Ushbu Qonunning 51 moddasida esa Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining rahbari


Download 0.57 Mb.
bet6/78
Sana07.03.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1245791
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78
Bog'liq
5-bob (Восстановлен)

Demokratik uslubda boshqarish.Bunday turdagi rahbar:

  • boshqarish funksiyalarini jamoa fikri bilan hisoblashibamalga oshiradi;

  • ishlab chiqarishni boshqarishga xodimlarni jalb qiladi;

  • ularning bildirgan fikriga quloq soladi;

  • ular bilan maslahatlashadi, ijobiy tamonlarini inobatga oladi;

  • barcha bilan barobar va samimiy munosobatda bo‘ladi, ustunligini bildirmaydi;

  • buyruq berish yo‘li bilan emas, balki ishontirish uslubida ish tutadi;

  • buyruq rahbarlik uslubi bo‘ysinuvchilarning shaxsiy tashabbusini, ijodiy faoliyatini rivojlantiradi va jamoada o‘rtoqlik va ishchan muhitni yaratadi.



5.1.5. MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI RAHBAR XODIMLARINING ETIKASI VA ETIKETI
Inson qanchalik tajribali va bilimdon bo‘lsa uni odob masalalari Shunchalik qiziqtira boshlaydi. Xodimlarning axloqiy yuksakligi zamonaviy rahbar boshqaruv faoliyatining muhim sifat ko‘rsatkichi hisoblanadi. Bunga erishish uchun, avvalo, rahbarning ijtimoiy - axloqiy tayyorgarligi zarur. Boshqaruv odobining mohiyati ishlab chiqarishni tashkil yetish va boshqarishning barcha ishtirokchilari xulq - atvori tamoyil va me’yorlarini asoslashdir.
Boshqaruv odobi ma’muriy va xo‘jalik faoliyatini sifatli ado yetishga yo‘naltirilgan nazariy-amaliy etika bilimlari va amaliy tavsiyalar tizimidan iboratdir. Ijtimoiy adolat, shaxs erkinligi, kasbiy pokizalik, mas’uliyatni his qilish, tabiatni avaylab asrash uning asosiy tamoyillari hisoblanadi.
Boshqaruv odobida axloqiy tavsifdagi, shaxs xulq - atvorini o‘rganish bilan bog‘liq me’yoriy hujjatlar, boshqaruv faoliyatiga nisbatan axloqiy talablar, ishga aloqador axloqiy qoidalar va ishlanmalar hamda rahbarning xizmatidan tashqari xulqi, muomala odobi bo‘yicha maslahatlar muhim o‘rin egallaydi.
Rahbarlik - mas’uliyatli vazifadir. Uni sharaf bilan ado etmoq uchun, kishi o‘zi rahbarlik qiladigan sohani bilishigina emas, balki yana bir qator sifat va fazilatlarga ega bo‘lmog‘i kerak.Ular quyidagilar:

  1. Izlanish. Yangilikka intilish va har bir yangilikni amaliyotga tatbiq yetish izlanuvchanlikdir. Rahbar shaxsning izlanuvchanligi o‘z malakasi va tajribasini oshirib berishda ko‘rinadi. Tashabbuskorlik - izlanuvchanlik samarasidir. Yangilikka o‘ch rahbar shaxs tashabbuskor bo‘ladi va o‘z ishini qoniqarli bajaradi.


  2. Download 0.57 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling