Ushbu uslubiy ko‘rsatma texnika yo‘nalishi uchun mo‘ljallangan bo‘lib, oliy ta’limning mavjud davlat standartlariga va ishchi o‘quv dasturlariga mos keladi


Download 192.31 Kb.
bet6/17
Sana18.06.2023
Hajmi192.31 Kb.
#1558145
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Issiqlik texnikasi labaratoriya Uslubiy ko\'rsatma

3 – LABORATORIYA ISHI
NAM HAVONING PARAMETRLARINI ANIQLASH


ISHNING MAQSADI: laboratoriya xonasidagi havoning holatini aniqlash, hd diagramma yordamida nam havoning parametrlarini aniqlash.

Quruq havo bilan suv bug‘i aralashmasi nam havo bir qator jarayonlarda va avvalo quritish jarayonida ishlatiladi. Nam havo gazlar aralashmasining xususiy xollaridan biridir.


Nam havodagi namning massaviy miqdori Gs quruq havoning massaviy miqdori Gh ga nisbatini massaviy nam saqlami deb aytamiz:


(1)

Ba’zan, d namning 1 kg quruq havoga to‘g‘ri keladigan massasini (gramm hisobida) ifodalaydi.


Nisbiy namlik deb, nam havodagi suv bug‘i porsial bosimining suv bug‘ining mazkur temperaturadagi to‘yinish bosimiga ya’ni suv bug‘ining shu temperaturada bo‘lishi mumkin bo‘lgan maksimal porsial bosimiga nisbatiga aytiladi.


(2)

kattalik, odatda foiz hisobida ifodalanadi. 0PbPs bo‘lgani uchun, 0 100% bo‘ladi. Quruq havo uchun =0, to‘yingang havo uchun =100% bo‘ladi. Bir kub metr nam havodagi gramm bilan ifodalanadigan suv bug‘i massasi absolyut namlik deb ataladi.


PSIXROMETR. Namlikni o‘lchash uchun, ko‘pincha psixrometr deb ataladigan asbob ishlatiladi. U simobli ikkita termometrdan - quruq va ho‘l deb ataladigan termometrdan iborat. Ho‘l termometrning quruq termometrdan farqi shuki, uning simobli sharchasi suv bilan ho‘llangan matoga o‘rab qo‘yiladi. Nam havo oqimi bu termometrlarni simobli sharchalarini yuvib o‘tganda quruq termometr nam havo temperaturasini ko‘rsatadi. Ho‘l termometr esa o‘zining simobli sharchasi o‘ralgan nam matodagi suv temperaturasini bildiradi. Nam termometrni havo yuvib o‘tganda ho‘l mato sirtidagi suv bug‘lanadi. (Agar nam havo to‘yingan bo‘lmasa). Bunda matoni yuvib o‘tadigan havo qanchalik quruq bo‘lsa, suv shunchalik intensiz bug‘lanadi, natijada nam mato temperaturasi pasaya boshlaydi.
Bu temperatura ho‘l termometr temperaturasi deb ataladi. Quruq termometr temperaturasi tq bilan, ho‘l termometr temperaturasi th orasidagi ayirma havo namligiga proporsional bo‘ladi.
Havodagi nam miqdori d bilan tq va th kattaliklar orasidagi bog‘lanish jadvalllar va diagrammalar orqali beriladi.


Nam havoning hd diagrammasi.

Agar ordinatalar o‘qiga nam havo entalpiyasi h ni obsissalar o‘qiga esa havoning nam saqlami d ni qo‘yib chiqsak u holda hd diagramma hosil bo‘ladi. Bu diagramma yordamida nam havo bilan bog‘liq bo‘lgan hisoblarni qilish, jumladan, parametrlarni aniqlash va quritish jarayonlarini tekshirishni ancha soddalashtirish mumkin.


Obtsissalar o‘qi ordinatalar o‘qiga 13o burchak ostida o‘tkazilgan.
=100% egri chizig‘i chegara chiziq hisoblanadi. Shu chiziq to‘yingan havoni bildiradi. Shu chiziq oralig‘i nam bug‘ va quruq havo aralashmasi holatini belgilaydi.
hd - diagrammadan foydalanish. (2-rasm).

Download 192.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling