Ushbu Qonunning 51 moddasida esa Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining rahbari
Ishchi guruhlarni tuzish va rivojlantirish qobiliyati -
Download 0.57 Mb.
|
5-bob (Восстановлен)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maktabgacha ta’lim xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflarini tasdiqlash to‘grisida”
11. Ishchi guruhlarni tuzish va rivojlantirish qobiliyati - boshqaruv ko‘nikmalarining mavjudligi, qulay psixologik muhitni yaratish, ish natijalariga qiziqish, xodimlarni to‘g‘ri tanlab olish va ular orasidagi majburiyatlarni aniq taqsimlash, bo‘ysunuvchilarning shaxsiy rivojlanishini qo‘llab - quvvatlash, samarali jamoa ichidagi munosabatlarni shakllantirish, konstruktiv maqsadlar uchun ziddiyatlardan foydalanish, xavflarni qabul qiladigan ishchilarni rag‘batlantirish, va boshqalar.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari lavozimiga qo‘yiladigan malaka talablari O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti mudiri: maktabgacha ta’lim tashkiloti nomidan ishonchnomasiz faoliyat ko‘rsatadi, barcha muassasa va tashkilotlarda uning manfaatlarini ifodalaydi; maktabgacha ta’lim tashkiloti mol-mulkini o‘ziga berilgan vakolatlar doirasida tasarruf etadi; ishonchnomalar beradi; bank muassasalarida hisob raqamlari ochadi; maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlarini ishga qabul qilish va joy-joyiga qo‘yishni amalga oshiradi, rag‘batlantiradi, intizomiy jazo choralarini ko‘radi va ular bilan tuzilgan mehnat shartnomalari (kontraktlari)ni to‘xtatadi; o‘z vakolatlari doirasida buyruqlar (farmoyishlar) chiqaradi; maktabgacha ta’lim tashkilotilarining ishlarini takomillashtirish, moddiy bazasini mustahkamlash, xodimlarni ijtimoiy muhofaza qilishni ta’minlash bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish uchun maktabgacha ta’limini boshqarish yuqori organiga kiritadi; bolalar hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilishning samarali tashkil etilishi, o‘quv-tarbiya jarayoni, moliya - xo‘jalik faoliyati ahvoli, moddiy - texnik bazaning mustahkamlanishi va moddiy boyliklarning saqlanishi uchun javob beradi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti - murakkab tarmoq bo‘lib, rahbarning undagi roli, faoliyati ko‘p qirralidir. Rahbar - maktabgacha ta’lim tashkiloti tashkilotchisi, rahbari, malakali pedagog, uning faoliyati maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni barkamol shaxs qilib tarbiyalash vazifalarini to‘laqonli hal etishga qaratilgan. U bolalar muassasalaridagi ta’lim - tarbiyaviy, pedagogik va gigienik talablarga muvofiq ravishda amalga oshirilishi uchun zarur shart - sharoitlarni ta’minlaydi. O‘z jamoasida ishchanlik, maqsadga qaratilgan inoqlik vaziyatini yaratadi. Ularga umumiy rahbarlik qiladi. Rahbar o‘z ishida davlatimiz va Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan qabul qilingan qaror, qonunlarga amal qiladi va o‘z ustida ijodiy ravishda ishlaslmi amalga oshiradi. Yuksak onglilik va siyosiy yetuklik, prinsiplilik, o‘ziga va qo‘l ostidagilarga talabchanlik - bu rahbarga qo‘yiladigan asosiy talablardir. Jamoadagi to‘g‘ri, o‘zaro munosabatlar har bir xodimning mehnat va ishlab chiqarish intizomligiga rioya qilishni ta’minlaydi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari maktabgacha ta’limni boshqarish organlari tomonidan oliy ma’ lumotga va 5 yildan kam bo‘ lmagan pedagogik ish stajiga ega bo‘lgan shaxslardan tayinlanadi. Maktabgacha ta’lim tashkilotida kadrlarini tanlash, joy-joyiga qo‘yish tarbiyalash bo‘yicha ishni mehnat jamoasi, maktabgacha ta’lim tashkiloti kengashining faollari ishtirokida ma’muriyat amalga oshiradi. Maktabgacha ta’lim vazirligining 2020 yil 26-oktabrdagi “Maktabgacha ta’lim xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflarini tasdiqlash to‘grisida”gi 173-sonli buyrug‘iga muovfiq maktabgacha ta’lim tashkilotlarining barcha xodimlari va shu jumladan rahbarning malaka tavsiflari quyidagicha qilib belgilandi 22.
Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling