Ushbu Qonunning 51 moddasida esa Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining rahbari


Maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim jarayonining maqsadi va asosiy prinsiplari


Download 0.57 Mb.
bet38/78
Sana07.03.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1245791
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   78
Bog'liq
5-bob (Восстановлен)

Maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim jarayonining maqsadi va asosiy prinsiplari
Maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim jarayonining maqsadi — bolalarda umumiy kompetensiyalar va rivojlanish sohalari kompetensiyalarini shakllantirish uchun tegishli sharoitlar yaratishdan iborat.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim jarayonining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:

  • bola huquqlari, uning o‘ziga xos rivojlanish xususiyati va salohiyatini hisobga olish;

  • ta’lim jarayonida barcha turdagi rivojlanish sohalarining o‘zaro bog‘liqligi;

  • bolaning salomatligini asrash va mustahkamlash, uning ehtiyojlari, shu jumladan, harakatlanish ehtiyojlarini qondirish;

  • bolaning ijodiy qobiliyatlarini qo‘llab-quvvatlash;

  • o‘yin orqali ta’lim berish va rivojlantirish;

  • bolaning rivojlanishi va ijtimoiy moslashishi uchun qulay muhit yaratish;

  • bola uchun xavfsiz muhitni ta’minlash;

  • maktabgacha ta’lim tashkilotining oila, mahalla va maktab bilan hamkorligi;

  • milliy madaniy an’analar qadriyatini oshirish va boshqa millatlar madaniyatiga hurmat, boshqa millatlar madaniyatining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish.

Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolaning rivojlanishini qo‘llab - quvvatlash va uni amalga oshirish, qo‘shimcha ta’lim xizmatlari, ota - onalar bilan hamkorlik
Bolaning maktabgacha ta’lim tashkilotidagi rivojlanishini qo‘llab - quvvatlash va uning amalga oshirilishi uchun maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari javobgar bo‘ladi.
Qo‘shimcha ta’lim xizmatlari maktabgacha ta’lim tashkiloti tomonidan imkoniyatlardan kelib chiqqan holda bolalar va aholi ehtiyojlariga mos ravishda tashkil etiladi.
Qo‘shimcha ta’lim xizmatlari fakultativ hisoblanadi va ularni tashkil qilishda ko‘ngillilar (volontyorlar), ota-onalar va homiylar ishtirok etishi mumkin.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida alohida ehtiyojga ega bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash va uni amalga oshirish uchun maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari javobgar bo‘ladi.
Zarurat tug‘ilganda, pedagoglar tarkibi va maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbariyati, tor ixtisoslik mutaxassislarini jalb etgan holda bola (uning rivojlanishi) uchun o‘quv-tarbiyaviy faoliyatning individual rejasini tuzadi.
Bolaning har tomonlama rivojlanishini ta’minlash uchun maktabgacha ta’lim tashkiloti ota-onalar bilan o‘zaro hamkorlikning quyidagi shakllarini tashkil qilishi mumkin:

  • ota-onalarning maktabgacha ta’lim tashkiloti borasidagi fikrlarini hisobga olish;

  • ilk rivojlanish masalalarida ota-onalarga bilim berish;

  • ota-onalarni o‘quv - tarbiyaviy jarayonda faol qatnashishga jalb etish;

  • ota - onalarning tashkilot hayotida ishtirok etish borasidagi tashabbuslarini qo‘llab - quvvatlash.


Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling