Ushbu Qonunning 51 moddasida esa Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining rahbari


Download 0.57 Mb.
bet7/78
Sana07.03.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1245791
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   78
Bog'liq
5-bob (Восстановлен)

Zamonaviy bilimlilik. Kishi o‘zi yashaydigan dawning eng ilg‘or tushunchalarini o‘zlashtirsa, zamonaviy bilimga ega bo‘ladi. Rahbar shaxsning zamonaviy bilimga egaligi esa hozirgi zamon boshqaruv sirlarini bilishi, siyosiy onglilik va dunyoviy taraqqiyotni anglashi bilan belgilanadi.

  • Vatanparvarlik. Inson o‘z yurtini sevsa vatanparvar hisoblanadi. Rahbar shaxs esa o‘z Vatanini sevishidan tashqari, uning taraqqiyotini ta’minlashi kerak. Kechani kecha, kunduzni kunduz demay o‘z xalqiga xizmatini qilish rahbar shaxs uchun vatanparvarlikdir.

  • Vatanga sadoqat. Odam o‘z yurtini obod qilsa, yurtiga sadoqatli hisoblanadi. Rahbar shaxs esa yurt istiqbolini belgilovchi izchil dasturlarni bajarishi, hayotni farovon qilishi va o‘zgalarning og‘irini yengil qilish bilan o‘z yurtiga sadoqatini namoyon qiladi.

    Demak, birinchi Prezidentimiz Islom Karimov bayon qilgan dastlabki fikrga ko‘ra, bu besh fazilat rahbar Shaxs ma’naviyatining asosiy hislatlarini tashkil qiladi17.

    1. Fidoyilik. Biror kishi ulug‘ maqsad sari qat’i harakat qilsa fidoyilik qilgan bo‘ladi. Rahbar shaxs esa Vatan ravnaqi, yurt tinchligi va xalq farovonligini ta’minlash bilan fidoyiligini namoyish etadi. Bugungi kun rahbari har bir ishda oldingi safda bo‘lsagina fidoyi hisoblanadi.

    2. O‘z kasbining ustasi. Har kim tanlagan kasbini puxta bilsa, kasbining ustasi hisoblanadi. Rahbar shaxsning professionalligi deganda esa o‘z kasbini so‘nggi yutuqlarigacha bilishi bilan birga, boshqaruv sirlarini qat’i o‘zlashtirishni ham tushunish kerak. Birinchi Prezident uning ko‘rinishini “boshqalarga o‘rnak bo‘lishi” deb belgilaydi.

    3. Mustaqil dunyoqarash. Muayyan masalada o‘z fikriga ega bo‘lish mustaqil dunyoqarashni bildiradi. Rahbar shaxs esa “keng fikrlashi, uzoqni ko‘ra bilishi qobiliyati bilan boshqalardan ajralib turadi”1 va bu uning mustaqil dunyoqarashga egaligidir.


    4. Download 0.57 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   78




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling