davomatni aniqlash

  3. Darsga tayyorgarlik ko‘rish

  4. O‘quvchilar diqqatini darsga qaratish.

  1. Uyga vazifani so‘rash:

  1. Savol – javob o‘tkazish

  2. Topshiriqlarni tekshirish

  3. Amaliy mashg‘ulotda tugallanmagan ishning oxiriga yetkazilganini tekshirish

  1. Yangi mavzu bayoni:

Frezerlash stanoklari. Maktab ustaxonalarida gorizontal frezerlash stanogi qo‘llaniladi. U bilan vertikal va gorizontal yuzalarga silindrik, diskli, torsovkali, burchakli, uchli va fason frezalar yordamida ishlov berish mumkin. Bu stanok o‘quvchilarning ishlash xavfsizligiga to‘la javob beradi. U yoritgich va ish zonasini himoyalovchi ekran bilan ta’minlangan. Stanokning shovqini va vibratsiyasi standart me’yorlarga javob beradi. Dastgohning stoli uchta yo‘nalish bo‘yicha xarakatlana oladi: ko‘ndalang va vertikal yo‘nalishlar bo‘yicha. Aylanish stanokning gorizontal shpindelidan kallakning shpindeliga, konussimon va silindrli tishli uzatgich yordamida uzatiladi.

Telgram orqali @MEHMONLARGA
Telefon nomer 97-227-89-26
Frezalar. Frezalar mahkamlanish usuliga, shakliga, konstruksiyasi va tishlar yo‘nalishiga qarab bo‘linadi. Uchli frezalar butunlay tayyorlanib dastgoh shpindelining konussimon teshigiga yoki patroniga joylanadi. Tish konstruksiyasiga qarab frezalar o‘tkir charxlangan va zatilovanniylarga bo‘linadi. O‘tkir charxlangan frezalar orqa yuzi, zatilovanniylarda oldi yuzi charxlanadi. Frezarlar tishining shakliga qarab, to‘g‘ri vintsimon va har tomonga yo‘nalgan tishli frezalarga bo‘linadi. Frezalar - ko‘p lezviyali asbob. Har bitta tishi keskich rolini o‘ynab, qirindini vergulsimon qilib oladi. Ish paytida bitta yoki bir nechta tish qatnashib qolganlari shupayt ichida sovub ulguradi. Shunday qilib frezalar tishi navbatma-navbat ishlaydi. Frezalar tezkesuvchi P6M5, P6M5K5, P18 po‘latlardan yoki qattiq DK6, BK8 qotishmalaridan tayyorlanadi. Freza tishning oldi yuzidan strujka chiqariladi, orqa tomoni esa ishlov berilayotgan detalga qaratilgan. Rasmda frezaning asosiy burchaklari ko‘rsatilgan: o‘tkirlik burchagi p 50-70°, orqa burchak 12-30°, oldingi burchak va kesish burchagi. Ishlov berilayotgan yuzga nisbatan frezaning joylashishiga qarab frezalar silindrik va uchlilarga bo‘linadi. Freza o‘rnatish. Frezani o‘rnatish usuli avvalambor uning shakli va o‘lchamiga bog‘liq. Nasadkali frezalar opravkaga joylashtiriladi, uchli frezalar esa bevosita shpindelning konus teshigiga, silindrsimon xvostovikli frezalar patron yordamida shpindelning konus teshigiga o‘rnatiladi. Frezani dastgohga o‘rnatish uchun opravka konusi shpindelning konusiga o‘rnatiladi. Keyin o‘rnatuvchi halqalar va freza ularning orasiga joylashtirilib gayka qotirilad. Joylashtirilayotgan paytda frezaning kesim yo‘nalishi shpindelning aylanishiga to‘g‘ri kelishi kerak. Oxirida sirg‘a o‘rnatiladi. Uchli konussimon xvostolikli frezalar bevosita dastgohning konus teshikli shpindelga o‘rnatiladi. O‘tmas bo‘lib qolgan parma ish paytida xarakterli ovoz chiqaradi. Parmaning uchini charxlash shakli uning kesish tezligiga ta’sir etadi. Maktab ustaxonalarida parmalar charxlar yordamida charxlanadi. Charxlagan paytda parmani chap qo‘l bilan uning qirqadigan tomoniga yaqin ushlanadi, o‘ng qo‘l bilan esa orqa tomoni ushlab turiladi. Parmaning qirqadigan uchini charxga tekkazib asta sekin o‘ng qo‘l bilan parma shunday buriladiki, uchi kerakli bo‘lgan burchak va shaklga keltirilsin. Parmani charxga shunday tekkazish kerakki, undan ko‘chirilayotgan metall qavati unchalik qalin bo‘lmasin. Parmaning qirqadigan uchlari, uzunasi vaburchaklari bir xilbo‘lishi shart. Charxlangan parmani to‘g‘riligi maxsus shablon bilan tekshiriladi.

Download 87.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling