Ushbu Qonunning 51 moddasida esa Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining rahbari


Download 0.57 Mb.
bet2/78
Sana07.03.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1245791
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78
Bog'liq
5-bob (Восстановлен)

Zukkolik – zehn o‘tkirligi – bu har bir masalani tezda hal qila olish, ilg‘ab olish va malaka hosil qilish, harakatli bo‘lishni talab etadi.

  • Fahmlilik – fikrni har xil narsalarga jalb qilmasdan, zarur masalalarga tez qarata bilish qobiliyati, ya’ni murakkab va chigal masalalar ichidan eng muhimini tanlay olish malakasini hosil qilish talab etiladi.

  • Zehn ravshanligi – bir masalani hech qanday qiyinchiliklarsiz, oson yo‘l bilan hal qilish iste’dodi.

  • Bilimni tez egallay olishlik – diqqat e’tiborni ma’lum masalaga qaratib, tezda uni o‘zlashtira olish.

    Davoniy boshqaruvchini xushmuomalalikka chorlab, u o‘z qobiliyatlarini doimo o‘stirib, rivojlantirib borishi kerakligini uqtiradi8.
    O‘zbek tilining asoschisi Alisher Navoiy “Saddi Iskandariy” dostonida jamiyatni adolat bilan boshqarish uchun shaxsda mavjud bo‘lishi lozim bo‘lgan sifatlar majmuini Iskandar obrazi orqali bayon etilgan: “Dili, niyati pok, xayr va saxovatli, kamtarin va muloyim shaxs, dono podshoh va dunyo sirlarini bilishga qiziquvchi aql - zakovat egasi rahbar bo‘lishi kerak. Boshqaruvchi bo‘lishda manmanlik, o‘zini boshqalardan ustun qo‘yish, o‘zgalarni isand qilmaslik, avom xalq bilan birga bo‘lolmaslik xislatlari uning nuqsonlaridir”, - deydi9.
    Boshqaruv haqida fikr yuritganda Temur bobomiz faoliyatiga to‘xtalib o‘tmaslikni iloji yo‘q. Boshqaruv faoliyatida avvalo u kishining davlatchilik va diplomatiya, harbiy mahorat, bunyodkorlik ishlari, ilm - fan, san’at va me`morchilikka oid ishlari, dinu - diyonat va adolatni joyiga qo‘yish, saltanat ishlarini kengash va tadbir, qonun-qoida asosida amalga oshirganliklarini alohida ta’kidlab o‘tmish lozim. Shuning uchun ham o‘zining beqiyos azmu - shijoati, mardlik va jasorati bilan Movarounnahr zaminida mo‘g‘il zulmiga barham berib, xalqimizni qaramlikdan xalos etgan, tarqoq va yo‘qolib ketayotgan xalqni birlashtirib, mustaqil va qudratli davlatga asos solgan bu ulug‘ siymoning bildirgan fikrlari, bajargan amallari o‘z davri, nafaqat bugungi kun balki, biz o‘ylaymizki kelgusi avlodimiz uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi10.
    Darhaqiqat, Sohibqiron katta bir saltanatning asoschisi, rahbari sifatida boshqarish masalalariga oid kuchli tamoyillarni yaratgan. Bu xususida I.A.Karimov ham “Men o‘z faoliyatimda “Temur tuzuklari”ga takror - takror murojaat qilib, undagi hech qachon eskirmaydigan hayot hikmatlarining qanchalik to‘g‘ri ekanliga ko‘p bor ishonch hosil qilganman. Masalan: “Tajribamda ko‘rilgankim, azmu qat`iy, tadbirkor, hushyor, mard va shijoatli bir kishi mingta tadbirsiz, loqayd kishidan yaxshiroqdir”11. Bu hikmatnomadan shu ma’noni anglaymizki, inson faoliyatini to‘g‘ri va unumli tashkil etish uchun albatta kuchli, bilmdon, tadbirkor, mard va tashabbuskor bo‘lmog‘i zarur. Bu sifatlar esa albatta boshqaruvchiga xosdir.
    Sarkardada boshqaruvchanlik qobiliyati borligini uning yoshlik yillaridan ham ma’lum bo‘lgan. U atrofiga sadoqatli odamlarni to‘play olgan va ularni boshqarish qobiliyatiga ega bo‘lgan12. O‘n to‘qqiz yoshida Amir Yaxmak oldiga ish so‘rab borganida uni devonxona ishlarini boshqarishga yoshlik qilishi, lekin qo‘shinni ishonish mumkinligini aytib, qo‘shinni topshirganligidan ham ko‘rishimiz mumkin. Qo‘l ostidagi aholi orasidan jang qilishga layoqatli, kuchli, irodali erkaklardan iborat yuz ming kishilik qo‘shin to‘play oladi. Janglarda xuddi oddiy askar kabi safda turib o‘zi bosh qilgan. Dunyoning biror bir mamlakatida Temur bobomiz qo‘shinida joriy etilgan tartib intizom yo‘q bo‘lgan.
    Amir Temur davlatni boshqarishda amal qilgan 12 ta qoida bugungi kun rahbar, boshqaruvchilari uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
    Masalan:

    • O‘z fikriga ega bo‘lish;

    • Adolatlilik;

    • Qatiylik;

    • Qaror va har qanday ishni qilishga ahd qildimi, to bitirmaguncha undan qo‘l tortmaslik; tizimlilik, izchillik;

    • Hushyorlik;

    • Muomalali bo‘lish;

    • Shoshmaslik, mulohaza bilan ish yuritish;

    • Boshqalarni (xalqni) o‘z ortidan ergashtira olish;

    • Mustaqil bo‘lmoqlik;

    • O‘z hatti - harakati bilan o‘rnak bo‘lish;

    • Saltanatga hech kimni sherik qilmaslik;

    • Majlislarda ohog va hushyor bo‘lmoqlik.

    Saltanatni adolat va insof bilan boshqargan. Uning “Temur tuziklari” asarida shunday deyildan: “Tangrimni yaratgan bandalarini o‘zimdan rozi qildim.Gunohkorga ham, begunohga ham rahm - shavqat bilan, haqqoniyat yuzasidan hukm chiqardim.Zolimdan mazlumning haqqini oldim. Zolim yetkazgan moddiy va jismoniy zararni isbotlaganimdan keyin, shariat talablariga muvofiq ikkalasi o‘rtasida muhokama qildim va bir gunohkorning o‘rniga boshqasiga jabr - zulm yetkazmadim” 13. Bundan tashqari xalqni ahvolidan boxabar bolib, yoshi ulug‘larni og‘a, kichiklarni esa farzand o‘rnida ko‘rgan. Barcha mamlakat aholisini kayfiyati, turush - turmushi, qiladigan ishlaridan xabardor bo‘lish uchun diyonatli insonlarni tayinlagan. Turli millat va turli qabila ulug‘lariga hurmat ko‘rsatib, yaxshilklariga yaxshilik qilgan, kimki do‘stlik qilsa qadrlagan, kimki xizmatini qilsa, uning xizmat haqini ado etgan, agarda dushmanlik qilsa-yu, keyin pushaymon bo‘lib, huzuriga kelsa dushmanligini unutib, muruvvat va do‘stlik ko‘rsatgan.
    O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov ham o‘z tajribasidan kelib chiqib, rahbar Shaxslarni quyidagi toifalarga bo‘ladi:

    1. Birinchi toifa - amal kursisini yaxshi ko‘ruvchilar, ularni zamona shamoliga qarab turuvchilar deb atash mumkin.

    2. Ikkinchi toifa - kuzatib turuvchilar. Bundaylar kim g‘olib bo‘lsa, shu tomonga og‘adilar.

    3. Uchinchi toifa - zamon talablarini anglab yetgan kishilar. Afsuski, bundaylar oz14 deya rahbarlik faoliyatini talqin etib, “Rahbarlik - lavozim, mansab emas, avvalo, odamlarga xizmat qilish. Rahbar degani hammadan ko‘proq ishlab, fuqarolar saodati va yurti ravnaqi uchun yelib yuguradigan fidoyi inson bo‘lishi kerak”,- degan fikrlarni bildirgan15.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy - iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlari”ga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasida: “Endi har birimiz, eng avvalo, davlat boshqaruvi organlari rahbarlarining vazifasi - o‘zimiz mas’ul bo‘lgan soha va tarmoqda ishlarning ahvolini tanqidiy baholash asosida zimmamizga yuklatilgan vazifalarni mas’uliyat bilan bajarishni ta’minlashdan iborat. Shunday davr keldi”16-bejiz ta’kidlamagan.



    Download 0.57 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling