Ushbu Qonunning maqsadi ta’lim sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat


-modda. Ta’lim oluvchilarning majburiyatlari


Download 366.54 Kb.
Pdf ko'rish
bet27/38
Sana21.06.2023
Hajmi366.54 Kb.
#1638454
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   38
Bog'liq
O‘RQ-637 23.09.2020

48-modda. Ta’lim oluvchilarning majburiyatlari
Ta’lim oluvchilar: 
o‘quv dasturlari asosida bilim, malaka va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishi, mashg‘ulotlarga 
qatnashishi, ularga mustaqil tayyorgarlik ko‘rishi, pedagog xodimlarning topshiriqlarini bajarishi; 
ta’lim-tarbiya jarayonining boshqa ishtirokchilariga nisbatan jismoniy va (yoki) ruhiy 
zo‘ravonlik ishlatmasligi va ularning o‘z majburiyatlarini bajarishiga to‘sqinlik qilmasligi;
ustav (ta’sis hujjati) talablariga, ichki tartib-qoidalariga, vaqtincha yashash joylari 
qoidalariga va ta’lim faoliyatini tashkil etish hamda amalga oshirishga oid boshqa ichki hujjatlar 
talablariga rioya etishi
axloqiy, ma’naviy va jismoniy kamol topishga hamda o‘z dunyoqarashini kengaytirishga 
intilishi; 
ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini 
hurmat qilishi;
ta’lim tashkilotining mol-mulkini, moddiy va madaniy boyliklarini asrashi shart. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Ta’lim oluvchilarning zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi 
mumkin. 
(48-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
49-modda. Ta’lim oluvchilarning kiyim-boshiga nisbatan qo‘yiladigan talablar
Ta’lim tashkilotlarida ta’lim oluvchilarning kiyim-boshiga doir talablar O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Maktabdan tashqari ta’lim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash turlari 
bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi nodavlat ta’lim tashkilotlari ta’lim oluvchilarning 
kiyim-boshiga doir talablarni mustaqil belgilashga haqli. 
(49-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrdagi O‘RQ-721-sonli 
Qonuniga
 asosan 
ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-
son) 
Ta’lim oluvchilarning ayrim toifalari O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari 
hisobidan kiyim-bosh bilan ta’minlanadi. 

Download 366.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling