Ushbu Qonunning 51 moddasida esa Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining rahbari


Download 0.57 Mb.
bet8/78
Sana07.03.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1245791
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   78
Bog'liq
5-bob (Восстановлен)

Iymon-e’tiqodli. Insonning o‘zi ishongan narsaga ixlos qilishi iymon- e’tiqoddir. Rahbar shaxs esa bugun va ertani ko‘zlab, zamon muammolarini hal qila bilishi hamda mustahkam irodaga ega bo‘lishi bilan iymon-e’tiqodli hisoblanadi.

  • Inson bo‘lishi. Kishi yuksak insoniy axloqqa ega bo‘lsa, yaxshi kishi hisoblanadi. Rahbar shaxs esa “atrofidagi uni o‘rab oladigan xushomadgo‘y, laganbardor, labbaychilarning maqtovidan o‘zini saqlab o‘ta olsa” chinakam insoniyligini namoyon qiladi18.

    Rahbar shaxs ma’naviyatini tashkil qiluvchi fazilatlardan tashqari yana insonga xos illatlar ham bor. Ular rahbar shaxs ma’naviyatini shakllantirishga to‘siq bo‘lmoqda. Misol uchun, professor E.G‘oziyev ana Shunday illatlardan quyidagi o‘n beshtasini ko‘rsatib o‘tadi:

    1. O‘zini-o‘zi boshqara olmaslik.

    2. Shaxsiy qadriyatlardan putur kyetishi.
    3. Shaxsiy maqsadning noaniqligi.
    4. O‘zini-o‘zi kamol toptirishning izdan chiqqanligi.

    1. Muammolarni hal qilish malakalarining yetishmasligi.

    6. Ijodiy yondaShuvda nuqsonlarning mavjudligi.
    7. Odamlarga ta’sir o‘tkaza olmaslik.

    1. Boshqaruv faoliyati xususiyatlarini yetarli darajada tushunmaslik.

    2. Rahbarlik qilish malakalarining zaifligi.

    3. Boshqalarni o‘qitish, ularga saboq berish, o‘rgatish uquvining yo‘qligi.

    1. Mehnat jamoasini jipslashtirish qobiliyatining pastligi.

    1. Yangiliklar bilan o‘zgalar e’tiborini jalb qilishga uquvsizlik.

    2. Odamlar bilan muomala qilish madaniyatining yo‘qligi.

    3. Aql va farosat bobida sustkashlik.

    4. Ishbilarmonlik qobiliyatining kuchsizligi19.

    Rahbarlik aql-farosat, kuch - g‘ayrat, izlanish va topqirlikni, o‘z ustida tinmay ishlashni, tadbirkorlikni talab qiladi. “Rahbar” tushunchasining quyidagi jihatlari ahamiyatlidir:

    1. Rahbar - ijtimoiy shaxs sifatida ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish resurslarini birlashtirib, uning asosiy harakatlantiruvchi kuchini boshqaruvchi sifatida omilkorlik bilan ish yurituvchi shaxs.

    2. Rahbar har qanday ishni amalga oshirish uchun, avvalo, mustaqil qaror qabul qiladi. Bu qaror rahbarning tadbirkorlik, ishbilarmonlik faoliyati maqsadlarini belgilaydi.

    3. Rahbar o‘z sohasiga yangi g‘oya, yangi tashabbus, yangi texnologiyalarni joriy etuvchi tadbirkor shaxs hisoblanadi.

    4. Rahbar mehnati, ayni vaqtda, tadbirkorlikka asoslangan mashaqqatli faoliyatdir. Unga sarflangan kuch, mablag‘ ba’zan vaqtincha foyda emas, zarar keltirishi, muassasa foyda o‘rniga zarar ham ko‘rishi mumkin. U bunday holatlarni

    oldindan ko‘ra olishi va bunga tayyor turishi, zarur bo‘lganda, faoliyatini qayta boshlashi, o‘zida bunga kuch - g‘ayrat topa bilishi lozim.



    Download 0.57 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   78




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling