Tarbiyalanuvchilarning salomatligi.
-Yil davomida bolalar va xodimlarning kasalliklarining tahlili.
-Sog‘lomlashtirish uchun olib borilgan davolash profilaktika ishlari.
-Jismoniy sog‘lomlashtirish, chiniqtirish ishlari, ularning natijalari;
-to‘g‘ri ovqatlanishni tashkil etish;
Shundan keyingina sog‘lomlashtirish ishlariga xulosa chiqarish mumkin; yangi o‘quv yiliga rejalashtiriladigan faoliyatlar aniqlanadi.
2. Dastur bo‘yicha turli yo‘nalishlar bo‘yicha monitoring. Bolalarning bilimi, ijtimoiy - axlohiy, badiiy - estetik, jismoniy taraqqiyot darajalari tahlil qilinadi. Dasturni bajarish bo‘yicha umumiy xulosa va sifat darajasi aniqlanadi.
3. Tayyorlov guruhi bolalarni maktab talablariga moslashuvi darajasi, ularning taraqqiyot darajalari. 1 sinfda o‘qiyotgan shu muassasaning bitiruvchilarining o‘zlashtirish monitoringi.) Bu ishning sifatini oshirish bo‘yicha umumiy xulosalar va imkoniyatlar.
4. Pedagoglarning malaka oshirish va attestatsiya natijalari, ularga ko‘rsatiladigan metodik yordam (pedagogik mahorat yuzasidan): maktabgacha ta’lim tashkilotining uslubiy ish tizimi, ilmiy- metodik jihatidan ta’lim- tarbiya jarayonini ta’minlash, kadrlar bilan ishlashni rejalashtirish imkoniyatlari va yo‘llarini aniqlash, kelgusi yilda uslubiy xonani jihozlash.
5. Ota- onalar bilan hamkorlikda ishlash tizimini yaratish.(so‘rovnoma natijalariga qarab maktabgacha ta’lim tashkiloti va maktab va mahalla hamkorligi rejasining bajarilishi, boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik ishlarining natijalari, umumiy xulosalar.)
6. Ma’muriy - xo‘jalik ishlari bo‘yicha hisobotlar, moddiy - texnika ta’minoti, yaratilgan shart - sharoitlarlarni baholash natijalari.
Guruhli muloqotni tashkil etish shakllari.
Agar siz pedagogik kengashni noan’anaviy tarzda o‘tkazmoqchi bo‘lsangiz, munozarali muloqot shakllari haqida o‘ylab ko‘rishingiz kerak. Ular quyidagi ko‘rinishda bo‘lishlari mumkin.
Debatlar- ikki tarafning har birini eshitish orqali o‘zaro fikr almashinuvi.
Do'stlaringiz bilan baham: |