Ushbu Qonunning maqsadi ta’lim sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat


-modda. Ta’lim tashkilotlarining faoliyatini ichki va tashqi baholashdan o‘tkazish


Download 366.54 Kb.
Pdf ko'rish
bet33/38
Sana21.06.2023
Hajmi366.54 Kb.
#1638454
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38
Bog'liq
O‘RQ-637 23.09.2020

59-modda. Ta’lim tashkilotlarining faoliyatini ichki va tashqi baholashdan o‘tkazish
Ta’lim tashkilotlarining faoliyati tashqi baholashdan o‘tkazilishidan oldin ular Ta’lim 
inspeksiyasi tomonidan ishlab chiqilgan attestatsiyadan o‘tkazish mezonlari va ko‘rsatkichlari 
asosida o‘z faoliyatini mustaqil ravishda ichki baholashdan o‘tkazadi.
Ta’lim tashkilotlari o‘z faoliyati tashqi baholashdan o‘tkazilishidan ikki oy oldin ichki 
baholash natijalarini Ta’lim inspeksiyasiga taqdim etadi. 
Ta’lim inspeksiyasi ta’lim tashkilotining faoliyatini ichki baholash yakunlarini o‘rganadi va 
ulardan ta’lim tashkilotining faoliyatini tashqi baholash jarayonida foydalanadi. 
Ta’lim tashkiloti rahbari ichki baholash natijalarining ishonchliligi uchun javobgar bo‘ladi. 
60-modda. Xorijiy davlatda olingan ta’lim to‘g‘risidagi hujjatni tan olish
Xorijiy davlatda 1992-yil 1-yanvardan keyin olingan ta’lim to‘g‘risidagi hujjat tan olish 
jarayonidan o‘tkazilganidan keyin O‘zbekiston Respublikasining butun hududida qonuniy kuchga 
ega hujjat sifatida tan olinadi. 
Xorijiy davlatda olingan ta’lim to‘g‘risidagi hujjatni tan olish Ta’lim inspeksiyasi tomonidan 
amalga oshiriladi. 
Xorijiy davlatda olingan ta’lim to‘g‘risidagi hujjatni tan olish tartibi O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. 
 LexUZ sharhi 


Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 25-iyuldagi 283-son qarori bilan tasdiqlangan “Xorijiy 
davlatlarda ilmiy daraja olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini 
qayd etish) tartibi to‘g‘risida”gi 
nizom

61-modda. Ta’lim sohasidagi rasmiy hujjatlarga apostil qo‘yish
Ta’lim sohasidagi rasmiy hujjatlarga apostil hujjatni tasdiqlagan shaxs imzosining 
haqiqiyligini, shuningdek muhr yoki shtampning bosma izi haqiqiysiga muvofiqligini tasdiqlash 
maqsadida qo‘yiladi. 
Apostilga qo‘yilgan imzo, muhr yoki shtamp qo‘shimcha ravishda tasdiqlashni talab 
etmaydi. 
Ta’lim tashkilotlari tomonidan berilgan rasmiy hujjatlarga apostil qo‘yish Ta’lim 
inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi. 

Download 366.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling