Ushbu qo`llanmani sotib olgan bo`lsangiz sizga bu omonat tariqasida berildi. Ushbu qo`llanmani hech kimga hatto yaqin hamkasblaringizga ham bermang faqat o`zingiz foydalaning sizdan buni muallif sifatida iltimos qilamiz
Download 87.01 Kb.
|
yosh duradgorlar rek
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tokarlik keskichlar va ularni charxlash.
Tokarlik stanoklari. Maktab ustaxonalarida TB-4, TB-26, TB-7rusumli tokarlik-vint ochuvchi stanoklar ishlatiladi. TB-6rusumli dastgoh, TB-4 rasumli dastgohning mukammallashgan varianti bo‘lgani uchun biz TB-6 va TB-7 stanoklarini ko‘rib chiqamiz. TD-6 tokar-vint ochuvchi stanogi, asosiy tokarlik operattsiyalarini hamda silindr va konussimon yuzlarni ochish, toreslarni qirqish, umuman qirqish, parmalash va rezba ochish uchun mo‘ljallangan. 18-rasmda tokarlik vintqirqar stanogi asosiy qismlari aks ettirilgan. Oldingi markaz staninnaning chap tomonida ikkita vint bilan qotiriladi. Ish paytida har doim uzatgich qutisida moy kerakli miqdorda bo‘lishi shart. Orqa markaz ishlov berilayotgan detalning ikkinchi tomonini ushlab turish uchun xizmat qiladi. Dastgoh himoyalash moslamasi bilan jihozlangan . Supportda ishlovchini strujkadan himoyalovchi ekran o‘rnatilgan. Agar ekran tushirilmagan bo‘lsa, unda dastgoh o‘chib qoladi, elektroblok orqali. Patron va planshayba elektroblok bilan jihozlangan. Dastgohni yog‘lash uchun H-30A moyi ishlatiladi. Moyni tepa qopqoqni ochib quyiladi. Stanina, support, orqa markaz, yuruvchi vint, yuruvchi vint podshibniklari va valiklar qo‘l bilan moylanadi.
Tokarlik keskichlar va ularni charxlash. Keskich elementlari va burchaklari. Keskichlar kallak va sterjendan iborat. Kallak – ishchi qism. Sterjen keskichni dastgoh keskich ushlagichiga qotirish uchun mo‘ljallangan. Keskichni oldi tomonidan chiqayotgan strujka o‘tadi, orqa tomomni esa detalga qaratiladi. Oldingi va orqa yuzlarning kesishgan joyida keskichni qirqadigan uchi joylashgan. Asosiy qirqishni bosh qirquvchi uchi bajaradi. Keskich cho‘qqisi – bu bosh va qo‘shimcha uchlarning kesishgan joyi keskichning asosiy geometrik xarakteristikalariga, bosh qo‘shimcha burchaklar plan bo‘yicha burchaklar va bosh qirquvchi uchning qiyalik burchagi kiradi. Keskich burchaklari bosh qirquvchi uchning asosiy yuzga perpendikular bo‘lgan bosh qirquvchi yuzlar o‘lchanadi. Oldingi burchak y keskichning oldingi yuzi bilan, qirqish yuzga perpendikular bo‘lgan tekislik orasidagi burchak hisoblanadi. Qanchalik oldingi burchak katta bo‘lsa, shunchalik strujka oson olinadi, lekin qirqish kuchi kamayadi. Shuning uchun yumshoq materialga ishlov berganda oldingi burchakni katta qilish mumkin. Odatda, 8-30° ni tashkil etadi. Bosh orqa burchak - bosh orqa yuz bilan qirqish tekislik orasidagi burchak deyiladi. Bu burchak ishlov berilayotgan detal bilan keskich orasidagi ishqalanishni kamaytirish uchun kerak. Odatda, 6-12°. Orqa burchak juda kichkina bo‘lganda ishqalanish shunchalik katta bo‘ladiki, natijada keskich qizib ishdan chiqadi. O‘ta katta orqa burchak ham keskichni issiqlik rejimini buzadi va uning mustahkamligini pasaytiradi. Keskichni keskich ushlagichdagi joylashish holatiga qarab, orqa burchakning o‘zgarishi ko‘rsatilgan. Joylashishga qarab o‘zgarishi O‘tkirlik burchagi v deb – oldingi va orqa yuzlarning orasidagi hosil bo‘lgan burchak aytiladi. Qanchalik o‘tkirlik burchagi kichkina bo‘lsa, qirindi olish shunchalik osonlashadi. O‘tkirlik burchagi ishlov berilayotgan metallga bog‘liq: Download 87.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling