Ushbu Qonunning 51 moddasida esa Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining rahbari


Tekshirishlarni o‘tkazish tartibi


Download 0.57 Mb.
bet72/78
Sana07.03.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1245791
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   78
Bog'liq
5-bob (Восстановлен)

Tekshirishlarni o‘tkazish tartibi:
Maktabgacha ta’lim tashkilotining faoliyatini tekshirish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
rejali tekshirish;
rejadan tashqari tekshirish;
nazorat tartibida tekshirish.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida rejali tekshirishlarni o‘tkazish tekshirishga vakolatli organlar bilan tegishliligi bo‘yicha tizimida maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy bo‘linmalari tomonidan ko‘shma tasdiqlanadigan tekshirishlarning yillik reja- jadvaliga muvofiq amalga oshiriladi.
Tekshirishga vakolatli organlar yoki ularning hududiy bo‘linmalari tomonidan tekshirish rejalashtirilayotgan yildan oldingi yilning 1 dekabrigacha bo‘lgan muddatda maktabgacha ta’lim tashkilotini yillik tekshirishlarning reja-jadvali loyihasi maktabgacha ta’lim tashkiloti tizimida maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lgan vazirliklar va idoralarning hududiy bo‘linmalari tomonidan har yili 15 dekabrga qadar tasdiqlanadi. Tasdiqdangan yillik reja-jadvallarning nusxalari tegishliligi bo‘yicha maktabgacha ta’lim tashkilotiga har yili 25 dekabrga qadar yetkazib beriladi.

  1. Rejali tekshirinshni o‘tkazish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:

tekshirishlar reja - jadvalidan ko‘chirma;
tekshiritsha vakolatli opganining tekshirish o‘tkazish to‘g‘risidagi buyrug‘i:
tekshrish dasturi savolnomasidan nusxa.

  1. Rejadan tashqari tekshirish o‘tkazish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:

tekshirishga vakolatli organning tekshirish o‘tkazish to‘g‘risidagi buyrug‘i;
tekshirish dasturi yoki savolnomasidan nusxa.

  1. Maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatini rejali tekshirish tartibi ushbu Nizomning

1-ilovasida keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.


Maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatini rejali tekshirish tartibi
SXEMASI

Bosqichlar




Sub’ekt




Tadbirlar




Byajarish muddatlari



















1-bosqich




Tekshirishga
vakolatli
organlar




Maktabgacha ga’lim muassasalarini yillik tekshirishlarning reja-jadvali loyihasi MTM ro‘yxati, ularning manzili. to‘liq nomi, rejali tekshirish davriyligini aniq ko‘rsatgan holda elektron shaklda tegishliligi bo‘yicha tizimida maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lgan vazirlik va idoralar hamda ularning hududiy bo‘linmalariga ko‘rib chnqish va kelishish uchun taqdim etiladi




Tekshirish rejalashtirilayotgan yildan oldingi yilning
1 dekabrigacha bo‘lgan
muddatda



















2-bosqich




Tekshirishga
vakolatli
organlarning
hududiy
bo‘linmalari




Keyingi yil uchun tekshirishlarning yillik reja-jadvalini tasdiqlaydi
(Yillik reja-jadvap tekshirishga vakolatli organlarning MTMsini tekshirishlari bir vatqtga to‘g‘ri kelib qolmasligini hisobga olingan holda tasdiqyunadi)




Har yili 15 dekabrga qadar













Tasdiqlangan yillik reja- jadvallarnnng nusxalarini tegishliligi bo‘yicha maktabgacha ta’lim muassasalarnga yetkazib beradi.




Har yili 25 dekabrga qadar



















3-bosqich




Tekshirishga
vakolatli
organlar




Tegishliligi bo‘yicha tizimida MTM bo‘lgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy bo‘linmalariga tekshirish o‘tkazish to‘g‘risidagi buyruq tekshiruv dasturi yoki savolnomasi ilova qilingan rasmiy xatni yuboradi.




Tekshirish
o‘tkazilishidan kamida 10 kun oldin



















4-bosqich




Tizimida maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lgan vazirliklar va idoralar hamda ularning hududiy bo‘linmalari




Yutizimidagi maktabgacha ta’lim muassasalarnga yozma xat yoki ichki elektron hujjatlar aylanishi tizimi orqali xabar beradi hamda tekshirish o‘kazish to‘g‘risidagi buyruq, tekshiruv dasturi yoki savolnomani yuboradi.




Rasmiy xat olingan kun dan boshlab 1 kun mobaynida








Maktabgacha




Tekshirish natijalari to‘g‘risidagi













ta’lim




dalolatnomani (ma’lumotnomani)







5-bosqich




muassasasi




imzolaydi




Tekshirish yakunlangan




hamda










kuni







tekshiruvchi organ vakillari















Mavzuni mustahkamlovchi savollar:
1. MTTlari faoliyatini tekshirish tartibi to‘g‘risida NIZOM qachon qabul qilingan?
2.Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tekshirishning maqsad va vazifalarini snab o‘ting?
3.Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tekshirishga vakolatli davlat organlar?
4. MTT larida tekshirishlarni o‘tkazish tartibi?


Adabiyotlar

1. Sodiqova Sh.A “Maktabgacha pedagogika”.“Tafakkur sarchashmalari”T:. 2013 y.
2. Kayumova N.M. “Maktabgacha pedagogika” TDPU nashriyoti T:. 2013 y.
3. Xasanboeva O.U. va boshq. Maktabgacha ta`lim pedagogikasi. T.: Ilm ziyo. 2006 y.
4. « Илк қадам » Мактабгача таълим муассасаларининг Давлат ўқув дастури Т.: 2018 й.
5. O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari”-2018.
6.O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta`lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi”-2019.
7. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida 391-son qaror: T.: 2019 yil 13-may.
8. Maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatini tekshirish tartibi to‘g‘risida 352-son qaror: T.: 2019 yil 25-aprel.
9. Maktabgacha ta`lim va tarviya to‘g‘risida QONUN-595-son T.:-2019 yil 22 oktyabr
10.Davlat maktabgacha tashkilotlari pedagoglarining ish hujjatlarini tasqidlash to‘g‘risida”155-son buyruq.T.:-2019 yil, 30-avgust
Elektron ta`lim resurslari




9.1.MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI BO‘YICHA METODIK ISHLARNI TASHKIL ETISH VAZIFALARI.
Respublika maktabgacha ta’lim metodikasi kabineti O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzurida tashkil etilib, mazkur soha bo‘yicha etakchi tuzilma sifatida barcha maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatini uslubiy jihatdan boshqaradi va muvofiqlashtirib boradi.
Respublika maktabgacha ta’lim metodikasi kabineti o‘z faoliyatida amaldagi qonunchilik, Xalq ta’limi vazirligi tomonidan chiqarilgan qarorlar, farmoyishlar va boshqa me’yoriy hujjatlarga asoslanib ish yuritadi.
Respublika maktabgacha ta’lim metodikasi kabineti Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy- tadqiqot instituti, Abdulla Avloniy nomidagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish markaziy instituti, Maktabgacha muassasalar xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish Respublika o‘quv- metodika markazi, Viloyat pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti va boshqa ilmiy muassasalar bilan mustahkam hamkorlik aloqalarini o‘rnatadi.
Respublika maktabgacha ta’lim metodikasi kabinetining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, shahar va tumanlar maktabgacha ta’lim metodikasi kabinetlariga uslubiy yordam ko‘rsatish, pedagogik jarayonlar va ta’- lim-tarbiya ishlarini takomillashtirish, «Bolajon» dasturini to‘liq bajarilishini ta’minlaydi;
Ilg‘or ish tajribalarni o‘rganadi, umumlashtiradi va ommalashtiradi (maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari, maktabgacha ta’lim metodikasi kabinetlari, na- zoratchi-uslubchi, mudiralar, uslubchilar va tarbiyachilar, murabbiylar faoliyatini tahpil etish asosida);
Maktabgacha pedagogika ilg‘or pedagogik tajribalarni, pedagogika, psixologiya va boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasida qo‘lga kiritilgan yutuqpar, xalq pedagogikasi an’analariga tayangan holda maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim- tarbiya berish ishlarini takomillashtirishning ilmiy- uslubiy asoslari, yo‘l-yo‘riqlarini ishlab chiqadi.
Metodika kabineti ishining mazmuni va asosiy shakllari
Metodika kabineti o‘z zimmasiga yuklangan vazi- falarga ko‘ra:
Qoraqalpog‘iston respublikasi, viloyatlar, shahar va tumanlar maktabgacha ta’lim metodika kabineti ish faoliyatini nazorat etadi va muvofiqlashtiradi;
maktabgacha ta’lim tashkilotidagi ta’lim - tarbiya ishlar ahvoli va belgilangan rejalarning bajarilishini o‘rganadi;
«Bolajon» dasturida ko‘zda tutilgan vazifalarni to‘laqonli amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va bajarilishini nazorat qiladi;
Respublika metodika kabineti xodimlarini malaka oshirish kurslarida ma’ruzalar o‘qishga, seminar-mashg‘ulotlar o‘tkazishga va to‘garaklar ishini olib borishga jalb etadi.
Respublika maktabgacha ta’lim metodika kabineti huzurida tashkil etilgan uslubiy Kengash metodikasi kabinetlari faoliyatiga yangi uslubiy yondashuvlar, ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etishga mas’uldir. Kengash tarkibiga uslubchilar, o‘qituvchilar malakasini oshirish instituti rahbari va mutaxassislari, mudiralar, tar- biyachilar, musiqa rahbarlari, oliy o‘quv yurtlarining yetuk professor o‘qituvchilari kiradi.
Uslubiy Kengashda markaziy maktabgacha ta’lim metodikasi kabinetining ish rejasi, bajarilgan va rejalash- tirilayotgan tashkiliy, uslubiy tadbirlar muhokama etiladi, ta’lim - tarbiya ishlarini yanada takomillashtirish, jumladan, metodika kabinetlarining ilgor pedagogik tajribalarni to‘plash borasidagi amaliy faoliyati, maktabgacha ta’lim bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalarni muhokama qilish, tasdiqlash bilan bog‘liq masalalar hal etiladi.
Respublika maktabgacha ta’lim metodikasi kabinetida xodimlarning bilimi va malakasini oshirish maqsadida tegishli shart-sharoit yaratiladi (buning uchun ma’ruzalar, seminar-treninglar, ko‘rgazmalar va boshqa tadbirlar tashkil etiladi).
4. Respublika maktabgacha ta’lim metodikasi kabinetida ilmiy pedagogik va uslubiy adabiyotlar uchun kutub- xona tashkil qilinadi.
9.2.Uslubiy xizmat faoliyatining asosiy yo‘nalishlari
Respublikada maktabgacha ta’limga uslubiy rahbarlik O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi qoshida tashkil etilgan Respublika maktabgacha ta’lim metodikasi kabineti orqali amalga oshiriladi.
Metodika kabineti Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqdangan reja asosida ish yuritadi. Uning tashkiliy tuzilishi quyidagicha:

Respublika maktabgacha ta’lim metodikasi kabineti Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, shahar va tuman metodika kabineti faoliyatini nazorat qiladi hamda ularga uslubiy yordam beradi.
Uning asosiy vazifalari: xalq ta’limi bo‘limlari qoshidagi metodika kabinetlari faoliyatini nazorat qilish, tarbiyachilar va xalq ta’limi xodimlarining kasb mahorati va malakasini oshirish, ilg‘or ish tajribalarini o‘rganish, umumlashtirish va ommalashtirishdan iborat.

9.3.Metodik xizmat faoliyatining asosiy yo‘nalishlari mazmuni maqsad va vazifalari.


Tuman maktabgacha ta’lim metodikasi kabinetining sohaga doir me’yoriy-huquqiy hujjatlar, Xalq ta’limi vazirligi, boshqarmalari va bo‘limlari tomonidan chiqarilgan qarorlar, farmoyishlar va boshqa hujjatlar asosida besh yilga mo‘jallangan istiqbol rejasi tuziladi.
Yillik rejada metodika kabinetining har bir o‘quv yiliga taalluqli faoliyati aks etadi.
Chorak va oylik rejalarida yillik reja belgilangan vazifalarning bajarilishi muddati aniq qayd etiladi.
Tuman maktabgacha ta’lim metodikasi kabinetining yillik ish rejasi tumandagi uslubiy ishlarni bosqichma- bosqich, mazmunli tashkil etilishini ta’minlash kerak. Bunda asosiy e’tibor o‘quv, ta’lim - tarbiya yo‘nalishidagi faoliyatini o‘rganish, maktabgacha ta’lim tashkilotida uslubiy ishlarni tashkil etish va takomillashtirib borish, mudira, uslubchi, tarbiyachilarga o‘quv faoliyati, mehnat, estetik, musiqa tarbiyasi bo‘yicha uslubiy yordam ko‘rsatish muassasalarda kasalliklarning oldini olish va pro- filaktikasini yo‘lga qo‘yish, yasli va aralash guruhlarda, shuningdek, bolalar soni kam bo‘lgan muassasalar faoliyatini ilmiy-uslubiy jihatdan to‘g‘ri va samarali tashkil etish kabi masalalarning bajarilishiga qaratiladi.
Rejada maktabgacha ta’lim tashkilotini maqsadli, birlamchi yoki tizimli tekshirish tadbirlari alohida o‘rin tutadi. YUqorida ta’kidlanganidek, tekshiruv shakli uning maqsadi va mazmuniga bog‘liq. Bunday tadbirlar maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati bilan tanishish, ularda kechayotgan jarayonlardan doimo xabardor bo‘lib turishni ta’minlaydi. Ta’kidlash joizki, tekshiruv rejasi barcha muassasalarni qamrab olishi kerak.
Rejada maktabgacha ta’lim tashkiloti soni va nomi ko‘rsatiladi.Xulosa qilib aytganda, tuman maktabgacha ta’lim metodikasi kabinetining asosiy vazifasi — pedagogika va boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasida erishilgan yutuqlarni, ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘rganish, umumlashtirish va tahlil qilish asosida maktabgacha tarbiya muassasalarining kundalik faoliyatiga doir yutuq va taj- ribalar, yangi ishlanma va texnologiyalarni joriy etish borasida amaliy uslubiy yordam berishdan iborat.
Bu o‘rinda tuman Xalq ta’limi bo‘limi tomonidan tavsiya etilgan bilimli, tajribali va ilg‘or pedagoglarning uslubiy birlashmalar, seminar mashg‘ulotlari, ma’ruzalar va boshqa anjumanlarni tapgkil etish borasidagi sa’yharakatlari maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatini rivojlantirish va takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling