IV. Sinov savollari
1.Rezistor, vazifasi, turlari.
2. Rezistor belgilari.
3.Ishdan maqsad.
4. Qarshilik nimalarga bog’liq.
5.Hisoblash formulalari.
V. Adabiyotlar
1. V. Borisov. Regulyator gromkosti. «Radio» № 10, 1972 g. 50-51 st.
2.A.Zubchenko. peredelki peremennogo rezistora. Radio № 10, 1980 g. 34 st.
3. D.I.Ivanov, V.V. Stalbovskiy, I.I. Chetverkova. Peremennыye rezistorы i elementы Radioelektronnoy apparaturы. Vыp. 43 M.Radio i svyaz. 1980.
Laboratoriya ishi № 10
Mavzu: Radiotexnik filtrlovchi zanjirlarni o’rganish.
Ishning maqsadi: Talabalarda kondensator va induktiv g’altak reaktiv qarshiligining tok chastotasiga bog’liqligi va bu xossaning turli chastotadagi elektr signallarini filtrlashda ishlatilish to’g’risida tushuncha hosil qilish hamda bu xossani amalda sinab ko’rish malakasini hosil qilishdir.
Nazariy ma’lumot.
Bizga ma’lumki o’zgaruvchan tok zanjirlarida kondensator sig’im XS , induktiv g’altak esa induktiv XL qarshilikka ega bo’ladi. Radiotexnikada yuqori chastotali signallar ishlatilganligi uchun bu qarshiliklar qiymati ortadi. Kondensator esa induktiv g’altaklarning bu xossasidan turli chastotali filtrlar tayyorlashda foydalaniladi.
Quyidagi 1-rasmda oddiy filtr elektr sxemasi keltirilgan.
R
Uчиқ
Uкир
С
1-расм
Ukir kuchlanish chastotasi nol bo’lganda Uchiq kuchlanish doimiy bo’ladi. Kirish signali chastotasining ortishi bilan Uchiq kuchlanishi kamayadi, chunki kondensator reaktiv qarshiligi kamayadi. Bu filtrdan elektron to’g’rilagichlarda foydalaniladi. (1-rasm).
1-rasmdagi sxemani 2-rasmdagidek ulasak yuhori chastotali toklarni o’tkazuvchi filtr hosil qilish mumkin.
Agar sxema kirishiga (2-rasm) doimiy kuchlanish bersak kondensator bunday tokni o’tkazmaydi, chiqish kuchlanishi nolga teng bo’ladi.
Agar sxema kirishiga o’zgaruvchan tok ulasak chiqish kuchlanishi noldan farqli bo’ladi, tok chastotasini oshirsak chiqish kuchlanishi ham ortadi. Bunday filtr kuchaytirguvchi kaskadlarni bir –biri bilan bog’lashda ishlatiladi. Bunday filtrlar RC filtr deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |